Ikkinchi jahon urushi haqida sizga maʼlum boʻlmagan dahshatli faktlar

1. Ikkinchi jahon urushida eng katta yoʻqotishlarga uchragan mamlakat Rossiya boʻlib, halok boʻlgan sovet askarlari 21 milliondan ortiq kishini tashkil qilgan.
2. Ulugʻ Vatan urushidagi har besh nafar nemis askarining toʻrttasi Sharqiy frontda halok boʻlgan.
3. Xolokost (yahudiylarni ommaviy taʼqib qilish) paytida 1,5 million bola nobud boʻldi. Ularning qariyb 1,2 million nafari yahudiy, oʻn mingdan ortigʻi siganlar edi.

4. 1923 yilda tugʻilgan sovet erkaklarining 80 foizi Ikkinchi jahon urushidan omon qolmadi.
5. 1939 yildan 1945 yilgacha boʻlgan vaqt davomida Ittifoq askarlari jang maydonlariga 3,4 million tonnaga yaqin bombalar tashlagan, bu esa bir oyga oʻrtacha 27 700 tonnaga teng kelgan.
6. Koʻplab tarixchilar Stalingrad (1942-1943) jangini nafaqat tarixdagi eng qonli urush (800 000-1,6 million kishi halok boʻlgan), balki Ikkinchi jahon urushida Yevropada burilish nuqtasi boʻlgan toʻqnashuv deb hisoblaydilar.

7. Konsentratsion lagerlarda oʻta ogʻir xastaliklarga duchor boʻlganlar ozod qilinganlaridan keyin, hattoki Ittifoq askarlari tomonidan yordam olsalar ham vafot etishgan. Masalan, Bergen-Belzendan ozod qilinganidan soʻng 13000 mahbus halok boʻldi. Daxauda omon qolgan 33 ming nafar aholining 2500 nafari ozod qilinganidan keyin olti hafta ichida olamdan koʻz yumgan.
8. Max Heiliger soxta ism edi. Germaniya undan Yevropada yahudiylardan olingan pul, oltin va qimmatbaho toshlarni saqlash maqsadida bank hisoblarini ochish uchun foydalangan.
9. Ikkinchi jahon urushidagi eng uzoq jang - Atlantika uchun olib borilgan kurash boʻlib, u 1939 yildan 1945 yilgacha davom etgan.
10. Germaniya Milliy Sotsialistik Partiyasining asl qisqartmasi "Nasos" koʻrinishida edi. "Natsist" soʻzi esa bavar tilidagi soʻzdan kelib chiqqan va "faqat oʻylovchi" degan maʼnoni anglatgan. Mazkur soʻz birinchi marta jurnalist Konrad Xayden (1901-1966) tomonidan ishlatilgan ekan.

11. Svastika qadimgi diniy ramz hisoblangan. Bu sanskrit tilidan kelib chiqqan boʻlib, mazkur belgi qadimgi odamlar uchun omad va hosildorlikning ramzi sanalgan. Svastika timsoli Yunoniston, Misr, Xitoy, Hindiston va Hinduiylik ibodatxonalarining xarobalarida uchraydi.
12. 1935-yili ingliz muhandisi Robert Uotson-Uatt "dushman samolyotlarini radio toʻlqinlari yordamida yoʻq qila oladigan" "oʻlim nuri"ni ishlab chiqadi. Uning ixtirochi keyinchalik radar hamda radiolokatsiyaga aylangan.
13. Ikkinchi jahon urushida dengiz osti kemalarida xizmat qilgan 40 000 askardan faqat 10 000 kishi jangdan qaytib keldi.
14. Yaponiyadagi atom bombardimonidan qutulib qolganlar "Niji Xibakusya" deb atalgan,bu soʻzma-soʻz tarjima qilinganda "portlashdan zarar koʻrgan odamlar"degan maʼnoni anglatadi.
15. Ikkinchi jahon urushida AQSh harbiylari orasida 600 000 yahudiy xizmat qilgan. Ularning 35 mingdan ziyodi halok boʻldi, yaralandi, asir olindi yoki daraksiz ketdi. 8000 ga yaqin yahudiy askar jangda vafot etgan. Eng achinarlisi, yahudiy askarlardan faqat ikkitasigina urushdagi xizmati uchun "Jasorat "medaliga sazovor boʻlgan.

16. Ardennes jangi Amerika qurolli kuchlarining eng katta va eng dahshatli toʻqnashuvi edi. Bu yerda 80 mingdan ortiq amerikalik askar qurbon boʻlgan.
17. Enola Gay nomi (Boing B-29 Superfortress) Xirosima shahriga bomba tashlangach,mashhur boʻlib ketdi. Nagasaki shahriga bomba tashlagan Bockscar bombardimonchi samolyoti esa oddiy uchuvchi nomi (Frederik Bok sharafiga) bilan atalgan edi.
18. Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamali paytida halok boʻlgan ruslar (harbiylar va tinch aholi vakillari) soni butun urush davomida oʻlgan amerikalik va ingliz askarlari koʻproq boʻlgan.
19. Natsistlar taxminan 12 million odamni oʻldirgan, ularning 6 millioni esa Xolokost paytida qirib tashlangan yahudiylar edi.
20. Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyada qogʻoz va ipak yordamida toʻqqiz mingta "havo kemalari"ni yasab chiqishgan. Rezinali havo sharlari AmerikaQoʻshma Shtatlariga portlovchi va piyodalarga qarshi bombalarni yetkazib berishi kerak edi. 1000 dan ziyod pufaklar Michigan shahriga yetib kelgan. Oʻsha paytda Oregon shtatidagi piknikda boʻlgan olti amerikalik (beshta bola va bitta homilador ayol) mana shu pufaklar sababli oʻlim topgan.

21. Yapon kamikadzelari 1944 yili 19 oktyabrda vitse-admiral Onisi tomonidan Amerika qoʻshinlarining texnologik afzalliklarini muvofiqlashtirish uchun taklif etilgan. Kamikadzelarning 2800 tasi halok boʻlgan. Ular 34 ta Amerika kemasini choʻktirganlar, 368 tasini zararlaganlar, 4,900 dengizchi bilan kurashib ularni yoʻq qilishgan, yana 4,800 askar esa ogʻir darajada yaralangan.
22. Koʻpgina yahudiylar dahshatli tibbiy tajribalarga duch kelishgan. Masalan, natsist shifokorlar suyakni davolab boʻlmaydigan darajaga kelishi uchun uni necha marta sindirish kerakligini bilmoqchi boʻlishgan va buning uchun yahudiylarning suyaklarini qayta va qayta sindirib koʻrishgan. Odamning bosh chanogʻidagi doʻnglik qismini topish uchun uni bolgʻa bilan urib chiqishgan. Atmosfera bosimining tanaga taʼsirini aniqlash uchun yana bir qator dahshatli tajribalar oʻtkazilgan. Bundan tashqari, mahbuslar turli yuqumli kasalliklar bilan zararlantirilgan, ularning qoʻllari va oyoqlari kesib olingan, transplantatsiya tajribalari uchun mushaklarini ham kesib olganlar. Shuning uchun ham mazkur tajribalardan bugungi kunda foydalanish ahloqiy meʼyorlarga toʻgʻri kelmaydi.
23. Doktor Yosef Mengele ("Oʻlim farishtasi") oʻzining genetik tajribalari uchun taxminan 3000 ta egizak, asosan, Sigan va Yahudiylarning bolalaridan foydalangan. Tajribada qatnashgan 3000 nafar bolaning faqatgina 200 tasi omon qoldi. Doktor egizaklarning koʻzlarini almashtirib koʻrar, dahshatli tajribalar oʻtkazgancha bolalarni doʻzahiy azoblar bilan qiynardi. Eng jirkanch va dahshatli tajribalardan biri sigan egizaklari bilan amalga oshirilgan. Beshafqat doktor ularni bir-biriga mahkamlab tikib qoʻygan va zamonaviy tilda "Siam egizaklari"ni yaratgan.
24 . Ikkinchi jahon urushining tugashi 1945 yil 2 sentyabr sanasi - Yaponiyaning Tokio koʻrfazidagi AQShga tegishli "Missuri" harbiy kemasida taslim boʻlganlik haqidagi hujjatni imzolash hodisasi sodir boʻlgan kunga toʻgʻri keladi.
25. Anne Frank va uning singlisi 1945 yilda, ozod boʻlishlariga bir oy vaqt qolganda Bergen-Belzen lagerida vafot etdilar. Bu yerda 50 mingga yaqin odam nobud boʻlgan. Lager boʻshatilgach, askarlar bu yerda tarqalgan termala kasalligi avjolib ketmasligi uchun uni tag-tugi bilan yoqib yuborganlar.

