Qiziqarli

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Ushbu uch raqam yaltirab turadigan va toza teriga erishish kalitidir. Aslini olganda, bu barcha ayollar uchun muhim sanaluvchi ertalabki va kechki tozalash muolajalarini oʻz ichiga olgan umumiy tushuncha. Kosmetologlarning taʼkidlashicha yuvinish muolajasi tozalash, tetiklashtirish va namlantirish jarayonlarini oʻz ichiga olishi lozim. Koreys ayollari esa ushbu haqiqatni 424 tizmi orqali bolalikdanoq juda yaxshi anglab olishgan.

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Yuzni tozalash:

Yuz terisi kosmetik yogʻ (kokos, bodom va hokazo.)yordamida 4 daqiqa tozalanadi.

Keying 2 daqiqada yuzni koʻpikli vosita yordamida yuvish lozim.

Jarayon yuzni 4 daqiqa suv bilan chayish orqali yakunlanadi. Teshiklarni yopish uchun yuzni avval iliq, soʻng sovuq suv bilan yuviladi.

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Koreys ayollari tonikdan foydalanish vaqtida uning samaradorligini oshirish uchun yuzga barmoq uchi bilan taʼsir etadilar. Barcha muolajalar namlantirish bilan yakun topadi. Namlantiruvchi vosita kaftlarda qizitib olingach, barmoq uchlari bilan tashqi tomon va pastga qarata surtiladi.

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Koreys ayolari yuz yogasi bilan anchada buyon shugʻillanib keladilar. Toʻgʻri nafas olish yoshartiruvchi muolaja boʻlib hizmat qiladi. Agar jarayon toʻgʻri bajarilsa, yuz terisi taranglashib, ajinlar soni keskin kamayadi. Buning uchun “ Ma, Me, Mi, Mo, Mi” tovushlarini 10martadan takrorlashning oʻzi kifoya.

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Koreys olimlari kosmetologiya soxasida chuqur izlanishlar olib bormoqda. Yaqindagina oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida faqat choy tarkibida mavjud boʻlgan oʻta kuchli antioksidant – EGCG kashf etildi. Aynan shu sabab, koʻk choyli kosmetik vositalar goʻzallik borasida benazir sanaladi.

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Koreada istiqomat qiluvchi sohibjamollar hech qachon boʻyin va qoʻl terisi haqida unutmaydilar. Axir ayol kishining yoshini sotib qoʻyuvchi ilk alomatlar aynan shu sohada paydo boʻladi. Bundan tashqari, koʻz atrofidagi soha parvarishiga moʻljallangan mahsus vositalar ushbu nozik teri qismida mimik ajinlar va nohush dogʻlar paydo boʻlishining oldini oladi.

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!

Xotima oʻrnida shuni qayd etish kerakki, teri parvarishi yengil pardoz bilan tugallanishi lozim. Unutmang, faqat oddiylik goʻzallik yarata olishga qodir. Yengil pardoz qilish uchun koʻz qora qalam bilan boʻyaladi, ten esa faqat yuqori qovoq pardozi uchun qoʻllaniladi (odatda, yengil pardoz uchun sovuq rangli tenlar qoʻl keladi). Kipriklarga tush bilan bezak berilgach, pushti rumyana va tabiiy rangdagi lab boʻyogʻI bilan pardoz tugatiladi.

Koreys goʻzallik sirlari bilan tanishamiz!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar