Shokolad tanlashni bilasizmi? U haqidagi afsona va haqiqatlar bilan tanishib chiqamiz!

Uning tarkibida baxt gormonlari – serotonin va endorfinni ragʻbatlantiruvchi aminokislotalar mavjud.

Xaqiqiy shokolad tarkibiga kiradigan kakao yogʻi tishlarga zarar yetkazmaslikdan tashqari, ularni shakarning zararli taʼsirlaridan himoyalovchi qatlam bilan oʻrab qoʻyadi.

Allergiyaning sababi shokolad tarkibiga qoʻshilgan yongʻoq va xushboʻylashtiruvchi boʻlishi mumkin.

Shokolad tarkibiga kiruvchi antioksidant – polifenollar tufayli ushbu shirinlik miyaning oʻylash jarayoni tezligiga taʼsir etadi.

Tabiiy kakao kofeini yogʻlar erishini ragʻbatlantiradi. Salonlarda mashxur boʻlgan shokoladli oʻrash muolajasi tellyulit va ortiqcha vazn bilan kurashishda yordam beradi. Buni oʻzingiz uy sharoitida ham amalga oshirishingiz mumkin: 250 gr shakarsiz kakao kukuni 200 gr iliq sut bilan aralashtiriladi. Tayyor boʻlgan boʻtqa teriga surtilib, plyonka bilan oʻraladi va 20 – 40 daqiqa qoldiriladi. Biron natijaga erishish uchun muolaja 7 – 10 marta amalga oshirilishi zarur.

Ogʻizda eriydigan narsalarning hammasi ham shokolad emas. Oʻramga eʼtibor qarating – unda mahsulot tarkibi, energetik quvvati, saqlanish muddati, ishlab chiqaruvchi manzil va shtrix kod koʻrsatilgan boʻlishi zarur. Soʻng mahsulot tarkibiga baho berib koʻring. Eng qimmat komponent – kakao yogʻi. Ayrim “tejamkor” ishlab chiqaruvchilar ushbu komponent oʻrniga boshqa yogʻlardan foydalanadilar. Tabiiy mahsulot tarkibida faqatgina kakao yogʻi boʻladi. Agar shokolad sotib olgan boʻlsangiz – u , sifatidan shubxangiz boʻlsa, qoʻlbola shokoladni quyidagi usul bilan ham aniqlashingiz mumkin: tabiiy shokolad maydalanganda qarsillaydi va ogʻizda tez erib ketadi.

Kuniga 100gr dan oshmagan shokolad tanovuli qomatingiz uchun xavfli emas. Achchiq shokolad va kaloryasi biroz koʻproq boʻlgan sutli shokoladlarni qoʻrqmasdan isteʼmol qilavering.

Oq deya ataladigan shokoladni kakao yogʻi, shakar, quruq sut va vanilindan kakao kukuni qoʻshmasdan tayyorlanadi.

Shaxsiy shokoladingizni tayyorlash uchun sizga turli qoʻshimchalar, masalan, zanjabil tukati, kunjut, yongʻoq kerak boʻladi. Shokoladni suv hammomida eritib oling. Soʻng uni 41 darajada qizdiring, 27- 29 darjada sovuting, soʻng yana 32 darajada qizdirib oling. Eritilgan shokoladga qoʻshimcha mahsulotlarni solib aralashtiring. Massani qolipga quying, silkiting, pufakchalardan halos boʻlish uchun biroz sovuting. 10 daqiqadan soʻng shokolad tayyor!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