26. «Yahudiylarning rad etilishi» nomli kitobida Devid Vayman (1929) kontsentratsion lagerni bombardimon qilishdan voz kechishga ittifoqchilarning yahudiylar taqdiriga befarqligi emas, balki operatsiyani amalga oshirishning iloji yoʻqligi sabab boʻlgani haqida aytiladi.
27. Xavf oʻta yuqori boʻlishiga qaramay, minglab yahudiylar jangdan omon qolganlar. Misol uchun, Daniya tarkibidagi yahudiylar jamiyati toʻliq saqlanib qolgan. Raul Vallenberg (1912-1947), Oskar Shindler (1908-1974), Tiune Sugixara (1900-1986) kabi shaxslar minglab kishilar hayotini saqlab qolganlar.
27. 1940-1945 yillar davomida AQShning mudofaa byudjeti 1,9 mlrd. AQSh dollaridan 59,8 mlrd.gacha oshib ketgan.
28. Pearl-xarbourga hujum paytida 96 ta kema langar tashlagan holatda toʻxtab turardi. Ularning 18 nafari batamom yoʻq qilingan yoki jiddiy zarar koʻrgan, jumladan, sakkiz jangchi ham halok boʻlgan. 2402 amerikalik askar vafot etgan, yana 1280 kishi yaralangan. Uch yuz ellikta samolyot yoʻq qilingan.
29. Havo kuchlari Ikkinchi jahon urushida qoʻshinning bir qismi boʻlib, undan keyin ham qoʻshinning alohida boʻlagi boʻlmadi.
30. 1941 yilda odamlarning oylik ish haqi $ 21 edi. 1942 yilda esa bu koʻrsatkich 50 dollarga koʻtarilgan.

31. Nemis suvosti kemalari 2000 ta ittifoq kemalarini choʻktirib yuborgan va 781 dengiz osti kemasini yoʻq qilgan.
32. Ikkinchi jahon urushi paytida 650 mingdan ortiq jip mashinasi ishlab chiqarilgan. Amerika fabrikalarida 300 ming harbiy samolyot, 89 mingta tank, 3,000,000 ta avtomat va 7 000 000 qurol tayyorlangan edi.
33. Ikkinchi jahon urushida nemislar ilk marta jangovar samolyotlar, jumladan "Messershmitt Me-262" dan foydalanganlar. Biroq, ular harbiy harakatlarga taʼsir qila olmadi, sababi jang maydonlariga kechikib yetkazilgan edi.
34. Dunyoda yaratilgan eng kuchli artilleriya quroli aynan ikkinchi jahon urushida ishlatilgan. Uning bosh konstruktori esa Karl Bekker boʻlib, keyinchalik aynan ixtirochining nomi bilan"Karl" deya atalgan. Koʻpincha ruslarga qarshi ishlatilgan katta zambarak 2,5 tonnali toʻplar bilan 5kilometr uzoqlikdagi nishonni poylay olardi. Bundan tashqari qurol 2,5-3 metr qalinlikdagi beton devorlarni yoʻq qilish imkoniga ega boʻlgan.
35. Ikkinchi jahon urushi davrida inglizlarning BAM qisqartmasi - dengizda xizmat qilgan ayol askarlar uchun, NAM esa erkak askarlar uchun ishlatilgan.

36. Ikkinchi jahon urushi Yevropaning qudrati pasayishiga olib keldi, jahon qudratining markazi sifatida AQSh va Rossiya nomi tilga olina boshlandi. Bu Sovuq urush va yadroviy asrning boshlanishi uchun sharoitlar yaratgan sabablardan biri edi.
37. Koʻpchilik tarixchilar Ikkinchi jahon urushi 1939 yilda Germaniya Polshaga hujum qilganidan soʻng boshlanganini tasdiqlashadi. Boshqalari esa1931 yil 18-sentabrda Yaponiya Manjuriyaga hujum qilgan kun urush boshlanganini aytadilar. Baʼzi olimlar esa Ikkinchi jahon urushi aslida Birinchi jahon urushining davomi ekanini taʼkidlaydilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



