Qiziqarli

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Bolgariyaning Ribnovo qishlogʻidagi toʻylar hamisha yorqin va shov-shuvli tarzda oʻtadi. Toʻy marosimida qishloqdagi barcha mahalliy odamlarni taklif qilish odat tusiga kirgan.  Bu yerlik kelinchaklar toʻy kuni yuzlarini poklik timsoli boʻlmish oq rangli boʻyoq bilan qoplab olishadi. Keyin esa uning ustiga turli rangdagi yaltiroq bezaklar yopishtirib chiqiladi. Kelinchakning yuzidagi antiqa pardoz kumushrang iplar bilan bezatiladi va gulli chambarakka birlashtirib qoʻyiladi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Yuz qismidagi yaltiroq bezaklar juda ham koʻp boʻlishi kerak, odatga koʻra ularni toʻy kunida kuyov olib tashlashi lozim boʻladi. Aytishlaricha, bu jarayon juftlik oʻrtasidagi muhabbatni mustahkamlar emish. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Qozogʻiston kelinchaklarining anʼanaviy libosi - toy uzatu koylek deya nom olgan. Libos uzun koʻylak, kamzul va maxsus bosh kiyimi - saukeledan tashkil topadi. Zamonaviy kelinchaklar oq rangli koʻylakni yorqin rangli kamzul bilan uygʻunlashtirishni maʼqul koʻradilar. Ammo kelinchaklar uchun saukele  oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Konussimon shakldagi bosh kiyimi uchiga fata yoki bir nechta pat birlashtirib qoʻyiladi. Uning ahamiyati kelinchaklar uchun shunchalar kattaki, saukeleni toʻydan ancha avval tayyorlay boshlashadi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Anʼanaviy Nigeriya toʻy libosi - toʻr bezakli koʻylak va naqshinkor chakmondir. Zamonaviy kelinchaklar koʻp hollarda toʻy marosimi davomida boshqa turdagi liboslar kiyishlari ham mumkin. Ammo yorqin pardoz qilish usuli, koʻp sonli taqinchoqlar va anʼanaviy bosh kiyimi - gele tanlovi aslo oʻzgarmaydi.

Gele — chiroyli mato boʻlagi boʻlib, uni bosh qismiga aylantirib oʻrab olishadi. Toʻy gelesi turli munchoqlar, naqshlar, pistonlar yordamida bezatiladi. Uning hajmi katta, oʻzi esa nozik boʻlgani sababli bosh kiyimni kiyishga ikkinchi odamning koʻmagi zarur boʻladi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Yaponiya kelinchaklari toʻy marosimi uchun odatiy koʻrinishdagi oq kimono va katta bosh kiyimini tanlab oladilar. Odatga koʻra, ushbu obrazda biror rangli detallar koʻzga tashlanmaydi. Oq rang kelinchaklar uchun poklik va musaffolik ramzi sanaladi.  Bazm chogʻida esa kelinchaklar rangli kimono kiyib olishlari mumkin. Uni odatda turli munchoqlar, naqshlar va kashtalar bilan bezashadi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Pokiston kelinlarining toʻy kunidagi obrazlarini oʻta chiroyli vajozibador deya taʼriflash mumkin. Ularning liboslari koʻylak, fata va uzun yopinchiqdan iborat boʻladi. Yopinchiq yelkalar ustidan kiyib olinadi. Koʻylak uchun odatda qimmatbaho shoyi va organza matolarini tanlab olishadi. Organza matosi qiyofaga yengillik va shaffoflik bagʻishlaydi, koʻp sonli taqinchoqlar esa obrazning yanada hashamatli boʻlishi uchun yordam beradi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Kelinchakning bosh qismini kashtalar bilan bezatilgan fata ila yopib qoʻyadilar, soch turmagidan burun qismiga qadar halqali zanjir taqinchogʻi taqib olinadi. Kelinning soch farqiga toshli va munchoqli taqinchoq taqish odat tusiga kirgan. Toʻy marosimi uchun kelinning qoʻllari va oyoqlariga xinadan bezaklar chiziladi. Naqshlar tajribali usta tomonidan yaratiladi, marosimda kelinchakning butun oila aʼzolari qatnashadilar.

 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Ibodatxonalarda oʻtkaziluvchi toʻy marosimlari uchun yorqin qizil rangli matodan koʻylak tikadilar, ushbu rang mamlakat odamlari uchun omad va baxtni anglatadi. Kelinning bosh qismiga xandong - parchadan tikilgan anʼanaviy bosh kiyimi mahkamlab qoʻyiladi. Ushbu aksessuarni munchoqlar va nashqlar bilan bezashadi. Xandongni kelinchaklar butun marosim davomida yechmay oʻtiradilar.

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Anʼanaviy milliy koreys libosi - Xanbok deya ataladi. U uzun yubka va keng bichimli koʻylakdan tashkil topgan. Anʼanaviy milliy libos yorqin rangda boʻlishi va bir nechta ranglardan ham tashkil topishi mumkin. Uni tikish uchun odatda qimmatbaho matolar: tabiiy shoyi, atlas, parcha va shifon tanlab olinadi. 

Odatiy toʻy obrazini munchoqlar va toshlar bilan bezatilgan kichikqalpoqcha - chokturi yakunlab beradi. U toʻq yoki yorqin rangda boʻlishimumkin, eng muhimi koʻylak rangiga mos kelishi darkor.

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Hindistonning toʻy libosi lexenga-choli deb ataladi. U hashamatli sari, naqshlar, munchoqlar, biserlar, toshlar bilan bezatilgan koʻylakdan iborat boʻladi. Ayni vaqtda Hindistonda kelinchaklar istalgan rangdagi sari kiyishlari mumkin, ammo odatda kelinlarning aksariyat qismi qizil yoki yashil rangli sari kiyishni maʼqul biladilar. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Liboslar qanday rangda boʻlishidan qatʼiy nazar, unga tillarang iplar bilan bezak beriladi. Ushbu bezaklar boylik va farovonlikni aks ettiradi. Bundan tashqari hind kelinchaklari taqinchoqlarni juda yaxshi koʻradilar. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Ruminiya kelinchaklarining liboslari odatda juda koʻp bezaklar bilan yasatiladi. Ushbu libosdagi bezaklar boylik va hashamatni aks ettiradi. Hajmdor yubka va keng bichimli yenglarga ham munchoqlar tikib chiqiladi. Ruminiya kelinchaklari anʼanaviy fata oʻrniga baland bosh kiyim kiyadilar. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Malayziya kelinchaklari toʻy marosimlari uchun musulmonchilik qoidalariga koʻra libos tanlaydilar, ushbu liboslar parcha matosidan tikib chiqiladi. Roʻmol ustidan hashamatli tiara taqiladi, unga esa biser munchoqlari bilan bezatilgan fata taqib qoʻyiladi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Kelinchak koʻylagiga tillarang va kumushrang bezaklar ilova qilinadi. Aytishlaricha, ushbu bezaklar juftlik hayotining farovon va chiroyli oʻtishiga turtki beradi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Xitoy toʻy marosimlaridagi har bir detal qizil rangda boʻladi. Xitoyliklar marosimdagi dekorativ bezaklar, taomlar va shirinliklarni ham qizil rangda tayyorlashga harakat qiladilar.Toʻy liboslari ham bu borada istisno emas. Kelinchaklarning toʻy koʻylaklari qizil rangdagi keng xalat, tillarang iplar va gullar bilan bezatilgan ustki qismdan tashkil topadi. Kelin obrazining asosiy bezagi qaqnus qushi shaklidagi tojdir. U patlar, medalon, zargarlik namunalari, shoyi pomponlar, qimmatbaxo toshlar bilan bezatiladi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Qaqnus qushi inson hayotidagi katta oʻzgarishga ishora qiladi. Bu kelin qiyofasidagi qizning hayoti soʻngi va ayolning qayta dunyoga kelishini anglatadi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Venger kelinchaklarining toʻy obrazi oʻzida uch hil rang: qizil, oq va qorani jamlashi kerak. Koʻylakda kashtalar va gullar shaklidagi bezaklar boʻlishi muhim sanaladi. Oʻziga xos tojga bugʻdoy va yashil novdalar tikib qoʻyiladi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Indoneziya toʻylari katta bayram qilib nishonlanadi, kelin va kuyov toʻy marosimida oʻzlarini haqiqiy qirol va qirolicha kabi his qilishlari tayin. Aytishlaricha, ularning liboslari ham haqiqatan qirollar libosini yodga solishi kerak. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari

Kelinning libosini koʻp sonli munchoqlar va tillarang naqshlar bilan bezatishadi, bosh qismiga esa murakkab dizaynga ega tilla toj taqib qoʻyadilar. Zargarlik buyumlari, nafis iplar va qimmatbaho toshlar tojni oʻziga xos usulda bezaydi. 

Turli millat kelinchaklarining toʻy obrazlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar