Qiziqarli

Iblis kamari: mudhish va dahshatli hodisalari bilan mashhur boʻlgan sayyoramizdagi eng sirli va xavfli joylar

Iblis kamari: mudhish va dahshatli hodisalari bilan mashhur boʻlgan sayyoramizdagi eng sirli va xavfli joylar

Yer yuzida shunday joylar borki, u yerga bormagan maʼqul. Bir qarashda, bu hudud boshqa joylardan farq qilmaydi. Ammo bu faqat birinchi qarashda. Bu joylar sirli voqealar bilan toʻla, goʻyoki ummon va atmosfera gaʼzablangandek, misli koʻrilmagan darajada, haddan tashqari kuchli boʻron va toʻfonlar sodir boʻladi. Mingdan ortiq insonlarning hayotiga zomin boʻlgan sayyoramizning eng sirli joylaridan biri “Iblis kamari”, deb ataladi.

Iblis kamari: mudhish va dahshatli hodisalari bilan mashhur boʻlgan sayyoramizdagi eng sirli va xavfli joylar

Iblis kamari haqiqatan ham 30 daraja shimoliy kenglik boʻylab joylashgan poyas kabi Yerni aylanib chiqadi va beshta anomal qismdan iborat: Bermud uchburchagi, Iblis dengizi, Gibraltar toji, Afgʻon afsonasi va Gavayi anomaliyasi. Ushbu sirli joylar bir-biridan teng masofada joylashgan va ularning orasidagi masofa aniq 72 darajaga teng.

Bermud uchburchagi - bu Atlantika okeanidagi joy boʻlib, uning hududida gʻayritabiiy va tushunib boʻlmaydigan voqaealar yuz berayotganligi bilan tanilgan. Ushbu iblis oʻpqoni radiusiga tushib qolgan har qanday narsa gʻoyib boʻladi. Xristofor Kolumb oʻsha mudhish Atlantika hududini kesib oʻtgan birinchi taniqli sayohatchi edi, endi biz uni Bermud uchburchagi deb ataymiz. Uning kema jurnalida dengiz suvi, suv oʻtlari bilan toʻlgan, kompas koʻrsatgichining gʻayrioddiy xatti-harakati, toʻsatdan paydo boʻlgan alangalanish tili va dengizning gʻalati porlashi haqidagi voqealar qayd qilingan.

Iblis kamari: mudhish va dahshatli hodisalari bilan mashhur boʻlgan sayyoramizdagi eng sirli va xavfli joylar

Bu yerda okean tubida hosil boʻlib, ekipaj aʼzolariga taʼsir qiladigan, vahima qoʻzgʻaydigan ultratovush tebranishlarni, vaqt tuynugiga tushib qolish yoki boʻshliqning yorilishi kabi hosidalarning guvohi boʻlish mumkin. Shuningdek, balandligi 3-5 metrgacha toʻlib toshgan toʻlqinlar toʻsatdan 25 metrli “vahshiy” ga aylanib, kemani oʻz domiga tortib ketishi mumkin.

Keyingi iblis oʻpqoni  Gibraltar tizmasi deb ataladi. U Jazoirda joylashgan va uzoq vaqtdan beri yomon nom bilan shuhrat qozongan. Vaqti-vaqti bilan choʻlning bepoyon kengliklarida qandaydir tushunarsiz sovuq hushtak eshitiladi. Bir vaqtning oʻzida har tomondan eshitiladi, shuning uchun uning manbasini aniqlab boʻlmaydi. Avvaliga shitirlash ovozi eshitiladi, asta-sekin u oʻsib, quloqni teshguday oʻtkir hushtakka aylanadi.

Iblis kamari: mudhish va dahshatli hodisalari bilan mashhur boʻlgan sayyoramizdagi eng sirli va xavfli joylar

Avvaliga bu hushtak odamda nomaʼlum xavotir tuygʻusini keltirib chiqaradi, keyin bezovtalik kuchayadi va bir muncha vaqt oʻtgach, odamda hayvoniy qoʻrquv paydo boʻlib, uni vahima ichida yugurishga majbur qiladi. U yoʻlni tanlamay, shunchaki bu dahshatli tovushdan qochishga harakat qiladi. Dahshatli hushtak bir necha soat davom etishi, odamlarni va hayvonlarni aqldan ozdirishi mumkin. Keyin u qanday boshlangan boʻlsa, shunday toʻsatdan toʻxtaydi. 

(davomi  bor)

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar