Qiziqarli

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi
Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Kapsaitsinmoddasi tibbiyotda ham keng qoʻllaniladi va shifobaxsh xususiyatga ega.Masalan, undan shamollash va ogʻriqni ketkazish uchun qoʻllaniladigan spirtlinastoykalar, tibbiyot plastirlarini tayyorlashda foydalaniladi.Kapsaitsinoidlar shuningdek, oʻz-oʻzini himoya qilish gazli qurollari – gazlitoʻpponcha va revolverlar, gazli ballonchiklarni ishlab chiqarishda hamqoʻllaniladi.

Qalampirlarreytingiga oʻtishdan avval biroz tushuncha berib oʻtamiz. Masalan, bulgʻorqalampiri Skovil jadvali boʻyicha – 0 ballaga ega, tabasko sousi  – 5000ballik oʻtkirlikka ega, achchiq tayvan qalampirining oʻtkirligi esa – 10 mingbirlikka teng. Yamaykaning achchiq qalampiri esa 200 ming birlikdagi oʻtkirlikkatortadi. Bugungi maqolamizda esa biz Skovil shkalasi boʻyicha  oʻtkirligi 225 mingdan ziyod boʻlganqalampirlar haiqda soʻz boradi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Bu qalampirning vatani Surinamdir. Aytishlaricha, buqalampir shu yerlik oʻtkir nigohli ayol nomi bilan atalgan. Sariq rangdagi buqalampir bir qarashda xushboʻy ishtaha ochuvchi xavfsiz bir sabzavotgaoʻxshaydi, biroq u juda kuchli oʻtkir taʼmga ega. Madam Janet qalampiri kamoʻsadi, lekin serhosil hisoblanadi. U sovuqni yoqtirmaydi, xona sharoitida hamyetishtirsa boʻladi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Skotch Bonnet qalampiri asosan Karib orollari, Gayana,Maldiv orollari hamda Sharqiy Afrikada uchraydi. Uni “olovli shar” deb ham atashadi.Bu oʻtkir qalampir turli taomlarga hushboylik ulashish hamda issiq souslargaoʻtkir taʼm berishda ziravor sifatida ishlatiladi. Goʻshtli taomlarningbetakror taʼmga ega boʻlishini taʼminlaydi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Bu qalampir turi kamyob hisoblanadi, shunki uniyetishtirishning oʻzi boʻlmaydi. Oq xabanero qalampiri kichkinagina butalargaoʻsadi, biroq juda koʻp hosil beradi. Ushbu garmdori asosan Meksika va Perudakeng qoʻllaniladi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Bu qalampining vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. UBraziliya, Kolumbiya, Meksika va Karib orollarida tabiiy ravishda oʻsibchiqadi. Meksika aholisi oʻtkir taʼmli ovqatlarni jusa sevib isteʼmolqiladilar, restoranlarda ham xabanero qoʻshilgan taomlarni sayyohlarga tavsiyaqiladilar. Xabanero qalampirini hush koʻruvchi mehmonlarni mahalliy aholiqattiq hurmat qiladi. Ushbu garmdori mashhur Tabasco sousining tarkibiga hamqoʻshiladi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Fatali qalampiri yohud Janubiy Afrika xabanerosigʻarbiy yarim shardan boʻlmagan roʻyxatimizdagi birinchi qalampirdir. Uningvatani Janubiy Afrika hisoblanadi. Ushbu qalampir turi oʻta achchiq boʻlishigaqaramay yoqimli meva taʼmini ham beradi. Qayerda oʻsganiga qarab, meva mazalarihar xil boʻladi, baʼzilari sitrus mazani bersa, baʼzilari shaftoli mazasinieslatadi.  

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Qalampirning ushbu turi xabanero oilasiga mansubboʻlib, tashqi koʻrinishi bilan fatali navini eslatadi. Kelib chiqish tarixinomaʼlum, biroq u ilk bor Pensilvaniya fermalarida topilgan. Ekspertlarningsoʻzlariga qaraganda, bu qalampir oʻtkir achchiq taʼm bilan birgalikda yorqin,mevali hamda yongʻoq mazasini ham beradi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Ushbu qalampir turi AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligigaqarashli ilmiy laboratoriyada yetishtirilgan. Nomidagi NP qoʻshimchasi esauning qalampir zararkunandalariga qarshi chidamliligini bildiradi. Tigerpaw NRqalampiri sunʼiy yoʻl bilan yetishtirilgani uchun kutilgan tabiiy mazani beraolmadi, biroq u olovrang xabanero bilan oʻxshashligi uchun uning oʻrnigaishlatilishi mumkin.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Bu qalampirning vatani Trinidad. U oʻta achchiq taʼmixlosmandlari tomonidan sevib isteʼmol qilinadi. Shokoladli xabanero Meksikadantortib, Yamaykagacha boʻlgan oshxona souslarining tarkibiga qoʻshiladi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Bu qalampir turi ham yirik va suvli hosil olishmaqsadida selektsionerlar tomonidan sunyiy yoʻl bilan yetishtirilgan. Boshqanavlardagi qalampirlar singari u ham Markaziy Amerikada paydo boʻlgan,aniqrogʻi esa Kaliforniya issiqxonalarida yetishtirilgan. Ushbu qalampir 12 yildavomida (1994-2006 yillar) oʻtkirligi boʻyicha eng oldi qatorlarni egallabkelgan.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Ushbu qalampir navi klassik xabanerodan ikki barobaroʻtkirroq. Kelib chiqishi Amazonka Basseyni taraflardan. Qizil Karib qalampiriasosan Meksika oshxonalarida oʻtkir souslar tayyorlashda ishlatiladi.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Trinidad Scorpion qalampirining dumi, chayon dumigaoʻxshab ketganligi uchun shu nomni olgan. Vatani Trinidad oroli. CARDIqoʻshimchasi esa uning Karib qishloq-xoʻjaligi ilmiy-tekshirish institutqoshidagi laboratoriyada yetishtirilganligini bildiradi. Bu qalampir naviniyetishtirish hamda ishlov berish uchun protivogaz va maxsus himoya kiyimlarinikiyish zarur. Oʻz vatanida Trinidad Scorpion qalampiri harbiy sanoatda koʻzniyoshlantiruvchi gaz ishlab chiqarishda ishlatiladi. 

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Shu joydan boshlab biz Skovil shkalasi boʻyichaotkirligi 1000 000 birlikdan oshadigan qalampirlar toifasiga oʻtamiz. Tasavvurqilish qiyin, biroq oʻzini qiynashni xush koʻruvchilar mana shunday darajadagiqalampirlarni ham bemalol isteʼmol qilar ekanlar. Endi Markazoiy Amerikaqalampirlarini bir chetga surib turaylik-chi!

Naga Morich qalampirining vatani Shimoliy Hindiston vaBangladesh. U yerning aholisi bu qalampirni yetilmasidanoq isteʼmol qilaboshlaydilar. Oʻtkir achchiq taʼmdan tashqari bu Naga Morich meva mazasini hamberadi. Ushbu qalampir ixlosmandlari apelsin bilan mango aralash taʼmni hisetishlari mumkin. Bu qalampir Skovil shkalasi boʻyicha 1000 000 birlikdagisarhadni oshib oʻtgan eng birinchi navdir.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

2011 yilda ushbu qalampir navi dunyodagi eng oʻtkirtaʼmli garmdori sifatida Ginnesning Rekordlar Kitobiga kiritildi. Hozirgi kundabundan ham oʻtkirroq taʼmli qalampirlarlarning turlari bor, ammo shuniunutmasligimiz zarurki, Bxut Jolokiya tabiat inʼomidir, u bir necha yuzyillardan beri Hindistonda oʻsib keladi. Taʼkidlash joizki, fillarning odamyashaydigan hududga yaqinlashmasliklari uchun taxta toʻsiqlar shu navliqalampir bilan surtib chiqiladi. Bunday qalampirlar shuningdek, bezorilarnihovuridan tushirishda asqotar ekan, shuning uchun ham bu navlar hind armiyasitasarrufiga oʻtgan.

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

 Bu qalampirnavi tabiatda kamdan-kam uchraydi. Bunday nomga u faqatgina rangi tufayli emas,shirin maza berishi sababli ham ega boʻlgan. Biroq achchiq taʼm boʻyicha uqizil Jolokiyadan hech ham qolishmaydi. Bu garmdori asosan Hindistonda turlixil oʻtkir taʼmli taomlar tayyorlashda ishlatiladi. 

Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, oʻtkir taʼmli qalampirlar reytingi

Bu qalampir navi Skovil shkalasi boʻyicha 2000 000 birlik sarhaddan ham oshib ketdi vadunyodagi eng oʻtkir achchiq taʼmli qalampir, deya eʼtirof etildi. Bu garmdoriyovvoyi tabiatda uchraydigan oʻta kuchli oʻtkir qalampir navidir. VataniTrinidad oroli. Oʻrtacha kattalikdagi meva tarkibida 25 ml miqdorda tozakapsaitsin moddasi bor, bu politsiya garmdoroli ballonchigining koʻrsatgichibilan tengdir.

MorugaScorpion qalampirini tishlab koʻrganda avvaliga uning oʻtkirligi hech hambilinmaydi, biroq bir necha daqiqalardan soʻng, achchiq taʼm oʻzini koʻrsataboshlaydi. Til, tomoq, qiziloʻngach olov iskanjasida qolganday tuyuladi. Qonbosimi oshadi, koʻz yoshlanib ketadi, koʻngil aynash kuzatiladi. Shundayoʻtkirligiga qaramasdan bu qalampir mevali hushboʻy ifor taratadi, shuninguchun taomlarga yoqimli maza berish maqsadida juda ham oz miqdordaqoʻshiladi.     

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar