Qanday sumkani yoqtirasiz? Sirlaringizni aniqlaymiz!

Kuchli jins vakillari ayollarga koʻp bor quyidagi savol bilan murojat qilishadi: “Sumkanga gʻisht solib olganmisan?” Yoʻq albatta. U yerda bor yoʻgʻi eng kerakli buyumlar jamlangan, xolos.
Bu buyumlarsiz biz oʻzimizni qoʻl-oyoqsizdek his qilamiz- ahir sevimli sumkamizda eng kerakli deb hisoblagan narsalar oʻrin oladi. Uning oʻlchami, rangi, shakli va albatta ichidagi buyumlardan sizning qanday inson ekanligingizni tahmin qilish mumkin. Sumkaning ichiga nazar tashlaymizmi?

Katta sumka sohibalari ish bilarmon, intiluvchan va imkon qadar koʻproq sohalarni qamrab olishga harakat qiluvchi insonlardir.

Kichik sumkani esa oʻz qadrini biladigan ayollar tanlaydilar. Ular shu yerda va shu onda nima kerakligini juda yaxshi biladi, barcha ortiqcha narsalardan voz kecha olishadi.

Jiddiy shaklga ega sumka sohibalari barchasi aniq, ravshan va tushunarli boʻlishiga odatlangan ayollardir.
Yumshoq qop sumkalarni kirishimli va ochiq feʼl-atvorga ega qizlar hush koʻradilar. Bunday sumka sohibalari nizolarni yoqtirmaydilar, qulaylik va hayotga ijobiy munosabatni yuqori baholaydilar.

Noodatiy va gʻalati sumka egalari barchaning diqqat markazida boʻlishni hush koʻradilar. Oʻziga nisbatan qiziqishning kamayishi va tanqidlarga bardosh berishi qiyin, qalbi nihoyatda taʼsirchan va nihoyatda nozik inson.

Odatda qora rangdagi sumkalarni ishbilarmon va jiddiy ayollar tanlaydilar. Ular oʻzgalar uchun “yopiq” shaxs boʻlib, odamlar bilanmuloqotda juda injiq (uning doʻstlari juda kam, koʻp dostdan koʻra haqiqiylarni afzal biladi).

Koʻzga tashlanib turadigan yorqin rangli sumka egasi hayotda juda yorqin va faol shaxs boʻlib, joʻshqin va boʻron kabi feʼl atvorga ega. Ularni tez- tez qoʻpollik qilganlari, qiziqqonliklari va oʻylamay amalga oshirgan harakatlari uchun ayblab turishadi.

Yorqin ranglarni hira koʻrinishini oʻzida aks ettirgan sumkalarni hush koʻruvchi ayollar oʻziga hosligini namoyish etishni yoqtiradigan shaxslardir. Ammo ular haddan ziyod eʼtiborda boʻlishni yoqtirmaydilar. Bu kabi insonlar nimani xohlashini aniq biladilar va oʻz maqsadlari sari harakat qiladilar.
Nimtatir ranglarda ishlangan sumkani nozik qalb egasi boʻlgan romantik qizlarda koʻrishimiz mumkin. U boshqalarning dardiga sherik boʻlishni va qoʻllab- quvvatlashni biladi. Biroq bunday shaxslarning diliga ozor berish va hafa qilish juda oson.
Sumkaning tutqichidan ushlab yuradigan ayollar oʻzi va atrovdagilarga nisbatan juda talabchan. Puxtalik va barqarorlikni qadirlaydilar, har bir ishda aniqlikka va hushmuomalalikka rioya etadilar.

Yelkada:
Qoʻl tushirilgan va harakatlanmaydigan holatda turganboʻlsa, bunday insonni oʻziga unchalik ishonmaydigan, koʻpchilik diqqat markazida boʻlishga odatlanmagan va oʻz maqsadi yoʻlida vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengib oʻtishga tayyor boʻlmagan shaxs deb taxmin qilish mumkin.
Qoʻl qadamda muvofiq harakatlansa, qarshingizdagi ayol– ochiq koʻngilli, kirishimli va yangi taʼsurotlarga intiluvchan inson.

Qoʻl sumkani ushlab tursa, ushbu nozik hilqat vakilining feʼl- atvorida mustaqillik va faollik koʻzga tashlanadi. Bunday insonlar har qanday qiyinchiliklarni yengishga oʻrgangan va biroz harakat qilsa, hayotini yanada qiziqarli qilishi mumkin.

Sumkani tirsakning egiladigan joyidan ilib yuruvchi ayollar oʻta mulohazali boʻlib, oʻzlarining tejamkorliklari va sogʻlom fikr yuritishlari bilan ajralib turadilar.

Sumkani qoʻltiq ostiga qistirib yuruvchi ayollar yetarlicha “yopiq” inson boʻlib, oʻz hissiyotlarini atrofdagilarga koʻrsatishni yoqtirmaydilar. Ammo vaziyat taqozo etsa, oʻzlarini nimalarga qodir ekanliklarini namoyon etishlari mumkin.
Sumkalarini pochtalon kabi taqib yuradigan qizlar oʻta sergʻayrat boʻlib, ularda kamsuqumlik, qulaylikni yuqori baholash kabi hususiyatlar koʻzga tashlanadi.

Sumkani qoʻllarida tutib yuruvchilarning feʼl- atvori gʻayratga toʻla va turli shartlardan holi. Baʼzida ularga mulohazakorlik va harakatlardagi barqarorlik yetishmaydi.

Sumkangizni ichida haddan tashqari koʻp narsa boʻlsa, demak, siz har qanday vaziyatni hisobga olgan holda ish tutasiz.
Sumkangizdan joy olgan kam narsalar sizga nima, qachon kerak boʻlishini aniq bilishingizdan dalolat beradi.

Sumkangizni algʻov-dalgʻovligi hayotingizdagi tartibsiz voqea-hodisalardan darak berib turadi. Bu sizni hijolatga solmaydi :bunday insonlar sumkalarida nima borligi va ularning nima uchun kerakligini yaxshi biladilar.
Aʼlo darajadagi tartibga qarab, sumka sohibasi sinchkov, barcha narsani chuqur oʻylab koʻruvchi deb aytish mumkin.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



