Foydali

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Yuber de Jivanshi va aktrisa Odri Xepbernning iliq munosabatlari 40 yil davomida, aktrisaning oʻlimiga qadar saqlanib qolgan. Ular 1954 yilda "Sabrina" filmining suratga olish ishlari davomida tanishgan boʻlib, Yuber Odri xonim uchun koʻplab liboslar yaratgan, ammo film soʻnggida uning nomi qayd etilmagandi. 

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Shundan keyin Jivanshi janoblari Xepbernning har bir filmi va kundalik obrazlari uchun liboslar yaratishni boshladi. "Tiffanida nonushta" filmidagi mashhur qora koʻylak, fotosessiyalar uchun tayyorlangan barcha liboslar Jivanshining mohir qoʻllari yordamida yaratilardi. Odri Xepbern ushbu liboslarda oʻzini topgandek boʻlishini bot-bot taʼkidlagan. Dizayner aktrisaga qanday liboslar koʻproq yarashishini yaxshi bilgan. Xepbernning jozibali va nafis obrazlari uning tashrif qogʻozlaridan biriga aylandi, Jivanshi liboslari oʻzining ilhom parisi bilan birga mashhur boʻlib boraverdi.

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Bir zamonlar oʻzining modellik karyerasini boshlagan Monika Belluchi uchun Dolce & Gabbana modalar uyi bilan imzolangan shartnoma katta moda olamiga kirib borishdagi asosiy omad kaliti boʻlgan edi. Aktrisa ayol goʻzalligining timsoliga aylandi: uning jozibali, sehrli, oʻziga ishongan ayol obrazi ushbu ikki ijodkor liboslari orqali juda yorqin tarzda koʻrsatib berildi. 

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Afsonaviy Italiya aktrisasi bugungi kunga qadar ushbu ikki dizaynerning ilhom parisidir. Ular aktrisa sharafiga maxsus sumka ham ishlab chiqqanlar. Ushbu hamkorlik vaqt oʻtib mustahkam doʻstlikka ham aylanib ketdi, desaak adashmagan boʻlamiz.

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar
Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Ushbu ikki ijodkor 1966 yilda "Kunduzgi sohibjamol" filmining suratga olish ishlari davomida tanishgan edilar. Ular parijlik qizning betakror obrazini yaratish uchun oʻziga xos jaketlar va betakror koʻylaklar yaratishgan. Dizayner bu vaqtda kino uchun ilk marta liboslar yaratgan edi. Kartina haqiqatan xit darajasiga qadar koʻtarildi, dunyo goʻzallari aktrisaning obrazini takrorlashga harakat qila boshladilar.

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Shundan keyin Katrin yangi rollarga rozilik berishdan avval film ijodkorlariga liboslarni Sen-Loran tikishi kerak degan shart qoʻya boshladi. U qizil yoʻlak uchun faqatgina dizaynerning liboslarini kiyar, ularning doʻstligi koʻpchilik uchun namunaga aylangan edi.

Supermodel va kelib chiqishi tunislik boʻlgan dizayner Azzedin Alayyaning oʻzaro doʻstligi shunchalar namunali darajada boʻlganki, Naomi uni"ota" deya atashni boshlagan. Model 16 yoshlik vaqtlari dizayner bilan birga oʻz faoliyatidagi birinchi modalar haftaligida tanishib qolgan. Alayya qizni juda yoqtirib qoldi, unga oʻz farzandi kabi gʻamhoʻrlik qilgan, haddan tashqari koʻp ishlab toliqib qolmasligi, begonalar bilan doʻstlashmasligi, tungi vaqtlarda koʻchaga chiqmasligini nazorat qilib borgan.

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

U dizayerning moda namoyishlarida ishtirok etgan, asta-sekin Azzedin Alayya uning uchun maxsus liboslar yaratishni boshlagan. Ushbu iliq munosabatlar 30 yil davom etdi. 2017 yilda dizayner yorugʻ olam bilan xayrlashdi. Kempbell esa bunday judolikdan chuqur qaygʻuda ekanligini aytgan edi. 

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Ushbu ijodiy hamkorlik doʻstlik aloqalaridan boshlangan. Taniqli rejissyor va dizayner 1990 yildan beri bir-birlarini yaxshi tanishardi, 2001yilga kelib esa birgalikga ishlashga qaror qiladilar. Mark bu vaqtda Sofiyaga oʻzining birinchi atiri timsoliga aylanishni taklif etadi. Koppola brendning koʻplab reklama roliklarida ishtirok etgan, Mark Louis Vuitton brendiga ishga oʻtgan vaqti modalar uyi uchun chemodanlar dizaynini yaratgan, uning ishi rivoji uchun mini filmlar va reklama roliklarini suratga olib bergan. Aynan shu sababli ham dizayner oʻz ilhom parisi sharafiga Sophia by Marc Jacobs sumkasini ixtiro qilgan. 

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar
Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Moda olamining qirollaridan biri va Chanel modalar uyini boshqargan marhum dizayner Karl Lagerfeldning ilhom parilari bir emas, bir nechta edi. Unga ilhom bagʻishlagan ayollar orasida aktrisalar Kira Naytli va Kristen Styuart ham boʻlib, ushbu ijodkorlar dizayner uchun ayol nozikligining namunasi sanalgan.  

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

Dizayner Vanessa Paradining tashqi koʻrinishini ham juda yaxshi koʻrgan. Endilikda aynan uning qizi Lili-Rouz Depp podiumlar olamini zabt etib bormoqda. 

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar

 

Rene Zellveger hashamatli tantanalar chogʻida kiyish uchun koʻp yillardan beri Karolina Erreraning liboslariga murojaat qilib keladi. Amerikalik dizayner esa Rene Zellvegerni oʻz ilhom parisi deb hisoblaydi. Dizayner bir zamonlar oʻzi uchun ikkita joziba timsoli mavjud ekani, ularning biri Jaklin Kennedi boʻlsa, ikkinchisi Zellveger ekanligini aytgan edi.

Buyuk dizaynerlarga ilhom bergan mashhur ayollar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar