Mashhur insonlarning sirli oʻlimlari: Usama ben Ladendan tortib Malika Dianagacha

Boshqalar esa fitna nazariyalarini ilgari surishadi va hamma narsada davlat yoki mahsus xizmatlarni ayblashadi. Yana birlari esa qarindoshlari yoki yaqin doʻstlaridan shubha qiladilar. Ishonish mumkin boʻlgan yagona narsa – rasmiy tekshiruv natijalari. Ammo bu bu tekshiruvlarda nomuvofiqliklar boʻlsa, shubha va taxminlar yana koʻpayadi. Quyida ana shunday voqealardan baʼzilari haqida bayon qilamiz.
Rasmiy versiyaga koʻra, 2009 yil 25 iyunda Maykl Jeksonning shaxsiy shifokori Konrad Myurrey bemorga propofol, kuchli uyqu dorisini inʼektsiya orqali yuborgan. Bir necha soatdan keyin qaytib kelganida, Maykl nafas olmayotgan edi. Reanimatsiya choralari hech qanday naf bermadi. Natijada, qoʻshiqchining propofol va boshqa kuchli taʼsir koʻrsatuvchi dorilar miqdorining haddan tashqari koʻpayib ketishidan vafot etgani aniqlandi.

Ammo yana bir taxmin bor. Unga koʻra pop qiroli qarzlarni toʻlamaslik uchun oʻz oʻlimini uyushtirgan boʻlishi mumkin. Jeksonning oʻlimi bilan bogʻliq tekshiruv jarayonida uning moliyaviy ahvoli anchagina yomonligi maʼlum boʻlgan. Xonandaning 500 ming dollardan koʻproq qarzi bor edi va bu miqdorni yigʻish uchun Londonda 10 ta kontsert berish niyati borligini bildirdi. Bu Mayklning 12 yillik uzoq tanaffusdan keyin qoʻyiladiga birinchi kontserti boʻlishi kerak edi, shuning uchun shou chiptalari chaqmoq tezligida sotila boshlandi.
Muxlislarning talabi tufayli konsert tashkilotchilari dasturni 50 ta kontsertgacha kengaytirishga qaror qildilar. Ammo kasal va kuchsiz saʼnatkor bunday mashaqqatli jadvalga dosh berolmasdi. Shuning uchun u qoʻlidan kelganini qildi… Baʼzi dalillar mana shunday taxmin paydo boʻlishiga zamin yaratdi: qoʻshiqchining dafn marosimidagi qarindoshlari juda quvnoq edi, Maykl Jeksonning oʻlimini tasdiqlovchi birorta fotosurat hali ham yoʻq, tibbiy maʼlumotnomada "Oʻlim sababi" ustuni toʻldirilmagan. Koʻpchilik odamlarning "vafotidan keyin Maykl Jeksonni koʻrganlari" haqidagi mish-mishlarni esa aytmasa ham boʻladi.
1977 yil 16-avgust kuni 42 yoshli Elvis Preslining jasadi qalligʻi Presli Ginger Alden tomonidan Graceland saroyining hammomida topilgan. Xabarlarga koʻra, rok-n-roll qiroli ogʻriq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vositalari miqdorining haddan tashqari koʻpayib ketishi tufayli yurak xurujidan vafot etgan.

Presli oʻlimining qalbakiligi haqidagi shubhalar qayerdan paydo boʻldi? Gap shundaki, Presli vafotidan koʻp oʻtmay, uning muxlislaridan biri Memfis aeroportida undan dastxat olgan va ekspertiza namunaning haqiqiyligini tasdiqlagan. Bundan tashqari, tergovning maxfiy tarzda olib borilishi skeptiklarni yanada vahimaga tushirdi. Va yana shuningdek, internet boʻylab yurgan qoʻshiqchi jasadining fotosurati ham qalbaki boʻlishi mumkin ekan.
Preslining muxlislari uning oʻlimini haddan tashqari shov-shuv, matbuot bilan muloqot va intervyularsiz “osudalikka ketish” uchun uyushtirilgan deb hisoblaydilar. Aytishlaricha, qoʻshiqchi umrining qolgan qismini biron bir iliq mamlakatda oʻtkazishga qaror qilgan. Buning uchun uning yetarli mablagʻi ham bor edi.
Usama Ben Laden - dunyodagi eng taniqli va eng xavfli terrorchilardan biridir. 2001 yil 11 sentabr kuni AQSHda yuz bergan portlashlar aynan mana shu terrorchi boshchiligi ostida amalga oshirilgani aytiladi. Ushbu xunrezlik natijasida deyarli 3000 kishi halok boʻlgan.

2011 yil 2 mayda Usama bin Laden oʻldirildi. Al-Qoida rahbarining boshiga oʻq uzildi. Uni Amerikaning SEAL (mashhur "dengiz mushiklari") maxsus boʻlinmasining jangchisi amalga oshirdi. Ushbu operatsiya Abbotobodning chekkasidagi terroristlarning yashirin bazasida sodir boʻldi. Terrorchi jasadining fotosuratlari ekspertizasi hamda DNK tahlili oʻldirilgan aynan Usama bin Laden ekanligini tasdiqladi.
Biroq, oʻsha kuni "Tehrik-i Tolibon Pokiston" terroristik guruhi vakillari amerikaliklarni "oʻzlarining obroʻsini oshirish" uchun banditlar rahbarini oʻldirishganligi haqida uydirmani oʻylab topishganlikda ayblashdi. Keyinchalik ular bin Ladenning oʻlimini tan olishgan boʻlsa ham, bu borada shubha oxirigacha soʻnmadi.
Va buning sabablari bor, chunki terrorchining jasadi Arab dengizidagi maxfiy joyga pinxona koʻmilgan (keyinchalik uning qabri maqbara boʻlib qolmasligi uchun) hamda jasadining fotosuratlari matbuotga taqdim qilinmagan (goʻyo odamlar ruhiyatiga zarar bermaslik uchun, chunki terrorchiga uzilgan oʻq uning boshining yarmini uchirib yuborgan edi). Bundan tashqari, 2001 yildan 2011 yilgacha bin Ladinning oʻlimi haqidagi xabarlar doimo matbuotda paydo boʻlib turardi ... Soʻnggi maʼlumot shunchaki qalbaki emasligiga kafolat qayerda?
1997 yil 31-avgustga oʻtar kechasi malika Diana va uning qalligʻi Dodi Al-Fayed avtohalokatda vafot etdilar. Rasmiy versiyaga koʻra, oʻsha paytda Mersedes Benz S280 avtomobilini haydab ketayotgan Genri Pol boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan, chunki u tezlikni oshirib, paparatsilarning mashinasidan yashirinmoqchi boʻlgan. Keyinchalik, ular haydovchi mast boʻlgan, degan taxminni ham ilgari surganlar, ammo bu versiya tasdiqlanmadi.

Biroq, vaqt oʻtishi bilan malika oʻlimi haqida boshqa nomaʼlum dalillar paydo boʻla boshladi. Masalan, Diananing ketishi kerak boʻlgan mashina deyarli soʻnggi daqiqalarda almashtirilganligi maʼlum boʻldi. Genri Pol odatda ular yuradigan yoʻl qolib, boshqa yoʻnalish boʻyicha harakatlana boshladi. Eng qizigʻi shundaki, bu yoʻldagi deyarli barcha kuzatuv kameralari nosoz boʻlib chiqdi.
Ammo Ledi Di muxlislari qalbida shubhalarni uygʻotgan asosiy narsa bu emasdi. Gap shundaki, oʻlimidan sal oldin, malika saroy xodimi Pol Barrellga yozgan xatida, "sobiq eri uni oʻldirishga harakat qilmoqchi" ekanligi haqida xabar bergan. Diananing fikricha, bu bilan Charlz yordamchisi Tiggiga tezroq uylanishiga yoʻl ochilishi va shu bilan birga muvaffaqiyatsiz nikohi hamda Dodi al-Fayed bilan boʻlgan munosabatlari uchun qasos olishiga ishongan.
Ushbu xatning haqiqiyligi shubha ostida boʻlishiga qaramay, Diananing muxlislari ushbu fojeali avtohalokatni qirol oilasi uyushtirgan, deb hisoblaydilar.
The Doors guruhining yetakchisi hamda vokalisti Jim Morrison 1971 yil 3 iyulda Parijda 27 yoshida vafot etdi. Rasmiy versiyaga koʻra, qoʻshiqchi qabul qilgan giyohvand moddalarning miqdori haddan tashqari koʻpayib ketishi natijasida yurak xuruji sodir boʻlgan. Biroq, Frantsiya qonunlariga binoan jasadni yorish ishlari oʻtkazilmaganligi sababli Morrisonning oʻlimi bilan bogʻliq koʻplab taxminlar kelib chiqdi.

Eng keng tarqalgan taxminlar boʻyicha, Morrisonning oʻlimi oʻz joniga qasd qilish oqibatida sodir boʻlgan yoki norasmiy harakat vakillari qarshi faol kurashib kelayotgan FQB (Federal Qidiruv Byurosi) tomonidan oʻldirilgan boʻlib, oʻz joniga qasd qilgan, deb koʻrsatilgan.
Biroq, 2014 yilda Britaniyalik rok xonandasi Marianna Faithfull Morrisonning oʻldirilganligiga qattiq ishongan. Qizning soʻzlariga koʻra, uning sobiq doʻsti va giyohvand moddalar sotuvchisi Jan de Breteu qoʻshiqchiga "juda kuchli geroin" ni taklif qilgan, undan foydalanish esa fojiali oqibatlarga olib kelgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



