Jarrohlik muolajalari va makiyajsiz ham Anjelina Joliniki kabi dudoqlarga ega boʻlish sirlari

Kerak boʻladi:
• tish choʻtkasi;
• momiq sochiq;
Lablarga kerakli hajm berish jarayonini ishni tish choʻtkasi va momiq sochiq bilan olib boriladigan pilingdan boshlang.
Dudoqlaringizni yengil aylanma harakat bilan massaj qiling. Agar qattiqroq sochiqni tanlasangiz, uni iliq suv bilan namlang. Jarayonni taxminan 2 daqiqa davomida bajaring. Tana uchun ishlariladigan mochalkadan foydalanmang: u nozik teriga zarar yetkazishi mumkin.

• Atirgul suvi
• glitserin
Lablarga jozibali koʻrinish berishi uchun namlantiruvchi niqob yarating. Atirgul suvi lablarni tozalaydi, glitserin esa lablarimiz terisiga sof koʻrinish beradi. Atirgul suvi va glitserin 1: 1 nisbatda suyultirilib, lablarga suriladi va bir necha soat davomida qoldiriladi.

Kerak boʻladi:
• 1 choy qoshiq kokos moyi;
Boshlashdan oldin kokos moyi bilan lablarni arting. Moy tarkibida E vitamin boʻlgani uchun dudoqlarda katta hajm paydo boʻlganini sezamiz. Makiyaj oldidan uni oxista artib tashlashni unutmang. Bundan tashqari, kokos moyi antibakterial va antimikrobiyal xususiyatlarga ega, bu esa sizning lablaringizning sogʻligʻiga ijobiy taʼsirqiladi.

Kerak boʻladi:
• Yangi toʻgʻralgan zanjabil;
Lablar hajmini tezlik bilan kattalashtirish uchun togʻri qon quyilishiga eʼtibor qaratish kerak. Kimdir bu maqsad uchun achchiq qalampirni ishlatadi, biroq yangi zanjabilning boʻlagi eng samarali vosita hisoblanadi. Zanjabilni ehtiyotkorlik bilan lab boʻyogʻi kabi labga surtib, quruguniga qadar kutish kerak. Soʻngra yuvib tashlab ustidan makiyaj qilishni boshlayvering. Eng muhumi sizda zanjabilga alergiya yoʻq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Kerak boʻladi:
• Vazelin.
Vazelin taʼsirini uzoqroq saqlash uchun lablarga katta miqdorda uni surting va issiq dush qabul qiling. Bugʻ vazelinga lablarni mayin qilishda va shaklini kattalashtirishda koʻmak beradi. Dush qabul qilib boʻlganingizdan keyin esa vazelin qoldiqlarini yuvib tashlashni unutmang.

Kerak boʻladi:
• Ishlatilgan koʻk choy paketi
Stakanga yangi koʻk choy paketi soʻlinadi va ustidan suv quyiladi. Choy damlanishini kutib soʻngra paketchani olib sovuting. Keyin esa lablar orasida siqib tutib turing. Kamida 3 daqiqa jarayonni davom ettiring. Buvaqt davomida lablar terisi barcha foydali moddalarni oʻzlashtiradi. Bunday oddiy hiylangiz dudoqlaringizning porlashiga va oʻzgacha hajmga ega boʻlishiga yordam beradi (eng muhumi , siz jarayondan oldin lab boʻyoq surgan holatda boʻlishingiz kerak emas).

Agar lablaringiz uzoq muddat davomida yoqimli hajmga ega boʻlib turishini hohlasangiz, lablar gimnastikasini muntazam bajarib turishni maslahat beramiz. Lablarni erkin holatga qoʻyib nafas oling. Keyin ogʻiz atrofidagi mushaklaringizni torting. Taxminan 10 marta ushbu mashqni qaytaring. Lablaringiz jozibadorligiga oʻzingiz ham ishonch hosil qilasiz.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



