Qiziqarli

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar

London Taueri oʻz vaqtida koʻplab insonlarning qatl qilinadigan joylaridan biri boʻlgan. Shu sababli ham bu yerda koʻp sonli arvohlarni koʻrish mumkin emish. Tauerda  1541 yilda boshi tanasidan judo qilingan grafinya Margaret Solsberining ruhi kezadi. U bino qoʻriqchilarini koʻp bora dahshatga solib ham qoʻygan. 

Genrix VIII ning ikkinchi rafiqasi Anna Boleyn ham aynan mana shu yerda oʻldirilgan. Annaning ruhi Tauerni bir necha asrlardan beri tark etmasligi haqidagi mish-mishlar koʻp bora quloqqa chalinadi. U qirolga turmushga chiqqanidan 1000 kun oʻtib, qatl qilingan. Guvohlarning aytishlaricha, Annaning ruhi koʻp hollarda bir oʻzi emas, notanish arvohlar hamroxligida bino yoʻlaklarini kezib yuradi.

Aytishlaricha, Tauerda bolalarning arvohlari ham bor. Anna Boleyn bilan birgalikda qalʼa yoʻlaklarida shahzoda Eduard V va uning ukasi - York gertsogi Richardning ruhi ham koʻrinish bergan. Bolakaylar hamisha bir-birlarining qoʻllarini tutib yurishadi. 

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar

Bukingem saroyi - ingliz monarxlarining asosiy qarorgohi ekanligini yaxshi bilasiz. Bu yerda qirollik oilasi aʼzolarining istiqomat qilishlari ham sir emas. Mistika ishqibozlarining aytishlaricha, ushbu taniqli saroyda ham ikkita arvoh koʻrinish bergan. Ularning biri juda sokin va gʻamgin boʻlib, hech kimga zarar keltirmaydi. Afsonalarda aytilishicha, bir zamonlar Bukingem saroyi oʻrnida shifoxona joylashgan. Saroy xodimlari esa koʻp asrlardan beri saroyda kasalxonaga asos solgan insonning arvohi kezib yurishi, u oʻzi ishlagan bino oʻrnida saroy qurilganidan norozi ekanligini aytishgan.

Ikkinchi arvoh esa qirol Eduard VII ning shaxsiy kotibi Jon Gvinndir. Aytishlaricha, u bir vaqtlar saroy binosi ichida halok boʻlgan.

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar

Britaniya monarxlariga tegishli boʻlgan shaxar chetidagi Xempton Kort qarorgohi ham bir qarashda koʻringani kabi tinch maskan emas. Genrix VIII Tyudorning qatl qilingan rafiqasi Anna Boleynning ruhi bir necha bor mana shu saroyda ham koʻzga tashlangan. Bundan tashqari, binoda Genrixning uchinchi rafiqasi Jeyn Seymurning ruhi ham kezib yuradi. Jeyn Seymur tugʻruq vaqtida vafot etgan.

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar

Angliya shimolida, Nortumberdend grafligida joylashgan ushbu saroy mistika ishqibozlarini hamisha oʻziga jalb qilib keladi. Saroyda koʻzga tashlangan arvohlar soni uchta: Ularning biri moviy bolakay, biri Seydj ismli erkak, yana biri Meri Berklidir. 

Moviy bolakay bir zamonlar odamlar tomonidan otasi bilan birga shu yerga qamab qoʻyilgan. Ular ochlik azobidan halok boʻlganlar. Seydj ismli erkak esa oʻz vaqtida sevgan qizining umriga nuqta qoʻygan ekan. Ledi Meri erining hiyonatiga bardosh bera olmay shu saroyda vafot etgan.

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar

Asabi oʻta kuchli mistika shaydolari hech ikkilanmay Glemis saroyi tomon yoʻl olishlari mumkin. Bir zamonlar Yelizaveta Iistiqomat qilgan ushbu saroyda arvohlar soni haddan tashqari koʻp. Ularning biri Jenet Duglas boʻlib, uning akasi qirol Yakov Vning oʻgay otasi boʻlgan. Qirol shotlandiyalik qarindoshlarini juda yomon koʻrgan va oʻgay otasining vafotidan keyin Duglas oilasining boshiga ogʻir kunlarni solgan. U Jenetni oʻgʻli bilan birga saroyga qamab qoʻygan, keyinchalik ularni gulhanga tashlaganlar. 

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar

Oʻz vaqtida Poumroy oilasining mulki sanalgan ushbu saroyda oila vakillarining ayrimlariga tegishli ruhlar koʻrinish bergan. Misol uchun, Margaret Poumroy opasi tomonidan hasad tufayli juda koʻp azoblangan. Uning ruhi hamon saroy yoʻlaklarida sarson boʻlib kezib yurar emish.

Arvohlar toʻlib-toshgan eng mashhur saroylar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar