Oʻrta asr davridagi baʼzi gʻalati kasblar

Jarangdor nomli ushbu kasb egasi aslida koʻchadagi axlatlarni yigʻishtirib yurar edi. Uning vazifasi koʻchalarni tozalash edi. Oʻtmishda madaniyat rivojlanmagan, odamlar tozalikka uncha ham rioya qilishmas edi. Shularni hisobga olgan holda bilavering, zalhalchining ishi qanchalik ogʻir boʻlganini, axir bunday chiqindilar orasida hayvonlarning va hattoki odamning ham goʻngi boʻlar edi. Odamlar axlatlarni koʻchaga tashlaganlari yetmaganday, uydagi chiqindilarni ham derazadan turib, koʻchaga uloqtirar edilar. Mana shundau sharoitda zarhalchilar koʻchalarni sanitariya talablariga javob beradigan ahvolda tutishlari zarur edi. Biroq maoshlari judayam kam, arzimagan miqdorda edi. Buning ustiga bunday kasb egalarini hech kim mensimas, ularga past nazar bilan qaralar edi.

Qadimgi zamon sartaroshlari biz bilgan hozirgi sartaroshlardan ancha farq qilar edilar. Ularning vazifasi faqatgina soch olishdan iborat boʻlmagan, boshqa koʻpgina ishlarni ham bajarishgan. Oʻrta asr davrida Yevropada sochlar asosan hammomlarda olingan, sartaroshlar ham hammomda ishlaganlar. Ular soch olish bilan birga mijozni choʻmiltirganlar, ularning oyoq-qoʻllaridagi tirnoqlarni olganlar, uqalaganlar (massaj), chiqqan joylarni joyiga tushirganlar, bogʻlovlar qoʻyganlar va hattoki ogʻriyotgan tishlarni ham sugʻurganlar. Bulardan tashqari sartarosh mijozini tekshiruvdan oʻtkazishi, bitlari boʻlsa, ularni ketkazishi, qon chiqarib, tanani ichki tarafdan ham tozalab berishlari lozim edi. Qon chiqarish uchun teri ostidagi tomirlar ozgina kesilar, bu judayam foydali muolaja hisoblanar edi. Oʻrta asr tibbiyoti koʻpgina kasalliklar turib qolgan yomon qon tufayli yuzaga keladi, deb hisoblar edi, shuning uchun uni tanadan chiqarib yuborish zarur edi.
Bu ishlar bilan tabiblar shugʻullanmaganmi, deb soʻrashingiz mumkin. Professional tabiblar ham boʻlgan, ular jiddiyroq muammolar bilan shugʻullanganlar, maʼlumotlari ham, jamiyatda tutgan oʻrinlari ham shunga yarasha yuqoriroq boʻlgan.

Oʻrta asrlarda qirol yoki saroy ayonlarini zaharlab oʻldirish oson edi va hattoki odatiy holga ham aylanib qolgan edi. Buning oldini olish degustator vazifasi edi. U davrdagi degustator taom yoki ichimlikni sinovdan oʻtkazib, unga baho berish bilan emas, qirol hamda saroy ayonlariga keltirilayotgan yegulikda zahar bor yoʻqligini tekshirish bilan shugʻullanar edi. Taomda zahar bor-yoʻqligini tekshirishning birdan-bir yoʻli, uni taʼtib koʻrish edi. Degustator aynan ana shunday xavfli vazifani bajarar edi. Agar xizmatkorga hech narsa qilmasa, qirol va saroy ayonlari ovqat tanovul qilishni boshlar edilar.

Kimyogar deganda oʻrta asrlarda tushunarsiz narsalarda sirli maʼno qidirgan hamda gʻayrioddiy voqealarga izoh bergan olimlar tushunilar edi. Kimyogarlar mistikaga ishonganlar, moʻjizaviy falsafa toshini qidirganlar, qimmatbaho metallarni yaratish sirlarini topishga harakat qilganlar. Kimyogarlar ilmiy ishlar bilan shugʻullana turib ham, turli xil ilohlar va oʻzga oʻlchamdagi kuchlar borligiga ishonganlar. Barcha bilim va kashfiyotlar avloddan avlodga oʻtib kelgan yoki shogirdlarga topshirilgan. Biroq oʻsha davrdagi baʼzi qiziqishlar, nazariyalar zamonaviy ilmga zid boʻlgan, shuning uchun ham vaqt oʻtkan sayin hamda ilm-fan rivojlangan sari oʻsha davrning mistikaga asoslangan kimyo fani yoʻq boʻlib ketdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



