Toj Mahal - sirli sevgi timsoli

Yashilga burkangan atrof-muhitdan oʻtib borar ekansiz, oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan hamda marmardan oʻyilgan buyuk sanʼat durdonasi oldida toʻxtab chuqur nafas oling va sizni hayratga soluvchi ajoyib taʼsurotlarga tayyorlaning.

Toj Mahalning yaratilish tarixi
Toj Mahal Hindistonning Agra shahrida joylashgan maqbaradir. Maqbara buyuk Akbarshohning nabirasi hukmdor Shoxjahon buyrugʻi bilan uning vafot etgan rafiqasi Arjumand Bonu Begim (koʻpchilikka Mumtoz Mahal nomi bilan mashxur) hotirasiga bunyod etilgan.
Mumtoz Mahal 1631 yilda Burxanpur shahrida oʻn toʻrtinchi farzandi tugʻilganida vafot etdi. Uning xoki Zaynobod bogʻida vaqtincha dafn etilgani va olti oydan soʻng uni Agraga, Toj Mahal maqbarasiga koʻchirilgani koʻpchillikka maʼlum. Maqbaraning qurilishi tugallangandan koʻp vaqt oʻtgach, Shoh Jahon oʻz oʻgʻli Aurangzeb (Auragnzeb) tomonidan taxtdan agʻdarib tashlangan va yaqin Agra-Fortda uy qamogʻiga olingan. Aytishlaricha Shaxjahon umrining soʻnggi kunlarini Toj Mahalga uzoq tikilib oʻtkazgan. Shoxjahon vafot etgacha oʻgʻli Aurangzeb tomonidan Toj Mahalga, sevimli rafiqasining yoniga dafn etilgan.

Toj Mahal alohida meʼmoriy tuzilma emas, 580 mx 305 m oʻlchamda toʻrtburchaklar shaklida joylashgan shimol va janubdan ikki uzun boʻlak bilan chegaralangan kompleksdir. Gumbazsimon zal va arksimon eshiklarga ega boʻlgan simmetrik binoga kvadrat maydonchani ustida oq marmardan yasalgan qabr oʻrnatilgan.
Toj Mahalning meʼmoriy dizayni nihoyatda simmetrikdir, qabr atrofidagi poydevorning har burchagida toʻrtta minora koʻtarilgan. Maqbaraning asosiy zalida Mumtoz Mahal va Shoh Jahonning boʻsh sagʻanalari va pasroqda esa ularning dafn etilgan joylari mavjud. Gʻorning gʻarbiy tomonida joylashgan qizil qumtosh masjidi va sharqdagi "Mehmon-Xon" mehmonhonasi koʻzni quvontiradigan goʻzal rang kontrastini hosil qiladi. Toj Mahalning ichki va tashqi qismlari bezaklarida polixrom sanʼatining takomillashtirilganligi koʻzga tashlanadi.

Majmuaning janubiy qismida asosiy eshik old maydoni joylashgan. Shuningdek, Shoh Jahonning yana ikkita malikasi - Akbarabadi Begim va Fatehpuri Begimning qabrlari joylashgan. Janubi-sharqiy va janubiy-gʻarbiy burchaklar "Saheli Burj Bir" va "Saheli Burj-Ikki" deb nomlanadi. Kompleks, Chorbagʻ uslubida ("toʻrtta bogʻ") moʻljallangan 300 kvadrat metr maydonda qurilgan. Bogʻda yoʻllar toʻrtta teng qismga boʻlinadi. Ushbu toʻrt qism ham yuqoriga koʻtarilgan yoʻllar bilan pastga tushgan oʻn oltita gulzorga boʻlinadi, bu esa umumiy koʻrinishni juda yaxshi bezatgan. Bogʻning markazida Toj Mahalning goʻzal aksi tushib turuvchi marmar hovuz joylashgan.

1983 yilda Toj Mahal YUNESKO ning Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi va shuning uchun dunyodagi eng yaxshi yodgorliklardan biri maqomini oldi. Dunyoning yetti moʻjizasi yoki Tavsiya qilingan sayohat joylarining bir nechta roʻyxatlari dunyo tarixida maʼlum boʻlsa-da, Toj Mahal ham yaqinda eʼlon qilingan "Yangi yetti moʻjizalar" roʻyxatida paydo boʻldi. Har yili Toj Mahalga uch millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi, bu Hindistonning eng sevimli sayyohlik markazlaridan biridir. Turistlar yilning har qanday vaqtida Toj Mahalga shoshilishadi. Ammo ularning aksariyati oktyabr, noyabr va fevral oylarida Hindistonda ob-havo nisbatan salqin boʻlgan pallada tashrif buyurishadi.

Toj Mahal maqbarasining bosh dizayneri Ustad Ahmad Lahauri edi (Ustad Ahmad Laxauri).
Toj Mahalda joylashgan xattotlik yozuvi xattot Amanatxonning "Tulut" shriftida yaratilgan boʻlib, u oʻz imzosini bir nechta panelga qoʻygan.
Mumtoz Mahal sagʻanasining yon tomonlarida Xudoning toʻqson toʻqqiz ismi yozilgan kalligrafiy yozuvlar mavjud.
Shoh Jahon qabri ustida yozib qoʻyilgan soʻz : "Rajab oyining yigirma oltinchi kuni 1076 hijriyning shanbasida u bu olamni abadiy bayramda tark etdi".
1857 yilgi Hindiston qoʻzgʻoloni paytida Toj Mahal oʻzining devorlaridan qimmatbaho toshlarni oʻyib chiqargan inglizlarning qoʻlida halokatga uchradi.
XIX asrda Britaniya kengashi raisi Lord Curzon 1908 yil tugatilgan Toj Mahal tiklanish loyihasini eʼlon qildi.
Agar ikkinchi yarmingiz bilan Toj Mahalni ziyorat qilishni istasangiz, oy toʻlishgan mahalda tungi sayohatni tavsiya qilamiz. Sehrli oy yogʻdusida chiroyli oq binoning goʻzalligi umr boʻyi xotirangizda qoladi. Lekin siz kunning qay mahalida borishingizdan qatʼiy nazar Toj Mahalga maftun boʻlib qoʻlishingizga kafolat beramiz. Toj Mahal sizni oʻzining oltin zeb-ziynatlar va murakkab oʻymalari , atrofidagi gullari, yashil oʻsimliklari bilan sexrlab qoʻya oladi. Ammo birinchi navbatda sizni chuqur tarixga hayolan olib boradi va sizni unutilmas taʼsurotlar bilan taʼminlaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



