Oshxona

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Vaqt shunchalar tezkorlik bilan oʻtib boryaptiki, tasavvur qila olmaysiz - tongda bir soat vaqtingiz majlis uchun, yana bir soat yoʻldagi tirbandliklar, kunning1/3 qismi ishda oʻtadi. Doʻstlaringiz va oilangiz bilan taomlanasiz, farzandingizning bogʻcha yoki maktabdagi majlisiga borib kelasiz - qarabsizki, kun oxirlab qoladi. Bilsangiz taym-menejment bilimlari bizning zamonamizda oʻta ommalashib ketgani bejizga emas. Biroq ushbu koʻnikmani oʻzlashtirib olish uchun ham sizdan biroz vaqt talab etiladi. Demak bugun oʻta band insonlar uchun ham boʻsh vaqt topish usullari bor ekanligini isbotlashga harakat qilamiz. 

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

 

Hech eʼtibor berganmisiz, vaqtingiz tigʻiz boʻlib turgan bir paytida odatiy vazifalarni doimgidan tezroq bajarasiz. Dedlayn tushunchasi ajoyib narsa - u oʻzingizni nazorat ostida ushlab turish uchun yordam beradi. Har bir vazifa uchun maʼlum vaqtni belgilab oling, shu tariqa bir ishni koʻproq, bir ishni esa kamroq vaqt davomida bajarish odatidan ham qutulasiz.

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Sevgan yoringiz bilan tonggi sayrga chiqqan paytingizda fitnes mashqlari bilan  shugʻullaning. Dugonaningiz bilan koʻrishmoqchi boʻlsangiz, uni biror koʻzgazmaga taklif qiling. Mashinaningiz bilan tirbandlikda qolib ketsangiz, audiokitoblar tinglang, ish boʻyicha belgilangan uchrashuv davomida tushlik qilib olishga ham ulguring. Bu bir oʻq bilan ikki quyonni urish demakdir! 

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Bugungi kunda ish faoliyatlari grafigi nisbatan yengillashgan boʻlib, ayrim ishlar uchun tongdan tunga qadar bir yerga oʻtirib mehnat qilishingiz talab etilmaydi.

Bilasizki, ayrim insonlar tun paytida orom olib tektiklashsalar,  yana ayrimlar uchun tunda ishlab, kunduzi ishlash qulayroq sanaladi. Shaxsiy grafikni tuzib olish orqali esa koʻplab foydali jihatlarga erishingiz mumkin.

 

 

Kun davomida ofisdagi kursida uyqusirab oʻtirgancha oqshom payti vazifalarni uyga olib borib bajarsangiz, ushbu tavsiyamiz aynan siz uchun!

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Ijtimoiy tarmoq - zamonaviy jamiyatning ajralmas bir qismiga aylanib boʻlgan. Boisi har kuni telefoningizni tekshirib keyin ishga otlanasiz, barcha sevimli akkauntlaringizni koʻzdan kechirib uyquga ketasiz, tushlik paytida ham doʻstlaringiz bilan tarmoqlar orqali  suhbat qurishni unutmaysiz. Bu borada maʼlum bir chegara boʻlishi kerak (misol uchun ijtimoiy tarmoqlarga kung davomida faqat 3 martanazar tashlashga harakat qiling.) Ammo bu ishning uddasidan chiqa olmasangiz, mazmuni bir hil boʻlgan kanallardan faqat bittasinigina qoldirib, qolganlarini oʻchiring, jiddiy ishlar bilan shugʻullanayotganingizda ijtiomiy tarmoqlar haqida butunlay unuting.

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Barcha ishlarni kichik yon daftarga qayd etib borish juda foydali boʻlib, kelgusidagi vazifalaringizni aniqlab olish uchun ham yordam beradi. Shunisi aniqki, rejadagi ishlarning barchasini toʻliq bajara olmasangiz ham, jarayon miyadagi oʻylash faoliyatini toʻgʻri tashkillashtirish, begona va ortiqcha narsalarga chalgʻimaslik uchun yordam beradi. 

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Odatda birga ishlaydigan hamkasblaringiz sizni jiddiyishlardan muntazam ravishda chalgʻitaveradilar. Ulardan bir necha soat davomida bezovta qilmasliklari haqida soʻrang. Shu tariqa ishlaringizni tezroq bajarib olishingiz va oʻzingiz uchun biroz vaqt ajratishingiz mumkin. Mazkur rejim ishga tushirilgan paytda telefonni  ham oʻchirib qoʻyish tavsiya etiladi. 

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Televizor qarshisida oʻtirib olgancha nonushta qilish va taomlanish vaqtni samarasiz usulda sarflanishiga olib keladi. Birinchidan sevimli qahramonlaringiz hayotiga mahliyo boʻlib turgan paytda miyangiz toʻyganlik haqidagi signalni qabul qila olmaydi. Shu tariqa qancha taom isteʼmol qilganingizni ham bilmay qolasiz. Ikkinchidan qahramonlar oʻz muammolarini hal qilayotgan paytda sizning 10 daqiqalik hordiq onlaringiz koʻproqqa ham choʻzilishi mumkin. 

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Siz uchun ajoyib maslahat: Har yerda, hamisha va har doim, hamma ishga ulgurish sizning majburiyatingiz emas. Har qalay bugun farzandingizni toʻgarakka olib bormoqchi boʻlsangiz, dugonangiz bilna ham shu kunning oʻzida uchrashish uchun harakat qilmang. Unchalik ham yaxshi tanish boʻlmagan odamlar davrasidagi bazmni esa butunlay hayoldan chiqarishingiz mumkin

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!

Hech eʼtibor qilganmisiz, odatda haddan tashqari koʻpishlaydigan insonlar hech narsaga ulgurmaslikdan koʻp nolishadi. Gap shundaki, oʻta mehnatkash insonlar dam olish kuni ham oʻz vaqtlarini ishlash uchun sarfladilar. 

Ularning koʻzlariga ishdan boshqa hech narsa koʻrinmaydi, shu tariqa yaqinlar bilan muloqot qilish, doʻstlar bilan uchrashish, hayotning asl goʻzalliklarini koʻrish uchun vaqt yetishmay qoladi.

Bilsangiz, ayrim mamlakatlarda xodimlarning dam olish kunlarida ham bezovta qilinishi qonuniy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.

Shu tufayli dam olishingiz uchun ajratilgan vaqt va kunlarni ishlash uchun sarf eta koʻrmang.

Boʻsh vaqtim yoʻq deysizmi? Adashasiz!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar