Avto

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Nikola Teslaning ilmiy tadqiqodlari haqida hamma biladi, ammo buyuk ixtirochining shaxsiy hayoti ham qiziqish uygʻotadi. Uning aqli va iqtidori shubha uygʻotmaydi, hayot tarzi esa kuzatuvchilarda asossiz mish-mishlarga sabab boʻlmoqda. Bolalalik chogʻlaridanoq Teslaning oʻzini tutishida noodatiy fobiya hamda shilqim gʻoyalar bilan bogʻliq boʻlgan gʻayrioddiyliklar kuyzatilgan.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Tesla oʻzining ustidan butkul nazoratni qoʻlga olish uchun qatʼiylik bilan oʻz irodasini chiniqtirgan. Avtobiografiyasida u shunbday yozgan: “Oldiniga men oʻzimdagi xohish-istaklarni bosishga harakat qilganman, ammo ular birin-ketin irodam bilan mos kela boshladi. Bir necha yilgi mashqlardan keyin koʻpchilik kuchli insonlarni ham oʻz domiga tortib keta olgan ehtiroslarga qarshi chiqib, ularni jolovlay oldim”. Buning uchun u oʻzini ataylab biron yomon narsaga obdon oʻrgatib olib, keyin bu illatga qarshi kurasha boshlagan. U oʻzini qimor oʻyinlari, chekish, ertalabki finjon qahva kabi zararli odatlarga hayotiga xavf soladigan darajada oʻrgatib olib, keyin butun kuchini ishga solib, ularga qarshi kurashgan va shu yoʻl bilan oʻzida kuchli irodani shakllantirgan.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Teslaning gʻayrioddiy qiliqlari ham boʻlgan – masalan, sayr vaqtida toʻsatdan salto oshib qolishi mumkin edi. Yoki Gyotening “Faust”ini yoddan oʻqib ketar edi. Kashfiyotchi olim bir necha soatlab piyoda sayrni bir oʻzi oʻtkazishni xohlardi, uning aytishicha, tanholikda sayr qilganda noyob fikrlar keladi, ular aqlni charxlaydi, shuning uchun bu vaqtda unga hech kim xalal bermasligi lozim. U uyquni vaqtni behudaga sarflash deb hisoblardi, shuning uchun ham kam uxalar edi.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Biograflarning yozishlaricha, Tesla tozalikka juda katta rujiu qoʻygan hamda mezofobiyadan (yaʼni mikroblar hamda ularni yuqtirib olishdan qoʻrqish) aziyat chekkan. Agar restoranda oʻtirganida uning stoliga birgina pashsha kelib qoʻnsa, u albatta dasturxon va uning ustidagi barcha narsalarni almashtirishni talab qilar edi. U shuningdek barcha idish-tovoqlar oshxonada maxsus sterilizatysiyadan oʻtishini talab qilar, biroq shundan keyin ham ularning barchasini salfetkada artib chiqar edi.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan
Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

U infektsiyalarni yuqtirib olishdan qoʻrganligi sababli perchatka va dastroʻmolchalarni bir marta ishlatib boʻlgandan keyin albatta tashlab yuborar edi. Aynan ana shu sababli u qoʻl berib soʻrashishdan oʻzini tiyar, doimo qoʻlini yuvib, har gal yangi sochiqqa artar edi. Umuman olganda uning ahvolini tushunish mumkin, Tesla ikki bor ogʻir yuqumli xastalik bilan kasallanib, ularni yenga olgan. Xoleradan tuzalib keta olgandan keyin u har qanday infektsiyadan qoʻrqa boshlagan.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Teslaning mikroblarga nisbatan fobiyasini tushunish mumkindir, lekin uning duru-marvaridlarga nisbatan fobiyasini umuman tushunib boʻlmasdi. Kashfiyotchi olim marvariddan shunchalik nafratlanar ediki, agar uning yoniga marjon taqinchoqlar taqqan ayol yaqinlashsa, u yerdan darhol ketib qolar edi. Dumaloq shakldagi buyumlar uning nafratini qoʻzgʻar edi, hatto bilyard sharlariga ham u uzoq vaqt davomida oʻrgana olmagan. Bular haqida olimning oʻzi shunday yozgan: “Marvaridni koʻrishim bilanoq men hushimni yoʻqotadigan ahvolga kelib qolar edim. Biroq meni kristallarning yaltirashi yoki oʻtkir qirrali hamda tekis yuzali buyumlar maftun qilgan. Men sayr vaqtida necha qadam tashlaganimni, tarelkadagi shoʻrvaning, finjon qahva yoki taom boʻlagining hajm birligini hisoblamasam, ovqatdan rohatlanmas edim”.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Nikola Tesla hech qachon turmush qurmagan, bolalari ham boʻlmagan, hattoki hech kim bilan yaqin aloqada ham boʻlmagan. U ayollarni – “ruhiy quvvat oʻgʻrisi” deb hisoblar edi. Yaqin doʻstlariga Sara Bernarga nisbatan gʻoyibona oshiqligi haqida gapirgan. Tesla “uylanish yozuvchi va musiqachilarni ilhomlantirgani uchungina ularga kerak” deb hisoblar edi. Olim inson esa barcha hissiyotlarini ilm-fanga berishi kerak, aks holda fanga talab qilingan narsani bera olmaydi.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Tesla shuningdek “Uzluksiz tanholikda aql charxlanadi. Fikrlash va ixtirolar uchun katta laboratoriyaning boʻlishi shart emas. Gʻoyalar ongga tashqi omillarning aralashuvi boʻlmaganda tugʻiladi. Tanholikda hayot kechiring, faqat undagina ulkan gʻoyalar tugʻiladi. Koʻpgina insonlar tashqi dunyoga shunchalik bogʻlanib qolganlarki, ichki dunyolarida boʻlib oʻtayotgan hodisalardan bexabar qoladilar”,deb aytar edi.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Baʼzi tarixchilar Tesla uning gʻayrooddiyligi nafaqat oʻzining, balki atrofidagilarning ham hayotini qiyinlashtirishini yaxshi bilar edi. Aynan shuning uchun ham u yolgʻizlikda yashashni afzal koʻrar edi, deb taʼkidlaydilar. Boshqalarning fikricha esa, bu gʻaytitabiiylik va fobiyalar kashfiyotchining yolgʻizligining asoratidir. Ruhshunos olimlarning aytishlaricha esa, olim vasvasa kasalligidan aziyat chekgan, bor energiyasini ilm-fanga qaratgan, shuning uchun ham yolgʻiz oʻtgan.

Nikola Teslaning gʻayrioddiyligi va vasvasasi: nima uchun buyuk olim oʻzini yolgʻizlikka mahkum etgan

Kimdir Teslani odamovi va telbasifat deb bilsa, yana kimdir uni daho deb bilar edi. Biroq hech narsaga qaramay Nikola Tesla buyuk olim boʻlgan va ilm-fanning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar