Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

125 gr un
2 choyqoshiq karri
1 choyqoshiq kurkuma
1 dona tuxum
200 ml kokos suti (yoki sigir suti)
bir chimdim tuz

1. Un elakdan oʻtkazib olingach, ichiga karri, kurkuma va tuz qoʻshiladi. Barcha masalliqlar oʻzaro aralashtiriladi.

2. Unning oʻrtasida chuqurcha hosil qilinadi va asta-sekinlik bilan kokos suti quyiladi. Xamir venchik yordamida aralashtiriladi.

3. Aralashma ichiga tuxum chaqiladi.

4. Xamir polietilen paket ichiga quyilgach, paketning bir uchi kesiladi. Tayyor xamir qizdirilgan oʻsimlik yogʻi ustidan gul shaklidagi naqsh koʻrinishida siqib chiqariladi.

5. Blinchikning ikkala tomoni ham tillarang tusda qovurib olinadi.

6. Sovigan blinchiklar uchburchak shaklga keltiriladi va shu holatda dasturxonga uzatiladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



