Foydali

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Biz esa libos va aksessuarlar borasida faqatgina oʻz didingizdan kelib chiqib ish koʻrishni maslahat beramiz. Garderobda shunday liboslar ham boʻladiki, ular hech bir qizni chiroyli koʻrsatmaydi, aksincha qoʻpol, kulguli va hunuk koʻrinishi uchun sabab boʻladi.Ushbu liboslarning aynan nima ekanligini bilish uchun mazkur maqolamizga diqqat qiling.

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Torbichimli maykalar yelkalarni vizual holatda kengaytirib, tanadagi bukchayish va yelkalardagi kichik kamchiliklarga urgʻu berib qoʻyadi. Shu sababli mazkur turdagi liboslarni faqatgina sport zallari uchun olib qoʻying. Aslida ushbu bichimdagi maykalar aynan sport bilan shugʻullanish uchun ishlab chiqilgan. Kundalik obrazlar uchun esa oddiy, qulay va erkin bichimli maykalar tanlaganingiz maʼqul. 

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

 

Bu kabikoʻylaklar orasida tushunarsiz rang va gʻalati bichimga ega boʻladi, uni turli-tuman kamarlar, mayda munchoqlar bilan bezashadi, did degan narsadan esa asar ham boʻlmaydi. Bu kabi koʻylaklar insonni chiroyli va nazokatli koʻrsata olmaydi, faqatgina eʼtibordan chetda qolish uchun sabab boʻladi. Umumiy qilib aytganda, ularni kiygandan koʻra, umuman sotib olmagan maʼqul.

Zamonaviy liboslar orasida katta yoshli ayollar uchun ham chiroyli koʻylaklar bichimi yetarlicha. Bu oʻziga hos bichimdagi koʻylaklar (misol uchun burmali koʻylaklar), printli va bir hil rangdagi, chiroyli aksessuar bilan toʻldirilgan liboslar boʻlishi mumkin.

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Bu kabi hajmdor yubkalarni turli bazmlar, oʻtirishlar va oʻsmir pop-yulduzlarining musiqaviy konsertlariga kiyish mumkin. Kundalik hayotda esa ular juda kulguli koʻrinadi. Bundan tashqari fatinli yubka sizga hajmdor boʻlib koʻrinsa ham, qomatni semizday koʻrsatadi. Uning oʻrniga esa gofre matosidan tikilgan, turli uzunlikdagi trapetsiya yubkalarini tanlash mumkin-ku!

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Aksariyat qiz va ayollar belbogʻ qismi yuqorida boʻlgan koʻylaklar qorin sohasidagi ortiqcha santimetrlarni berkitishi mumkin degan fikrdalar. Ammo libosni kiyib koʻrgach, u mutlaqo aksincha taʼsirga ega ekanligi, qorinni berkitishi emas, uni yanada semizroq koʻrsatishini yaqqol bilasiz.

Ortiqcha kilogrammlarni berkitish uchun oʻta tor boʻlmagan va qalinroq matodan tikilgan koʻylak tanlasangiz kifoya. Belbogʻ qismi rezinka bilan ishlangan koʻylaklar esa bel sohasiga urgʻu berib turadi. 

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Kolgotka tanlash borasida oʻzingizga maʼqul boʻlgan rangni tanlashingiz mumkin, ammo turli naqshlarga ega boʻlgan turini emas! Naqshinkor va gulli kolgotkalar pank-rok, glem-rok uslubdagi obrazlargagina mos keladi. Ish uslubidagi yoki casual obrazlariga ilova qilingan gulli kolgotka juda hunuk koʻrinishi aniq. Bir hil koʻrinishdagi, oddiyroq kolgotka tanlab hech qachon yutqazmaysiz, ishonavering.

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Buturdagi krossovkalarda qulaylik degan tushunchadan asar ham yoʻq, qolaversa uni tanlab chiroyli koʻrinish haqida orzu ham qilmang. Bu kabi poyabzal har qanday oyoqni qoʻpol koʻrsatadi va kulguli koʻrinishingiz uchun sabab boʻladi. Klassik uslubdagi krossovka va kedalar esa barchasidan yaxshi, ularni turli-tuman obrazlar yaratish uchun qoʻllash mumkin.

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

"Kapalak" yenglar har qanday qomat sohabasini hunuk koʻrsatishi turgan gap. Ular yelkalarni kengroq koʻrsatadi, qoʻllar harakatiga halal beradi, bir soʻz bilan aytganda juda qoʻpol koʻrinadi. Koʻp holatlarda trikotaj liboslarida bu kabi yenglar burmali yoqa bilan uygʻunlikda tikiladi. U esa vaziyatni yanada ogʻirlashtirib yuboradi. Bu turdagi yengli liboslar oʻrniga mazkur mavsumda urfga kirgan oversize uslubidagi sviter tanlasangiz koʻproq yutasiz. 

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

"Lola"bichimli yubka garderobning eng ommabop liboslaridan biri. Ammo u boʻksa sohasini kattaroq koʻrsatib, ogʻzin qizlarning ham semizdek koʻrinishi uchun "yordam beradi". Agar yubka tanlayotgan qiz toʻlaroq boʻlsa ushbu bichimdan butkul voz kechgani maʼqul. "Qalamcha" uslubidagi yubkalar esa universal variant hisoblanadi. 

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Gladiator-sandallar oyoqlarni shunchalar hunuk va bachkana koʻrsatadiki, asti qoʻyaverasiz. Buobrazning hunuk boʻlishi va kulguli koʻrinishi uchun sabab boʻladi. Bundan tashqari tizzagacha boʻlgan bogʻichlar koʻplab liboslar bilan mos tushmaydi. Uning oʻrniga esa kichik kamarchaga ega boʻlgan, faqat toʻpiq qismini ushlab turadigan bosonojka yoki espadrili tanlaganingiz maʼqul. 

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Bu kabimatodan tikilgan liboslar hech bir qizni chiroyli qilib koʻrsatmaydi. Uning tuzilishi yupqa boʻlgani sabab qomatdagi ortiqcha kilogrammlar yaqqol koʻzga tashlanib qoladi. Shu sababli bir qoidani yodda tuting: Tor libos tanlasangiz, uning matosi qalin, trikotaj matosidan tikilgan libos tansangiz uning bichimi erkin boʻlishi kerak.

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Bu kabi modellar faqatgina juda ozgʻin qomatli qizlarga yarashadi, shunda ham kamdan-kam holatlardagina chiroyli koʻrinishi mumkin. Keng boʻksa va toʻpiqlar yanada semizroq koʻrinadi, kamchiliklar bir deganda koʻzga tashlanadi.Yoʻl-yoʻl chiziqli matodan libos kiymoqchi boʻlsangiz, kengroq bichimlarga diqqat qarating.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar