8 mart - Halqaro xotin-qizlar kuni: Ayollar haqidagi eng qiziqarli faktlar

Bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyoning barcha burchaklarida Halqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda. Biz ham barcha opa-singillarimiz, onalarimiz, buvijonlarimiz, nozik hilqat vakilalarining barcha-barchalarini tantana bilan qutlagan holatda ular haqidagi eng qiziqarli faktlarni keltirib oʻtamiz.

1. Ayollar odatda erkaklarga nisbatan ikki marta koʻproq kiprik qoqadilar.

2. Erkaklarning yuragi ayollarnikiga niyabatan 20% ga kattaroq, miyalari esa 10% kichkinaroq boʻladi.

3. Ayollar qorongʻuda ham erkaklarga nisbatan osonroq harakatlanadilar, sababi ulardagi preferik koʻrish qobiliyati yaxshiroq rivojlangan.

4. Ayollar erkaklarga nisbatan ikki marta koʻproq aldashadi.

5. Аgar ayol qishidan qoʻllarini koʻrsatish haqida soʻrasangiz, kaftlarini pastga qarab uzatadi. Erkaklar esa kaftni tepaga qatadilar.

6. Ayollardagi taʼm bilish retseptorlari nisbatan koʻproq boʻlаdi.

7. Ogʻir buyum koʻtarish paytida ayollar uni yon tomonga oladilar.

8. Ayollar butun umr davomida 2 kg lab boʻyogʻini oʻzlari bilmagan holatda yeb qoʻyishadi.

9. Ayollar qoʻl berib koʻrishganda hech qachon kaftni siqmaydilar.

10. Biror narsani otish paytida ayol kishi uni orqaga emas, yon tomonga uloqtiradi.

11. Agar ayol kishini orqa tomondan turib chaqirsangiz, sizga qarash uchun faqat boshi bilan qayrilishadi. Erkaklar esa buning uchun butun tana bilan qayriladilar.

12. Dunyodagi ilk dasturchi inson - Аda Lavleys ismli ayol boʻlgan.

13. Ayollar bir vaqtning oʻzida bir nechta manbadan olingan maʼlumotni qabul qilishning uddasidan chiqadilar. Ularning eshitish qobiliyatlari ham erkaklarga nisbatan yaxshiroqdir.

14. Dunyodagi ayollar orasida qayd etilgan eng baland IQ darajasi - 196 ni tashkil qiladi.
●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



