Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng hayratlanarli faktlar (3-qism)

1. Tarix ichra maʼlumu mashhur tovlamachilardan biri - graf Kaliostro. U barchani oʻzining 1800 yoshda ekanligiga ishontirgan va buning sababi moʻjizakor eliksirdaligini aytgan. Graf Kaliostro oʻzining «yoshlik eliksiri» uchun gʻoyat katta miqdorda pullar olgan va oʻlimi oldidan yolgʻonini tan olgan.
2. Politsiya va boshqa tegishli xizmat mutaxassislarining tasdiqlashicha, Parijdagi Luvr muzeyi qisman yoki butunlay 18 marotaba sotilgan. Sankt-Peterburgdagi mashhur Ermitaj ham kamida 4 marta «sotilgan» yoki «ijaraga berilgan».
3. Oʻrdak eng ommalashgan mamlakat - Xitoy. Ushbu oʻlkada har yili 2 millionga yaqin oʻrdak yetishtiriladiki, bu dunyo boʻyicha ishlab chiqarishning 4/3 qismi demakdir. Lotin Amerikasida esa oʻrdak tanovul uchun umuman ishlatilmaydi.
4. Dunyo boʻyicha oʻrdaklarning 110 dan ziyod turli zoti mavjud.
5. Oʻrdakning gʻa-gʻalashi aks sado bermaydi.
6. Oʻrdak oʻljasini quvlayotganda 5-6 metr chuqurlikkacha suvga shoʻngʻiy oladi.
7. Oʻrdaklarning faqat modalarigina qaqillaydi. Nar oʻrdaklar esa qaqillay olishmaydi.
8. Oʻrdak bolalari haqiqatan ham tuxumdan chiqishi bilan koʻrgan birinchi jonzodini oʻz onasi sifatida qabul qiladi.
9. Ayrim oʻrdaklar bir kunda 500 kilometrgacha parvoz qilishga qodir. Oʻrdakning paydo boʻlganligi toʻgʻrisida rasman qayd etilgan balandlik - 9 kilometr. Bu hol oʻrdak AQSh samolyoti bilan toʻqnashib ketganida aniqlangan.
10. 1992 yili savdo kemasidan deyarli 30 ming oʻyinchoq oʻrdakchalar joylangan konteynerlar okeanga tushib ketgan. Ushbu plastmassa oʻrdakchalar keyinchalik butun dunyo boʻylab topildi va bu hol okeanograflarga katta oqimlarni oʻrganishda yordam berdi.

1. XX asr boshlariga qadar tuz Abissiniyada (hozirgi Efiopiya) asosiy pul birligi boʻlib kelgan.
2. Boliviyada Salar de Uyuni deb ataluvchi qurib qolgan va dunyodagi eng katta (maydoni 4000kv. mil) shoʻr koʻl bor. Uning suvi yuqori chiqqanda shunchalik tiniqlashadiki, aynan shu aks ettirish qobiliyati bois koinotdagi ilmiy asbob-uskunalarni kalibrlashda koʻldan foydalaniladi. Mazkur koʻl dunyo boʻyicha litiy ishlab chiqarilishining yarmini taʼminlaydi.
3. Tuz inson organizmi uchun nihoyatda muhim. Agar inson gʻoyatda koʻp miqdorda suv ichsa, u tuzni yuvib chiqarishi va oqibatda inson letal giponatriyemiya tufayli oʻlishi mumkin.
4. Natriy xlorid, yaʼni tuz metallik natriyning gazsimon xlor bilan oʻzaro taʼsiri tufayli hosil boʻladi. Ushbu modda oʻziga oʻxshash unsurlar ichida odamlar tomonidan muntazam isteʼmol qilinadigan yagona moddadir.
5. Dunyo boʻylab ishlab chiqariladigan tuzning faqat 6 foizi oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladi. Uning 17 foizi esa muzlagan yoʻllar va koʻchalarni tozalash uchun qoʻllaniladi.
6. Dengiz tuzi yaxshi sifatli boʻlgan taqdirda organizm uchun oddiy tuzdan koʻra koʻproq foyda keltiradi. Dengiz tuzining yana bir ajoyib xususiyati shuki, u organizmda suyuqlikni ushlab qolmaydi va shu bois ozishni istaganlar uchun juda foydali.
7. 27 yoshli Nazir Sobxani sartarosh boʻlib ishlaydi. Xaftaning 6 kuni davomida u salonda odamlarga xizmat koʻrsatadi, yettinchi kuni esa Melburn koʻchalariga chiqib, uysizlarga tekinga xizmat koʻrsatib, soch-soqolini olib qoʻyadi.
8. Avstraliyalik oʻqituvchi Bri Dredj oʻz hatti-harakati bilan odamlarni hayratda qoldirdi. «Qanday qilib millioner boʻlish mumkin» oʻyiniga oʻxshash teleshouda u 20 ming avstraliya dollari miqdorida yutuq yutib oldi va butun yutugʻini oʻzi ishlaydigan maktabdagi barcha oʻquvchilar uchun yangi poyafzal xarid qilishga sarfladi.
9. Moskvaning «Spartak» jamoasi ishqibozi Otto Fisher 102 yoshga kirgan boʻlib, kunlardan birida uning kvartirasiga nomaʼlum erkak davlat xizmatchisi sifatida kirib kelib, otaxonning barcha mablagʻlarini oʻmarib ketdi. «Spartak» futbolchilari bu toʻgʻrisida xabar topgach, keksa ishqibozga 500 ming rubl yigʻib berishdi.
10. Zaharlar oʻz taʼsiriga koʻra 12 toifaga ajratiladi. Gematik zaharlar qonga, neyrotoksinlari esa asab tizimiga taʼsir koʻrsatadi. Protoplazmatik zaharlar esa hujayralar doirasida harakatlanadi.

1. Janubiy Amerika hindulari tomonidan qoʻllaniluvchi kurare zahari gʻoyatda kuchli zaharlilikka ega. Ilon zahridan 12 ming barobar kuchli ushbu zahardan parranda 2-3 daqiqadan, yirikroq hayvon esa 10-12 daqiqadan soʻng halok boʻladi.
2. Qadim Pont davlati shohi Mitridat VI ziyofatda nomaʼlum kishilar tomonidan zaharlanib oʻldirilgan edi. Uning oʻrniga taxtga oʻtirgan Mitridat VI zaharlanishdan saqlanish va ularga qarshi immunitet paydo qilish uchun yoshligidan kichik meʼyorlarda turli zaharlarni qabul qila boshlagan. Keksaygan shoh qoʻzgʻolonchilar tomonidan asir qilinishi xavfi tugʻilganida oʻzini zaharlab oʻldirmoqchi boʻldi. Biroq, kutilganidek, Mitridat VI ga hech qanday zahar taʼsir qilmadi. Oqibatda shoh oʻz tansoqchisidan qilich bilan oʻzini oʻldirishini iltimos qildi.
3. Zaharli ilonlarni xush koʻradigan jonivorlardan biri Janubiy Amerikada yashovchi opossumlardir. Ularga zahar hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Olimlar opossumlar qonidagi zaharlarga qarshi kurashadigan oqsil hujayrasini aniqlashdi.Oʻtkazilgan tajribalarda ushbu hujayra hatto Osiyo va Avstraliya ilonlari zahrini ham zararsizlantirdi. Olimlarda ushbu hujayra asosida inson uchun zaharga qarshi universal vosita yaratish umidi paydo boʻlgan.
4. 18 yoshli hindistonlik talaba Jioti Amge eng kichkina ayol sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning boʻyi 62,8 sm ni tashkil etadi. Eng kichkina erkak esa nepallik 72 yoshli Chandra Baxadur Dangi, uning boʻyibor-yoʻgʻi 54.6 sm ni tashkil etadi.
5. Rossiyaning Arxangelsk shahrida tosh koʻtarish boʻyicha konfederatsiyalar oʻrtasidagi jahon chempionatida dunyoning eng koʻzga koʻringan polvonlari oʻrtasidagi musobaqada yurtimiz vakili Muhtaram Aliyeva ham ishtirok etib jahon chempioni boʻldi. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, 60 kilogramm vaznda M. Aliyeva tosh koʻtarish boʻyicha musobaqada eng yuqori natija koʻrsatgan. Bu natija uning “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilishi uchun yetarli boʻlgan va ekspertlar bu rekordni qayd etishgan.
6. DubaydagiYangi yil mushakbozligi Ginness rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta va enguzoq davom etgan deb kiritildi. Rekord rasmiy ravishda Dubayda Ginnessrekordlar kitobi vakillari orqali roʻyxatga olindi. Shunday qilib Dubay2012-yilda Quvaytda oʻrnatilgan rekorddan oʻtib olish muvaffaqiyatiga egaboʻldi.
7. Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi.
8. Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.
9. Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin.
10. Nil daryosida timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok boʻladi.

1. Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak boʻladi.
2. Eng katta qurbaqa - Golliaf qurbaqasi uning uzunligi 30 sm, ogʻirligi esa 3.5 kgni tashkil qiladi.
3. Sumatra baligʻi eng uzoqqa uchuvchi baliq hisoblanadi, u 12 metr balandlikda 400 metrgacha uchib boradi.
4. Kalimantan orolida joylashgan Bugʻu gʻori eng katta gʻor hisoblanadi, uning kattaligi 16 futbol maydoniga teng.
5. Sherlar galasida oʻljaning 90%ini urgʻochi sherlar topib keladi.
6. Yalqov (hayvon) umrining 75%ini uyquda oʻtkazadi.
7. Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan "Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi gʻalati hayvon nima?" deb soʻrashgan, ular yesa "Kenguru"deya javob berishgan. Bu soʻz "Tushunmaymiz" degan maʼnoni anglatadi.
8. Oʻtxoʻr hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yoʻli: yirtqichlarda koʻzlar oʻz qurbonini koʻrish uchun yuzning old tomonida, oʻtxoʻrlarda esa yuzining ikki chetida oʻz dushmanlarini koʻrish uchun joylashgan boʻladi.
9. Koʻrshapalak ucha oladigan yagona sut emizuvchi jonivor.
10. Asalari 1 kilogramm asal yigʻish uchun 2 milliondan ortiq gulga qoʻnishi kerak.

1. Soʻnggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.
2. Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.
3. Shimpanzelar oʻzini koʻzguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
4. Afrikadagi baʼzi qabilalarning tilida "orangutang" soʻzi "junglidan kelgan odam" maʼnosini beradi.
5. Odam va fillar - boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.
6. Timsohlar suv ostiga chuqurroq shoʻngʻish uchun ogʻir toshlarni yutib yuboradi.
7. Qutbayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi.
8. Dastlab Avstraliyaning 50 sentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan
9. Angliya kutubxonalarida eng koʻp oʻgʻirlanadigan kitob "Ginnessning rekordlari kitobi".
10. Sahroi Kabirda bir martagina - 1978 yilning 18 fevralida qor yoqqan.

1. 1983 yil davomida birorta ham odam tugʻilmagan davlat - Vatikan.
2. Nil daryosi ikki marta - IIX va XII asrlarda muzlagan.
3. Aholisi eng koʻp mamlakatlarga Xitoy (1,5 milliard kishi), Hindiston (1,2 milliard), AQSh (298 million) kiradi. Ular ortidan Indoneziya, Braziliya, Rossiya,Yaponiya, Nigeriya quvib ketishyapti. Hozir 126 million aholi yashayotgan Nigeriyada yana qirq yildan soʻng bu raqam 300 million kishiga yetadi.
4. 1960 yili dunyodagi har toʻrt kishining biri xitoylik edi, hozir taqriban har beshinchisi, 2050 yilga borib har yetti kishining biri xitoylik boʻladi. 2050 yilda bu borada Hindiston peshqadamlikni egallaydi va uning aholisi 1,4 milliard kishiga yetadi. Hozir bu yerda yiliga 29 milliondan ortiq bola tugʻilyapti.
5. 1772 yili Rossiya aholisi bor-yoʻgʻi 6,4 million kishi edi, shundan 2,3 foizigina shaharlarda yashagan.
6. Oshqozon orqali bir yilda oʻrtacha 730 ming kaloriya oʻtadi.
7. Qoʻl tirnoqlari yiliga 50 mm gacha, oyoq tirnoqlari shuning yarmicha oʻsadi. Sochlari esa oyiga taxminan 12 mm.gacha uzayadi.
8. Qoʻl tirnoqlari oʻsib ketganida ular ostida turli kasallik tarqatuvchi 2 milliondan ortiq mikrob toʻplanishi mumkin.
9. Buyraklar bir yilda yetti yuz litr suvni filtrlab oʻtkazadi.
10.Teri har yili uch marta yangilanadi. Inson terisi 20.000 kv. sm joyni egallaydi.

1. Sogʻlom kishining boshidan bir kunda 70-80 tola soch toʻkilib, yana shunchasi oʻsib chiqadi.
2. Eng pakana ayol misrlik Gilari Ajiba boʻlib, uning boʻyi 38 sm. edi, u oltmish yil umr koʻrgan
3. Chaqaloq yigʻi paytida yuz detsibel shovqin chiqaradi, bu elektr parma shovqiniga teng.
4. Odam bolasining eng ezma payti toʻrt yoshgacha boʻlgan davridir, bola bu davrda kun davomida 12 ming soʻzni talaffuz qiladi, ammo shundan atigi 900 tasini tushunadi.
5. Maʼlum boʻlishicha, hamisha nimadandir shubhalanib yuradigan kishilar hayotlarini oʻn besh yilga qisqartirishar ekan.
6. Boʻydoqlarning uylanganlarga nisbatan 7 baravar tezroq jinnixonaga tushish ehtimoli bor ekan.
7. Jahonda hozir eng novcha odam Turkiya fuqarosi Sulton Kosandir, uning boʻyi 2,47 metr. Sobiq rekordchi ukrainalik Leonid Starnikning boʻyi 2,57 metr edi.
8. Eng novcha ayol (2,1 metr) Riganing sobiq "TTT" jamoasi basketbolchisi Ulyana Semyonova hisoblansa-da, farang ayol Mariana Vodening boʻyi unikidan kam emas, naq 2 metr 55 sm.
9. Eng novcha juftlik hindistonlik er-xotin Kulkarlar hisoblanishadi. Oila boshligʻining boʻyi 2,38 metr, ayoliniki 2,08 metr boʻlgan.
10.Odam uyqu paytida oʻrtacha 453 gramm vaznini yoʻqotadi.

1. AQShning Illinoys shtatilik Robert Vedlouning boʻyi yil sayin oʻsib borgan. Robertning boʻyi besh yoshida 1,63 metr, oʻn yoshida 1,92 metr, oʻlimidan sal oldin, yaʼni 1940 yil iyuniga kelib 2,72 metrga yetgan.
2. Hozirgi kunda yapon goʻzali Xiroko Yamasaki haqli ravishda eng novcha ayol sanaladi,uning boʻyi 2,60 metr.
3. Novocherkassk (Rossiya)da yashovchi Yelizaveta Liskoning oʻn yetti yoshida boʻyi 2,27 metr, ogʻirligi 132 kilo boʻlgan.
4. Eng ogʻir ayol Merilend shahri (AQSh)da yashovchi qora tanli xonim Flyura Mey Jekson 381 kilo tosh bosgan.
5. Moskva yaqinidagi Serpuxovo shaharchasida yashovchi 33 yoshli Lidiya Nikolayevna Ribakova MDHdagi eng semiz ayol sanaladi. U qirq sakkiz yoʻlovchi tushgan avtobusni oʻrnidan jildiradi, 900 kiloli shtangani yerdan uza olad
6. Dunyoda eng yengil erkak ingliz Xoukinedir, oʻn yetti yoshida u bor-yoʻgʻi 5,44 kilo tosh bosgan.
7. 1739 yili Polshada tugʻilgan Yozef Boruslavskiyni dunyoda eng mitti odam deb hisoblashadi. Tugʻilganida uning boʻyi 20 santimetrga yetar-yetmas edi.
8. Dunyoda eng yengil ayol oʻn toʻqqizinchi asrning ikkinchi yarmida Meksikada yashagan Lyuchiya Zarate boʻlib, u oʻn yetti yoshida 67 sm boʻyga, 2,2 kilo vaznga ega boʻlgan. Bu mitti ayol vazni yigirmaga kirganida 5,9 kiloga yetdi.
9. Krasnoyarsk shahrida Rossiyaning eng "polvon" ayoli - 54 yoshli Valentina Matveyeva bir necha yil oldin vafot etgandi. Uning vazni roppa-rosa 450 kilo boʻlgan.
10.Tongo (Afrikada) qiroli dunyodagi eng baqaloq podshohlardan sanaladi, uning vazni 210 kilo atrofida.

1. Birdaniga koʻp tugʻish hodisasi Braziliyada qayd etilgan. 1946 yil 22 aprelda bir ayol birdaniga 10 bola (2 oʻgʻil, 8 qiz) tuqqan. Oʻntadan bola tugʻilgani haqidagi xabarlar 1924 yili Ispaniyadan, 1936 yili Xitoydan ham olingan.
2. BMT maʼlumotlariga koʻra, egizaklar tugʻilishi boʻyicha Afrika qitʼasi birinchi oʻrinda turadi. Dunyoda tugʻiladigan jami egizaklarning 52 foizi "qora qitʼa" hissasiga toʻri keladi. Ammo qitʼada dunyo aholisining 13 foizigina yashaydi.
3. Fransiyaning Orlean shahridagi markaziy tugʻruqxonada oʻn yetti yoshli Kolett Bujon ismli farang ayoli naq 16 kiloli chaqaloq tugʻdi. Goʻdak jarrohlik yordamida dunyoga keldi.
4. Dunyoning turli mintaqalarida uzoq umr koʻrgan kishilar haqidagi maʼlumotlar ham qiziqarli. Masalan, Dogʻistonda yashovchi Gʻofir Irisxonov yaqinda 134 yoshga toʻldi. Gʻofirboboning sakkiz nafar ukasi va singlisi ham yuz yoshdan oshgan, bari hozirda hayot. Qariyaning bir yuz yigirma nevara-chevarasi bor.
5. Saudiya Arabistonida yashovchi dehqon Abdulloh al-Qattoniy 110 yoshga toʻlganida uchinchi marta uylandi. Kelin "endigina" 55 yoshga kirgan. Abdullohning oldingi ikki xotinidan 70 ta farzandi va nevara-chavaralari bor.
6. 2001 yili Misrdagi eng keksa ayol Amina Xossabo 137 yoshida vafot etgan.
7. 2008 yili oʻtkazilgan pasport almashtirish jarayonida sayyoramizning eng keksa onaxonlaridan biri Falastinning Qisr-Zarka qishlogʻida yashayotgani maʼlum boʻldi. Maryam Ommash ismli bu momo 120 yoshga kirgan, uning oʻn bir farzandidan 120 nevara, 250 evara va 20 chevarasi bor.
8. Koʻp nikohdan oʻtishda AQShning Kaliforniya shtatidagi Blit shahrida yashovchi ruhoniy Glin Vulfga yetadiganini topish qiyin. 1908 yilning 25 iyulida tugʻilgan bu otaxon jami 27 marta uylangan. Hayotidagi ilk nikohni u 19 yoshida, yaʼni 1927 yili oʻqitgan. Kenja xotini filippinlik Deyzi Delgodoni (1970 yili tugʻilgan) Vulf yaqindagina nikohiga oldi. Aytishlaricha, u yigirma yetti nikohdan jami 41 nafar farzand koʻrgan.
9. Ayollar oʻrtasida turmushga chiqish boʻyicha rekordchi sifatida AQShning Indiana shtatidagi Anderson shahrida yashovchi Linda Lu Esseksga yetadigani yoʻq. U jami 21 marta turmushga chiqqan. 1957 yildan buyon esa oʻn besh erni almashtirgan. Oxirgi eri bilan 1988 yili ajrashdi.
10. Dunyodagi eng keksa kelin-kuyov ham AQSh fuqarolari Telma Lukas va Garri Stivenslardir. Garri bobo 84 yoshli Lukas xonimni nikohiga olganida 103 yoshni urib qoʻygandi. Ularning nikoh toʻylari 1984 yil 3 dekabr kuni Viskonsin shtatidagi "Karavella" qariyalar uyida boʻldi.

1. Xitoyda uylanmagan erkaklar turmushga chiqmagan ayollardan 15 baravar koʻp.
2. Angliyava Uelsda keyingi oʻttiz yil ichida erkaklarning uylanish yoshi oʻrtacha 23 dan 30 yoshga uzaydi.
3. Keniya dunyoda eng koʻp bola tugʻilayotgan mamlakat sanaladi.
4. Serfarzandlikda Marokash sultoni Ismoil Mavloning oldiga tushadigan hozirgacha topilmadi. 1640- 1727 yillari yashagan sultonning jami 888 farzandi boʻlgan. Saroy odatiga koʻra u oʻgʻil koʻrgan xotiniga oltin ustara, qiz koʻrganiga kumush koʻzgu hadya qilgan. Hukmdorning 548 oʻgʻli va 340 qizi boʻlgan.
5. Chililik Leontina Espozito yetti karra «Qahramon ona» sanaladi. Chunki oltmish uch yoshli bu ayolning 73 farzandi bor. U 16 marta bittadan, 12 marta ikkitadan, 11 marta uchtadan bola tuqqan.
6. Olmoniyada serfarzandlilikda 1504 yili vafot etgan Barbara Shlyutserga teng keladigani boʻlmagan. Uning jami 53 farzandi - 38 oʻgʻli va 15 qizi boʻlgan. Keyinchalik birinchilikni undan avstriyalik Sheynberg xonim ilib ketdi, uning farzandlari naq 69 ta edi.
7. Zimbabve fuqarosi Tuma Nzu Makaza esa 136 farzandning otasi. "Qahramon ota" 24 marta uylangan.
8. Kolumbiyalik Marta Artunduaga 7 yoshida dunyodagi eng yosh ona boʻldi. Tugʻruqxona xodimlari unga bolalar aravachasi va sigir sotib olishga pul yigʻib berishdi.
9. Insonlarning aql-idrok, zakovat va xotira kuchi boʻyicha salohiyatlarini oʻrgangan mutaxassislar hayratlanarli hodisalarga duch kelishgan: Sinxua axborot shoʻbasi xabariga koʻra, xitoylik 26 yoshli Xu Yan Lin ismli yigit Xarbin shahridagi oʻn besh ming xonadonning telefon raqamlarini yoddan aytib bera oladi.
10.Yaponiyaning Iokogama shahrilik Xideoki Tomoyori (1932 yili tugʻilgan) 17 soatu 21 daqiqa ichida P sanogʻining 40 ming belgisini yoddan aytib bera oladi.

1. Hukmdorlardan Yuliy Sezar va Makedoniyalik Iskandar 30 ming nafar askarini tanir va ismini bexato aytib bera olardi.
2. Iqtidor Husayn Kuadrining xotirasi ham barchani hayratga soladi. U 1501 yildan hozirgi kunimizgacha boʻlgan barcha tarixiy voqealarning yili, oyi, kunigacha, oʻtgan barcha ulugʻ shaxslarning tugʻilgan sanalari, oy-kunlarigacha bexato aytib bera oladi.
3. «GINNES REKORDLAR KITOBI»ning ilk nashri 1955 yili chop etilgan boʻlib, deyarli birdaniga bestseller boʻlib ketgandi. Bugungi kunda kitob dunyoning 100 dan ziyod mamlakatida 23 ta tilda chop etiladi.
4. Aviakompaniyalar tomonidan taqdim qilinadigan dunyodagi eng qisqa reys — bu ikki Orkneym orollari orasidagi Shotlandiyadan shimolga: Vestrey va Ota Vestrey parvozi hisoblanadi. Samolyot orqali parvoz 2,5 kilometrdan sal oshiqroq masofa boʻlib, 2 daqiqa davom etadi. Turgan joydan samolyotning parvoz qilishini kuzatishingiz mumkin—samolyotning parvozi yaqqol koʻrinib turadi.
5. Dunyodagi eng uzoq reys Changi xalqaro aeroportidan Nyuark Liberti aeroportigacha hisoblanadi. Bu ikki nuqta oraligʻidagi masofa — 15000 kilometrdan koʻproq boʻlib, samolyotda uchib borish uchun 18,5 soat vaqt ketadi. Hozirgi kunda Singapore Airlines aviakompaniyasi ushbu masofani 17 soatga qisqartishiga umid qilmoqda.
6. Biologlarning koʻrsatishicha, chumoli bilan boshqarishni va ularga oʻlim joyini tayinlashni qoʻziqorinlar bajarar ekan. Endi olimlar chumolilarni qaysi joyda va qanday holatda oʻlishini taʼminlaydigan qoʻziqorinlarning molekulyar mexanizmi va ularning genlarini oʻrganish bilan ovora.
7. Pensilvaniya Universitetidan (Penn State University) Devid Xyudjs (David P. Hughes) boshchiligidagi zoologlar, entomologlar (hashoratshunoslar) va mikologlar (qoʻziqorin olimlari) bilan birgalikda yogʻoch qurti - chumoli - Camponotusni oʻrganib chiqishmoqda. Aynan shu chumolilar turi eng mehnatsevar va beziyon boʻgʻimoyoqlilar boʻlib, oʻzlariga mayda daraxt boʻlaklarni yigʻadiganlardandir.
8. «Oila muhabbati» sonlar bilan ifodalanishi mumkin. Ikki katta va ikki kichkina insonlardan tashkil topgan oila yiliga 1300 kilovatt/soat issiqlik energiyasini ishlab chiqaradi.
9. Arxeologlar tomonidan topilgan eng qadimgi bola oʻyinchogʻining sanasi — 3000 yil. U qadimgi Eron yerida topilgan boʻlib, hozirgi kunda Luvrda saqlanadi.
10.Yevropa standarti boʻyicha, baxmaldan tikilgan ayiqchaning boshi uni uzib tashlashga harakat qilgan bolalarning kuchiga 10 kilogramgacha bardosh bera olishligi kerak.

1. 1947 yildan beri bugungi kunga qadar “Lego” firmasi shunchalik koʻp bolalar uchun plastamassa konstruktsiyalarini ishlab chiqarishganki, Yer yuzining har bir insoniga 30 ta qismdan toʻgʻri keladi.
2. Eng zamonaviy bolalar, nemis bolalari ekan: 40% toʻqqiz yarim yoshdagilari oʻzlarining ikkinchi telefonlarini «ishlatib tashlashmoqda».
3. Angliya qiroli Genrix VI oʻzini shapaloqlashga ruxsat bergan va shu maqsadda oʻziga enaga olgan. U taxtga 1422 yil 1sentyabrda 9 oylik yoshida oʻtirgan. Uning birinchi qirollik buyrugʻi (oʻzining katta barmoq izi bilan muhrlab tasdiqlagan) shu haqida boʻlib, “Alisa Betler bizning enagamiz va vaqt- soati bilan oqilona jazolab tursin” deb buyruq qabul qilgan.
4. Dunyodagi eng yirik varrak maydoni 680 metr kv. Uni 1999 yilda Angliyada uchirishgan.
5. Eng qari yumshoq ayiqcha, uning chap oyogʻiga tikib qoʻyilgan tamgʻaga koʻra, 1894 yilda ishlab chiqarilgan. U haligacha bir oilaning ichida, nasldan naslga berilmoqda.
6. Yumshoq ayiqcha - sayyohatchi Avstraliya pochta xizmati federatsiyasining xatosi tufayli pochta joʻnatmasida 329 ming km yurdi. U besh marta Avstraliyaga qaytgan, 2 marta Meksikaga bordi, butun AQSh boʻylab aylanib chiqdi va oʻz manziliga, yuborilganidan soʻng 3 yil oʻtgach, yetib bordi.
7. Elton Jonning sevimli oʻyinchogʻi - yaltiroq yulduzlar bilan bezatilgan, yo-yo. Uning bir tomonida masxaraboz rasmi, ikkinchi tomonida xitoy tilida yozilgan tilaklar bor.
8. Baravariga eng koʻp qoʻgʻirchoqlaridan foydalanilganligi bilan Disneyning “Sher Qirol” sahna asari ajralgan. Unda 215 ta qoʻgʻirchoq, shu jumladan yassi tayoqchali va tabiiy kattalikdagi oʻyinchoqlar boʻlgan.
9. BAA fuqarosi Suxeyl Zaruniga tegishli boʻlgan, dunyodagi avtomobil rusumlarining eng katta kollektsiyasi deyarli 2 ming nusxadan iborat. Ular orasida -qirolicha Yelizaveta va Rim Papasi mashinalarining gʻaroyib nusxalari, shuningdek, oʻz oʻlimi kunida yurgan Kennedi avtomobili ham bor.
10.Bill Geytsning qizi - Jennifer Ketrinning eng yaxshi texnik taʼminlangan oʻyinchoq deb tan olingan, pedalli mashinasi bor edi: u navigatsiya tizimi, oʻtirish joyi balandligining sozlagichi, yaqin va uzoq yorugʻlik faralari, xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangandi.

1. Eng qimmat Mikki-Maus 1939 yilda chiqarilgan. Bu Mikki - eski koʻrinishida boʻlib, uning qoʻllari yana ham uzunroq, chehrasi boshqacha hamda quloqlari ham oʻzgacha joylashtirilgan. 1998 yilda Kristis kim- oshdi savdosida u 83 ming 650 dollarga sotib olindi.
2. Chaqaloq tugʻilganida 300 ga yaqin suyaklar mavjud boʻladi, ulgʻaygan yoshda esa ulardan 206 ta qoladi.
3. Agarda sevib qolgan inson miyasini tomografiyasi qilinsa bir qiziq narsani koʻrsa boʻladi: sevib qolish natijasida inson miyasining mukofotlarga javob beruvchi ikki hududi qoʻzgʻaladi. Olimlar bu holatni domafin moddasini - mamnuniyat hissini qoʻzgʻatuvchi moddani katta hajmdagi taʼsiri bilan izohlashadi. Qiziqarlisi, shunday kuch bilan miyaning ushbu hududlari faqat kokain moddasiga taʼsir koʻrsatadi.
4. Kenichthyscampbelli baligʻi ham suvda ham quruqlikda yashovchi, suv tagida va yerda nafas olish qobiliyatiga ega jonzodlarning toʻgʻridan toʻgʻri avlodidir. Burun teshiklarining bir jufti suv sayoz joylarda yotib oziqlanishga imkon bersa, ikkinchi juft burun teshiklari esa xuddi timsoqlarni burun teshiklari kabi suvdan chiqib turgan.
5. Qizil dengiz tipratikanlari yoki Strongylocentrotus franciscanus faqatgina Tinch okeanida va asosan Shimoliy Amerikaning Gʻarbiy qirgʻoqlarida topilgan. Ular okeanning qaytuvchi mayda suv yoʻllarida 90 metr chuqurlikda yashaydilar va kuchli toʻlqinli joylardan uzoqda boʻladilar. Ular okean tubida qisqichlari orqali oʻrmalab harakatlanadilar. Agarda ularning biron bir vakilini uchratsangiz kattalarni hurmat qilish kerakligini unutmang, chunki ularning ayrim vakillari 200 yildan ortiq yoshdalar.
6. Polyar kitlari nomi bilan ham taniqli grenland kitlariYer yuzida eng koʻp yashovchi sutemizuvchilar turkumiga kiradi. Shunday grenland kitlari topilganki, ularning ayrimlarining tanalarida baroridan kelmagan kit ovi natijasida 200 yil avval ishlatilgan fil suyaklarining uchliqinlari topilgan. Hozirgi kunda grenland kitlari vakillarining eng qarisi taxminan 211 yoshda.
7. Koikarplari oddiy karplarning xonakilashtirilgan dekorativ turlariga mansubdir. Ular asosan dekorativ hovuz va toshli suv havzalarida uchraydi. Hayratomuzlisi shuki, ularning ayrim vakillari 200 yilga yaqin umr koʻra oladilar. Koikarpining eng qarisi 7 iyul 1977 yil 226 yoshda vafot etgan Xanako (Hanako) baligʻi hisoblanadi.
8. Toshbaqalar Yer yuzidagi eng uzoq yashovchi umurtqali hayvonlar turkumiga mansubdirlar. Bu toshbaqalar vakilining eng qarisi galapagoss Gariyetta toshbaqasi hisoblanadi,u 2006 yil iyun oyida 175 yoshida zooparkda yurak xastaligidan oʻlgan.Gariyetta Charlz Darvinning mashhur HMS Beagle nomli enspeditsiyasidagi eng oxirgi vakili hisoblanardi. Yana eng qari toshbaqalardardan biri hisoblangan Aydvata nomli aldabra toshbaqasi esa 2006 yil mart oyida 250 yoshda oʻlgan.
9. Okean venusi (Arctica islandica) mollyuskalarning bir turkumi hisoblanib, ular asosan savdo uchun ishlatilinadi. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda mollyuskalardagi toʻq kontsentrik shaklidagi dumaloq chiziqlar kesilgan daraxtlarning chiziqlari kabi ularning yoshlarini belgilar ekan. Chiziqlarni sanab chiqish natijasida ayrim mollyuska vakillariga 400 yil boʻlibdi.
10. Antarktika gubkasi juda sekin oʻsish xususiyatiga egadir va bu Antarktika okeanining oʻta sovuq harorati sababidan boʻlsa kerak. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha ularning eng qari vakiliga 1550 yil boʻlgan.

1. Turritopsisnutricula meduzasi dunyoda abadiy yosh qolish chashmasini ochgan yagona jonivor boʻlsa ajab emas. Chunki u qarilik pallasidan to polipday yosharish pallasiga oʻtish xususiyatiga egadir, ayrim hollarda ularda umrning tabiiy chegarasi kuzatilmaydi ham. Oʻlimni chetlab oʻta olish qobiliyatlari natijasida ularning soni tez suratda oʻsib bormoqda. Hozirgi kunda mutaxassislar ushbu meduzalarni qanday qilib qarish jarayonini orqaga qaytara olish xususiyatlari ustida isholib bormoqdalar.
2. Eng katta stul Avstriyadagi «XXXLutz» kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Uning boʻyi 30 metr.
3. Dubay amirligida chop etilgan mashhur «Bu Muhammad» nomli kitob dunyodagi «eng katta kitob» sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. 420 betlik ushbu nodir kitob oʻta yuqori sifatli qogʻozdan tayyorlangan boʻlib, uning ogʻirligi 1500 kg, boʻyi 5 metr, eni esa 4 metr. Bir yil davomida chop etilgan mazkur noyob asarni tayyorlashga 10 mln. dirhamdan ortiq mablagʻ sarflangan. 24 karatli oltin butunlay sof, unga boshqa hech qanday metall aralashmagan.
4. Har uchinchi amerikaliklar oilasida Scrabble oʻyini bor.
5. Oyoq kiyimi oʻlchamlari 1792 yilda Djeyms Smit tomonidan oʻylab topilgan.
6. Bir dona yaxshi ruchka yordamida taxminan 50000 ta soʻz yozish mumkin.
7. Napoleonning suv ichish idishlaridan biri, mashhur italiyalik avantyurist Kaliostro bosh suyagidan yasalgan.
8. 1890 yilda Yaponiyadan Rossiyaga donishmand Fukurimi shaklchalari olib kirilgan. Hozirda bunday shaklchalarni matryoshka deb atashadi.
9. Qadimgi Xitoyda ota-onalar uchun eng yaxshi sovgʻa tobut hisoblangan.
10. «Rolls-Roys» bamperidagi haykalchaning narxi 5000 dollarni tashkil qiladi.

1. Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narhi 12 dollar boʻlgan.
2. Amerikalik Djon Uintrop ilk marotaba tushlik stolida vilkadan foydalangan. Bu voqea 1630 yil 23 iyunda sodir boʻlgan.
3. Shtopor M. L. Brayn tomonidan 1860 yilda ixtiro qilingan.
4. Rossiyada zarb qilingan tangalarning eng kichik qiymati - 1/8 tangaga teng edi.
5. Hindistondagi oʻyin kartalari - dumaloq.
6. Qadimda Rossiyada sarafan erkaklar kiyimi hisoblangan.
7. Dastlabki galstuklar Xorvatiyada paydo boʻlgan. Aynan shuning uchun ham, ingliz tilida galstuk soʻzi - cravat (Xorvatiya - Croatia) boʻlsa kerak.
8. Sovuqda qum soatlari issiq muhitdagiga nisbatan, tezroq yurar ekan.
9. 17 asrda termometrlarda simob oʻrniga Brendi ishlatilgan.
10. Portugaliyada ishga chiqmaslikka yomgʻir uzrli sababdir

1. Darts oʻyini yomgʻir sababli paydo boʻlgan.
2. Yomgʻirning hidi yoʻq.
3. Kubada yomgʻir faqat siyesta (tushlikdan keyingi vaqt) paytida yogʻadi, Tailandda esa faqatgina tunda.
4. Taxminan yuz milliondan bitta odamda yomgʻirdan allergiya boʻladi.
5. Zulukning har uch jagʻida yuztadan jami 300 ta tishi bor.
6. Elektrilon baliqlar boshqa baliqlardan farqli oʻlaroq orqaga ham suza oladi.
7. Timsoh qoʻlingizni tishlaganida, uning koʻzini bosish kerak. Shundagina u ogʻzini ochadi.
8. Dunyo aholisining 0,7 foizi har doim mast holatda boʻladi.
9. Eng tez suzuvchi sportchi suzish surʼatini koʻpi bilan 6,4 km/soatgacha oshirishi mumkin. Baliqlarning tezligi esa 120 km/soatgacha yetadi.
10. Olmaxonlar tabiiy sharoitda uzogʻi bilan 1 yil yashaydi. Ular koʻpincha kasalliklar, ochlik, yirtqichlar, avtomobil va odamlar tufayli nobud boʻladi. Tutqinlikda ular 15-20 yil yashashi mumkin.

1. Dunyoda eng koʻp odam oʻldirgan manyak hindistonlik Behramdir. 1790-1840 yillar davomida u kamar yordamida 931 kishini boʻgʻib oʻldirgan. Soʻnggi qurboni vengriyalik grafinya Erzsebet Bezori boʻlgan.
2. Umri davomida Van Gog faqat bittagina - "Qizil uzum” kartinasini sota olgan.
3. Leytenant Kolombo rolini ijro etgan Piter Falkning bir koʻzi shishadan boʻlgan. U uch yoshligida oʻng koʻzini xavfli shish tufayli olib tashlashgan.
4. Qahva dunyodagi eng keng tarqalgan stimulyator hisoblanadi. U eng koʻp daromad keltiruvchi oziq-ovqatlar orasida ikkinchi oʻrinni egallaydi.
5. 1933 yil fevral oyida Tinch okeanining markaziy qismida toʻlqin 34 metr yuqoriga koʻtarilgan - bu eng baland toʻlqin boʻlib qoldi.
6. Yangi Gvineyadagi Papuada qishloqlar oraligʻi bir necha kilometrgina boʻlsa-da, aholisi farqli tillarda gaplashishadi.
7. Eng koʻp goʻsht yeydigan ayiqlar qutb ayiqlaridir. Ular asosan baliq va dengiz mushuklarini isteʼmol qilishadi.
8. Firʼavn Ramzes II ning 160 nafar farzandi boʻlgan.
9. Bakteriyalar shu qadar kichikki, bir tomchi suyuqlikda ularning taxminan 50 milliontasi boʻladi.
10. Chilining Ikiks shahri aholisi 14 yil davomida bir tomchi ham yogʻin koʻrmagan.

1. Sudanning Vodi Xalfa shahrida esa 19 yil mobaynida surunkasiga yogʻin tushmagan.
2. Yevropa qitʼasida eng kam yomgʻirli joy - Volga daryosining Kaspiyga quyilishidagi Astraxan shahri. U yerga atigi 163 millimetr yogʻin yogʻadi.
3. Avstraliya shaharlaridan birida 1958 yil fevral oyida 24 soat mobaynida tinmay sel yogʻib, miqdori 890 millimetrga yetdi- bu, Toshkentda yil boʻyi yogʻadigan yomgʻir miqdoridan 2.5 marta koʻpdir.
4. Yava orolida yilning 322 kunida momaqaldiroq gumburlab turadi.
5. Dunyoda eng chuqur koʻl - Baykal. Uning eng chuqur botigʻi 1741 metr.
6. Dunyoda eng kam yogʻin joy Chili mamlakatidagi Arika shahridir. U yerga yiliga bor - yoʻgʻi bir millimetr yomgʻir tushadi. Demak,«quruqlik qutbi» ning oʻzginasi!
7. Bugungi kunda butun jahonga mashhur boʻlgan Eyfel minorasini 1889 yilda, Parijda oʻtkazilgan Butunjahon koʻrgazmasi uchun quruvchi-muhandis Aleksandr Gyustav Eyfel tiklagan edi. Eyfelning fikricha, bu minora vaqtinchalik, yaʼni, 20 yil turib berishi kerak edi. Biroq Fransiyaning ramziga aylangan minora oradan 123 yil oʻtdiki, hamon oʻsha-oʻsha... Yevropaning eng qimmat tarixiy inshooti sifatida Parijdagi Eyfel minorasi tan olinadi. 344 mlrd. funt-sterlingga baholangan va balandligi 324 metr, ogʻirligi 10 100 tonna boʻlgan ushbu minora Italiyadagi Kolizey inshootidan 6 barobar qimmat. Ushbu tadqiqot Italiyada oʻtkazildi. Shuningdek, bir yilda 7 million inson tashrif buyuradigan Eyfel minorasi dunyoda eng koʻp ziyorat qilinadigan tarixiy makon deb tan olindi. Shu paytgacha bu minorani 200 million inson ziyorat qilgan.
8. Italiyadagi Kolizey maydoniga yiliga 4 million sayyoh tashrif buyuradi.
9. San-Frantsiskoda yashovchi 37 yoshli Erika lya Turhamma ayollar kabi oddiy bir ayol. Ammo u gʻayrioddiy sevgi asirasi. Erika Eyfel minorasini sevib qolgan. Yoshligidan taʼqib etib kelgan ana shu muhabbat taʼsirida Eyfel familiyasini ham oldi. Unga oʻxshagan gʻayrioddiy sevgi asirlarining 40 nafari fanga maʼlum.
10. Fargʻonalik Komiljon Joʻrayev Eyfel minorasining nusxasini yasagan. Mazkur minorani qurish uchun 10 tonna armatura ishlatilgan boʻlib, uning boʻyi 21 metr va tepasiga 1,5metr diametrdagi futbol toʻpi oʻrnatilgan. Qurilishga 45 kun sarflangan. Chet eldan kelgan sayyohlar, xususan, fransuzlar ham Oʻzbekistondagi Eyfel minorasini tomosha qilmoqda. Bugun dunyoda Eyfel minorasining koʻplab nusxalari, maketlari mavjud. Yurtdoshimiz tiklagan inshoot haqidagi maʼlumotlar va minoraning surati ham "haqiqiy Eyfel minorasi” saytiga kiritilgan.

1. Oʻpkaning shamollatilishi (nafas olinayotgan havo hajmining nafas olish soniga koʻpaytmasi) sogʻlom insonda daqiqasiga 5-9 litrni tashkil etadi.
2. Agar inson qonidagi barcha eritrotsitlarni ketma-ket terib chiqilsa, Yer sharini ekvatori boʻylab uch marta aylantirish mumkin boʻlgan tasma hosil boʻladi.
3. AQShdagi Oklaxoma shtatida itning jigʻiga tegib, gʻashini keltirganlik uchun hatto qamoq jazosi ham belgilangan.
4. AQShning Illinoys shtatining Geylsbur shahrida kalamushlarni beysbol bitasi bilan urgan inson 1000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi.
5. Texasda oyoqda tik turgan holatda 3 hoʻplamdan ortiq pivo ichish taqiqlanadi.
6. Shimoliy Karolinada poyezdlarda suv yoki sut ichish qonunbuzarlik hisoblanadi. Boshqa ichimliklarga ruxsat berilgan.
7. Yana ushbu shtatda quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi: choʻmilish kiyimida ashula aytish; skeytbordda davlat raqami belgisisiz yurish; bir kunda uchtadan ortiq likopchani sindirib qoʻyish.
8. Floridaning Pensakola shahrida vannada elektr asboblaridan notoʻgʻri foydalanib halok boʻlgan ayollarga 100 AQSh dollari miqdorida jarima solinadi.
9. Mayamida ovozli signal chiqaruvchi moslamalar bilan jihozlanmagan velosipedni haydash taqiqlanadi.
10. Floridada turmushga chiqmagan ayollar uchun yakshanba kunlari parashyutdan sakrash taqiqlanadi.

1. Los-Anjelesda erkaklar oʻz xotinlarini charm kamar bilan urish huquqiga egalar, faqat oʻsha kamar qalinligi 2 dyuym (5,08 sm)dan oshmasligi kerak. Yoki kamida xotinining oʻzi erining urishiga yozma ravishda rozilik bergan boʻlishi lozim.
2. Tipratikan olovdan koʻra suvdan koʻproq qoʻrqadi.
3. Folklend orolidagi har bir kishi boshiga (jami 2000 kishi) 350 ta qoʻy (jami 700 000) toʻgʻri keladi, Yangi Zelandiyada esa kishi boshiga 20 ta toʻgʻri kelar ekan.
4. Oxirgi 4000 yilda bironta yangi jonzod paydo boʻlmagan.
5. Ob-havoni «bashorat» qiladigan oʻsimliklarning 400 ga yaqin turi mavjud.
6. Dunyodagi kapalaklarning eng kattasi — Janubiy Amerika tun kapalagi hisoblanadi. Agar u qanotlarini yoysa, ularning umumiy uzunligi 27 santimetrga boradi.
7. Oddiy poʻlat 100 darajagacha sovitilganda shishadek moʻrt boʻlib qoladi.
8. Oqayiq ovga chiqqanda burnini yashirar ekan. Sababi qora burni uni fosh qilib qoʻyishi mumkin.
9. Oqayiq soatiga 40 km/s tezlikda yugura oladi.
10. Qoʻl tirnoqlari Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi tezligida oʻsadi.

1. Tuyaning oʻrkachi boʻlishiga qaramasdan umurtqasi toʻgʻri.
2. Mushuk 12-qavatdan tushib ketsa, 7-qavatdan tushib ketganga qaraganda tirik qolish imkoniyati koʻproq boʻlar ekan.
3. Hayvonlar orasida jismiga nisbatan eng katta miya bu — chumolida!
4. Delfinlar bir koʻzini ochib uxlaydi.
5. Burgalar 33 sm ga sakray oladi. Agar inson jismiga nisbatan xuddi shunday sakrasa, 213metrga sakrashi mumkin.
6. Kalamush tuyadan ham koʻproq suvsiz yashay olar ekan.
7. Qadimgi Misrda ekinzor yerlarini payhon qilib, eng koʻp zarar yetkazadigan bu qoʻngʻiz yoki chigirtkalar emas, balki gippopotam boʻlgan ekan.
8. Zebraning oq-qora chiziqlarini bilasiz. Aslida Zebraning terisi qora, yoʻl-yoʻl chiziqlari esa oq rangda ekan.
9. Oddiy bulutlarning balandligi 10-15 kilometr, kumushsimon bulutlarniki esa 80 kilometrdan ziyod.
10.Atlantika va Hind okeanlari hamda Arktika havzasi bundan 150-160 million yil muqaddam yaxlit quruqlikning bir necha boʻlakka ajralib ketishi natijasida hosil boʻlgan.

1. Inson 8 yilu 7 oyu 6 kun baqirganda hosil boʻladigan energiya faqat 1 finjon qahvani isita olarkan, xolos.
2. Sut emizuvchilardan faqat inson va fil oʻtira olar ekan.
3. Birinchi marta yevropaliklar jirafani koʻrganda uni «verblyudopard» deb atashgan ekan. Ular bu hayvonda tuya va leopard chatishtirilgani deb oʻylashgan.
4. Begemotlar suv ichida tugʻiladi.
5. Dunyoda hayvonlardan faqat orangutang oʻzini koʻzguda taniy olar ekan.
6. Yumronqoziq bir kunda 76 metr chuqur qazishi mumkin.
7. Shilliqurtning 25 ming tishi bor.
8. Sakkizoyoqning koʻz qorachigʻi toʻrtburchak shaklda.
9. Har qanday hayvonni oʻldira oladigan Afrika asalarilari asalxoʻrga bas kelisholmaydi xolos.
10.Tomas Edisonning 5 mingtadan ortiq qushi boʻlgan.

1. Eng koʻp pishloq Fransiyada yeyiladi. Shuningdek, bu mamlakat dunyodagi barcha pishloqning deyarli yarmini yetkazib beradi.
2. Tarixda eng yomon haydovchi sifatida esda qolgan 70 yoshdagi chol 12 daqiqa ichida 10 ta jarima olgan, 4 marta qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketib, 6 ta halokatga sababchi boʻlgan.
3. Tarixda eng yomon haydovchilardan yana bir 62 yoshli ayol esa haydovchilik imtihonlarini40 marta topshirgan.
4. Britaniyalik faylasuf Jeremi Bentem 1832 yilda vafot etib, barcha boyligini London shifoxonasiga meros qilib qoldirayotganda bir shart qoʻygan: uning mayiti boshqarma yigʻilishlarida qatnashishi kerak. Hozirgacha u barcha majlislarda «ishtirok» etadi.
5. Gollandiya gimnining oʻn beshta misrasi bosh harflari birlashtirilsa, Villem Van Nassovning ismi kelib chiqadi.
6. Oliver Kromvel vafot etgandan ikki yil oʻtgach dorga osilib, keyin boshi tanasidan judo qilingan.
7. SamolyotlargaToj-Mahal ustidan uchib oʻtish taqiqlangan.
8. Dengiz yulduzini boʻlaklarga boʻlib tashlasangiz, uning har bir qismi vaqt oʻtib yana yulduzga aylanadi.
9. Avvallari muzqaymoq tayyorlanayotganda tuxum va shakardan foydalanilmagan. Hozirgi kunda esa muzqaymoqlarning ayrim turlariga suv oʻtlari qoʻshiladi.
10. Flamingo 80 yilcha yashashi mumkin.

1. Tuya suti ivib qolmaydi.
2. Ayollar doʻkonlarda erkaklardan koʻra 4 baravar koʻproq oʻgʻrilik qilishadi.
3. 1952 yilda Eynshteynga Isroil prezidenti boʻlish taklif qilingan.
4. AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington oʻz inauguratsiyasini oʻtkazish uchun qarz olgan.
5. Yerda 200 million yildan buyon istiqomat qilib kelayotgan, hatto muzlik davrini yashab oʻtgan toshbaqalar turlarining deyarli yarmi bugungi kunda yoʻqolib ketish arafasida. Bunga ulardan turli taomlar va dorilar tayyorlanishi sabab.
6. Buqalamunning tili tanasidan ikki baravar uzun.
7. Kokos yongʻoqlaridagi suyuqlik favqulodda holatda qon plazmasining oʻrnini bosishi mumkin.
8. Rubik kubigini atigi 17 marta burab, barcha ranglarini oʻz joyiga joylash mumkin.
9. Kemalar suvda qoldiradigan "izni” hatto kosmosdan koʻrish mumkin.
10.Garvard- AQSh dagi eng qadimiy universitet.

1. 1876 yilda Amerikada Markaziy istirohat bogʻi ochildi. Uning maydoni Monako davlatinikidan ikki baravar katta.
2. Har bir kishi hayotining oʻrtacha 2 yilini telefonda gaplashishga sarflaydi.
3. Dunyoda guruchning 15 mingdan ortiq turi bor. Uni jahon aholisining deyarli yarmi har kuni isteʼmol qiladi.
4. Pishirilgan qisqichbaqaning dumi tik boʻlishi, uning oʻlganidan keyin qozonga solinganidan dalolat beradi. Tiriklayin pishirilgan qisqichbaqaning dumi egilgan boʻladi.
5. Radiyni kashf etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan Mariya Sklodovskaya Kyuri nurlanish kasalligidan vafot etgan.
6. Tinch okeanida uchraydigan yelkan baliq "qardosh”lari orasida eng tezi hisoblanadi, u surʼatini 100 km/soatgacha yetkazishi mumkin.
7. Qutb ayigʻi odam hidini 30 km uzoqlikdan his eta oladi. Tezligini esa soatiga 40km.gacha oshiradi.
8. Tukli ari soniyasiga 160 martagacha qanotlarini qoqadi.
9. Kolibrining yuragi daqiqasiga 615 marta uradi.
10. Soʻnggi 30 yilda egizaklar tugʻilishi ikki baravar koʻpaygan.

1. Amerikada XVII asrda ayollar oʻrtacha 13 ta farzand koʻrishgan.
2. Angliya qirolichasi Viktoriya tugʻish jarayonida anesteziya (ogʻriq qoldiruvchi) sifatida xloroformdan foydalangan birinchi ayollardan boʻlgan.
3. XVIII asrda stomatologlar tishni plombalashda rezinadan foydalangan.
4. Qadimgi yunonlar tish ogʻrigʻini yolgʻonchilik oqibati deb bilishgan.
5. Anʼanaviy usulda yarim soatlik multfilm yaratish uchun 18 mingdan ortiq rasm chizish kerak.
6. Ilk multpersonaj - Geti laqabli dinozavr 1910 yilda yaratilgan.
7. Tanamizda har soniyada 15 million eritrotsit yaralib, oʻladi.
8. Aksirganda havo oqimi tezligi soatiga 150 km.ga yetishi mumkin.
9. Odam organizmidagi eng tezkor mushak qovoqlarnikidir.
10. Sogʻlom odamning qoni quyuqlashishi uchun koʻpi bilan 10 soniya yetarli.

1. Oʻlimdan soʻng odam miyasida elektr impulslar yana 37 soat davomida ishlab chiqiladi.
2. Bi rsoat davomida kompyuterda matn terganda 105 kaloriya sarflanadi.
3. Iskandar Zulqarnayn davrida ham och rangdagi sochlar urfda boʻlgan. Buning uchun ayollar ohakli aroq va giyohlar damlamasidan foydalangan.
4. Angliyada XVIII asrda oqsuyak oliftalar oʻta tor pantalon kiyishgan. Unga sigʻish uchun kiyilayotganda maxsus moslama yordamida choʻzib turganlar.
5. Fransuz faylasufi Volterning 80 ta hassasi boʻlgan. Zamondoshi Jan Jak Russoda esa 40ta.
6. Fransiyada hassaga tayanib yurish ham ayollar, ham erkaklar uchun urf boʻlgan.
7. Mashhur va eng xaridorgir kitob boʻlgan "Ginnessning rekordlar Kitobi” Guinness pivo ishlab chiqarish kompaniyasi xoʻjayini Xyu Biver tomonidan tasodifan dunyo yuzini koʻrgan. 1954 yilda ovchilar uchun uyushtirilgan ziyofat paytida Xyu Biver bir ovchi bilan qaysi qush tezroq uchishi borasida bahslashib qoladi. Shu paytda Biverning xayoliga har kuni butun dunyo boʻylab "eng, eng”lar borasida minglab munozaralar, garov bogʻlashlar boʻlishi keladi. U barcha sohalarda rasman tasdiqlangan rekordlarni jamlaydigan kitob yaratishga qaror qiladi.
8. Bir yillik tadqiqot va izlanishlardan soʻng 1955 yilning 27 avgustida 198 sahifadan iborat dastlabki kitob chop etiladi. Shu yili kitob Buyuk Britaniyada eng koʻp sotilgan kitobga aylanadi va egasiga ulkan daromad keltiradi. Oʻshandan buyon "Ginnessning rekordlar Kitobi” har yili chop etiladigan va eng koʻp sotiladigan kitoblardan biriga aylandi.
9. Procter & Gamble kompaniyasining yetakchi ximigi Viktor Millzga bir kuni qizining bolalariga qarashiga toʻgʻri keladi. Nabiralarining hoʻl tagliklarini almashtirib, ularni yuvib-quritish mashaqqat ekanligni koʻrgach, u bir martalik kiyiladigan taglik yaratish ustida bosh qotiradi. Bir nechta tajribalardan soʻng P&G Pampers deb nomlangan yangi mahsulotini omma eʼtiboriga havola qiladi.
10. Odatda, qand yegan bolalarning qoʻli shira boʻlib qoladi va ular oʻylab ham oʻtirmasdan qoʻllarini kiyimlariga artishadi. 1958 yilda Enrike Bernat qandlarni choʻpga oʻrnatishni oʻylab topadi va Chupa Chups dunyo yuzini koʻradi. Qandning qogʻozi va logotipini esa mashhur rassom Salvador Dali yaratgan.

1. 1911 yilda 28 yoshli Frenk Mars toʻplagan pullariga xotini bilan birgalikda shirinlik doʻkoni ochadi. Doʻkonda asosan turli qandlar sotilardi. Bir kuni Mars oʻgʻli bilan koʻcha aylanib yurganida oʻgʻli undan shokolad sotib olib berishini soʻraydi. U paytlarda shokolad kukun holida sotilardi . Odamlar uchun bu noqulay edi, chunki issiqda tezda erib ketadigan shokolad qoʻl va kiyimni rasvo qilardi. Shu payt Frenk "balki” deya oʻylanib qoladi va bu "balki” shokoladni boʻlak-boʻlak qilib folga qogʻozga oʻrab sotishga aylanadi. Oqibatda bir necha kun ichida Milky Way deb nomlangan shokolad batoni yangi korxonaning eng xaridorgir mahsulotiga aylanadi. Kompaniya mahsulotlariesa rang- baranglashib, butun dunyodagi shirinliksevarlarning sevimli mahsulotisifatida eʼtirof etilmoqda.
2. Maktabda bor-yoʻgʻi olti yil oʻqigan Garlan Sanders 40 yoshga yetganida oʻnlab hunarlarda omadini sinab koʻrishga ulgurgandi. U shinalar sotgan, goʻlahlik qilgan, harbiy sohada ishlagan, konduktorlik, fermerlarga yordamchilik, hammollik va yana koʻplab sohalarda faoliyat koʻrsatgan, ammo hech omadi yurishmagandi. Oila qashshoqlikda kun kechirar, lekin xotini erining ishlari yurishib ketishiga ishonardi. 1930 yilda Sanders avto ustaxona ochadi. Tez orada u ustaxona yonida mijozlar uchun moʻjazgina oshxona ham qurish kerakligini tushunadi. Uyidan bitta xonani u oshxona uchun ajratadi. Ovqatni esa uyda oʻzlari tayyorlashadi. Tez orada uning ustaxonasi qovurilgan joʻjasi bilan butun shtatga taniladi. Mijozlar uning ustaxonasiga mashina tuzattirish uchun emas, balki qovurilgan joʻja yegani kelishardi. Yetti yildan soʻng u SandersCourt & Cafe restoranini ochadi. 1950 yilga kelib esa Sanders tayyorlagan qovurilgan joʻjalar AQShdagi yuzlab restoranlarda sotila boshlaydi.
3. FilNayt Oregon universitetida oʻrta masofaga yuguruvchi sportchi edi. U doim Amerikada ishlab chiqarilgan krossovkalardan nolir, Adidas krossovkalarini sotib olish uchun esa oʻtgan asrning 60-yillarida ancha-muncha odamning puli yetmasdi. Nayt narxi arzon, ammo sifatli krossovka chiqarish niyatida murabbiyi bilan birga Blue Ribbon Sports kompaniyasini tashkil qildi. U arzon va sifatli krossovkalarni faqat Osiyoda ishlab chiqarish mumkin degan fikrga keldi. 1964 yilda u va murabbiyi Bill Bauerman 500 dollardan pul tashlashdi va Yaponiyaning Onitsuka Tayger kompaniyasiga 300 juft krossovkaga buyurtma berishdi. Fil krossovkalarni mashinasida yurib sotdi. Bill Bauerman bir kuni xotinining ustidan kulish uchun vafli tayyorlaydigan uskuna ichiga rezina tasmani solib qoʻyadi. Buni qarangki, shundan keyin kompaniya sport poyabzallari uchun chiziqli poshna tayyorlashni yoʻlga qoʻydi. Sotuv rivojlangach, krossovka ishlab chiqarish boshlab yuborildi. Jeff Jonsonga kompaniya uchun yangi nom oʻylab topish aytiladi. Uning tushiga yunon maʼbudasi Nika kiradi va shu tarzda Nike nomi paydo boʻladi.
4. 1919 yilning iyunida Texas shtatidagi Sisko shahriga 31 yoshli Konrad Xilton tashrif buyuradi. U bir yil ilgari bank ochgan va inqirozga uchragandi. Choʻntagida 5000 dollar puli boʻlgan Konrad yangi bank ochish yoki birorta bankni sotib olish uchun kelgandi. Ammo tez orada uning rejasi oʻzgarib ketdi. Xilton kechki payt mahalliy Mobley mehmonxonasiga keldi. Omadsiz bankirni boʻshxona uchun bir-birlari bilan janjallashayotgan odamlar hayron qoldirdi."Buncha mijoz har qanday tijoratchining orzusi-ku” degan fikrga keldi Xilton. Mehmonxona egasining esa gʻalvaga toqati yoʻqligi va mehmonxonani sotmoqchi ekanligi maʼlum boʻlgach, Xilton bank ochish fikridan voz kechdi va zudlik bilan mehmonxonani sotib oldi. Oradan olti yil oʻtgach, u Dallasda oʻz nomi bilan ataluvchi Dallas Hilton mehmonxonasini ochdi. Hozirda esa Hilton mehmonxonalar tarmogʻi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida hashamatli mehmonxonalar qurishga erishgan.
5. Mastif zotiga mansub tilla rangli kuchuk 12 million yuan (1.9 million AЈSh dollari)ga sotildi. Bu esa shu paytgacha kuchuk uchun toʻlangan rekord narx hisoblanadi.
6. Telefon ixtirochisi Aleksandr Grexem Bell onasi va rafiqasiga biror marta ham qoʻngʻiroq qilmagan. Chunki ularning ikkovi ham kar edi.
7. Inson miyasining asab impulsi 270 km/s tezlikka ega.
8. Miya ish faoliyati uchun kerakli energiyadan 10 vattli lampochkani yoqish mumkin.
9. Inson miyasining bir hujayrasi istalgan entsiklopediyadan 5 marta koʻp maʼlumot saqlash kuchiga ega.
10. Qon aylanish tizimiga kiradigan kislorodning 20 foizi miya uchun sarflanadi.

1. Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq boʻladi.
2. Neyronlar (miya hujayralari) insonning butun umri davomida oʻsib, rivojlanib boradi.
3. Miyaning oʻzi ogʻriqni his qilmaydi.
4. Miyaning 80 foizi suvdan iborat.
5. Kunora inson oʻrtacha 60-100 dona soch tolasini yoʻqotadi.
6. Ayol kishining sochi diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.
7. Insonning bir soch tolasi 100 grammga yaqin yukni koʻtara oladi.
8. Oʻrta barmoqdagi tirnoq boshqa barmoqdagi tirnoqlardan tezroq oʻsadi.
9. Malla sochli odamlarda boshqa tusdagi sochli odamlarga nisbatan soch tolalari koʻproq.
10. Inson sochining oʻrtacha umr davomiyligi 3-7 yil hisoblanadi.

1. Havo 1000 metrdan keyin 6 darajaga soviydi.
2. Oʻsimlikda oʻsadigan oʻsimlik bu Avstraliyaning Omiligidir.
3. Eng yengil metall - Litiy.
4. Eng ogʻir metall - Osmiy.
5. Eng qadimiy gul xrizantema guli boʻlib u 2.5 ming yillik tarixga ega.
6. Eng issiq dengiz - Qizil dengiz boʻlib, uning harorati +32 daraja issiq.
7. Eng qimmat metall Radiy hisoblanib, uning 1 grammi narxi 25 kilogramm oltin qiymatiga teng.
8. Eng mitti sut emizuvchi - Mitti koʻrshapalak, uning ogʻirligi 2 grammni tashkilqiladi.
9. Eng yengil daraxt Balsa daraxti hisoblanadi. Uning1 kub/dm - 120 kg.
10. Eng katta fil, Afrika filining ogʻirligi 12 tonnagacha keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



