Qiziqarli

Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar
Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

1.Birinchi radiogramma 1896 yilning mart oyida Rossiyada eng taniqli odamlardan biri - rus fizigi Aleksandr Popov tomonidan yuborilgan. Unda atigi 2 ta soʻz bor edi: "Geynrix Gerts".

2.2009 yilda fransuz virusshunos olim Lyuk Montagyer bakteriyalar radio toʻlqinlarni yaratishga qodir, degan farazni ilgari surdi. Uning tadqiqotlari natijalari bu narsa mumkinligini tasdiqlaydi (bakteriyalar haqida qiziqarli maʼlumotlar).

3.Radio ixtirosiga hissa qoʻshgan birinchi tajribalarni amerikalik stomatolog Mahlon Loomis oʻtkazgan. Simsiz aloqa ikkita simni havoga koʻtargan uchurtmalar yordamida amalga oshirildi. 1868 yildayoq signalni 20 kilometrdan koʻproq masofaga uzatishga muvaffaq boʻlgan.

Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

4. Eyfel minorasining yaratilishida radioning ahamiyati juda katta. U 1889 yil Jahon koʻrgazmasi uchun maxsus qurilgan va 20 yildan soʻng uni demontaj qilish rejalashtirilgan edi. Biroq, radioni kashf qilingandan keyin minorada katta diapazon va signal kuchini oshirish uchun antennalarni oʻrnatishga qaror qilindi. Aynan ana shu narsa Parijning hozirgi ramzini saqlab qoldi.

5.Herbert Uellsning "Dunyolar urushi" filmiga asoslangan 1938 yildagi radioeshittirish AQShning baʼzi shaharlarida vahimani qoʻzgʻatdi. Koʻpchilik tinglovchilar radiospektakldagi marsliklarning Yerga hujum qilishi hamda Oq uyga oʻt qoʻyishi haqidagi radiolavhani haqiqiy yangiliklar,deb qabul qilganlar.

6.1942 yilning avgust oyida bir necha oʻnlab Navajxo qabilasining hindulari AQSH armiyasiga chaqirildi. Ularga alohida masʼuliyat yuklangan - radio suhbatlarini oʻz tillarida olib borish. Yaponiya harbiy razvedkasi muntazam ravishda radioxabarlarni tutib olar, ammo ularni rasshifrovka qila olmagan. Chunki butun boshli mamlakatda navaxo tilini biladigan birorta ham mutaxassis yoʻq edi.

Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

7.1930 yil 18 aprelda harbiy havo kuchlariga tegishli radioning tinglovchilari efirda hech qanday yangilikni eshitmadilar, buning oʻrniga kun boʻyi musiqa yangradi. Keyinchalik diktorlar vaziyatga oydinlik kiritdilar, oʻsha kuni radio ixlosmandlarining eʼtiborlariga loyiq hech narsa sodir boʻlmagan ekan.

8.1940 yilda Angliyada futbol jamoalari oʻrtasidagi oʻyin paytida qiziq bir voqea yuz berdi. Stadionni quyuq tuman qoplagan va sharhlovchi hatto futbol maydonining burchagini ham ilgʻay olmagan. Sharhlovchiga oʻyin haqidagi radioeshittirishni nemislar ham tinglayotgani haqida xabar berishdi. Agar ular tuman haqida bilib qolsalar, darhol bombardimon qilishni boshlashlari turgan gap edi. Sharhlovchi tuman haqida sir boy bermadi. U minbarlardagi muxlislarning hatti-harakatlaridan kelib chiqib, oʻyinni sharhlab turdi.

9.Mashhur diktor Yuriy Levitanning Ulugʻ Vatan urushi davrida eshittirilgan radioxabarlari oʻsha davrda yozib olinmagan edi. Ammo bu xabarlar katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlganligi sababli, 1950 yilda ular qayta yozilgan. 

Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

10.AQShda, 2013 yilgacha barcha yirik davlat radiostansiyalari oʻz mamlakatlarida efirga uzatish huquqiga ega emas edi. Gap shundaki, farmonda davlat radiosi tashviqotga qaratilgan va hukumat oʻz fuqarolarini har qanday targʻibotdan, hatto oʻzinikidan himoya qilishga majburdir.

11. Radio hatto Internet paydo boʻlganda ham oʻlmadi, chunki radioni hech bir priyomniksiz onlayn tinglash imkoni paydo boʻldi.

12. "Birdsongradio" radiostantsiyasida uzluksiz ravishda qushlar sayrashi uzatilib turiladi. Bu qoʻshiqni parrandashunos olim Kventin Xovard 20 yil avval oʻzining Uiltshir grafligidagi bogʻida yozib olgan edi.

Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

13. XIX asr oxirlari, XX asr boshlarida “Masens”paroxodi halokatga uchradi.  Qutqaruv operatsiyasi jarayonida ilk marotaba radio aloqa muvaffaqiyatli qoʻllanildi, natijada odamlar choʻkayotgan kemadan qutqarib qolindi.

14. Maʼlumotlari radio orqali uzatilgan dunyodagi ilk siyosiy voqea, 1917 yilgi Oktyabr revolyutsiyasidir.

15.13 fevral kuni Butunjahon radio kuni sifatida nishonlanadi.

Radio haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar