Foydali

Guruch yordamida organizmni tozalash usullari

Guruch yordamida organizmni tozalash usullari

Mazkur metodikaning samaradorligini tasdiqlovchi ilmiy isbotlangan fan boʻlmasa-da, organizmdagi keraksiz narsalarni chiqarib tashlovchi ushbu usul oʻz natijasini koʻrsatib ulgurgan. 

Guruch yordamida organizmni tozalash usullari

Ushbu usulning tasdiqlashicha (jigarrang guruch aniq usulda tayyorlangan) ichaklardagi hild va toksinlarni singdiradi, boʻgʻimlardagi keragidan ortiq tuzlarni chiqaradi. Organizmning umumiy holatini, yosharishini, hujayralarning qayta tiklanishini, tana vaznining kamayishi, teridagi muammolarning , allergik faollikni qisqarishiga yordam beradi. 

Guruch yordamida organizmni tozalash usullari

Maʼlumotlarga koʻra guruch bilan organizmni tozalash harakatni yengillashtiradi, boʻgʻimlardagi ogʻriqlardan xalos etadi, qondagi zararli xolesterin darajasini pasaytiradi, ortiqcha vazndan halos etadi.

Guruch yordamida organizmni tozalash usullari

1.Yoshingiz nechida boʻlsa shuncha miqdorda osh qoshiqda oʻlchab guruch oling.

2. Guruchni yuvib litrli bankaga joylashtiring.

3.Ustidan qaynatilgan issiq suvni idish toʻlguncha solib, qopqogʻini yoping.

4. Soʻngra sovutgichning eng pastki tokchasiga qoʻying.

5. Ertalab suvini toʻkib tashlang, guruchdan bir osh qoshiq olib, qolganiga qaynoq suv quying va sovutgichga qoʻying.

6. Guruchni suvda taxminan 3 daqiqa qaynating. (Faqat tuz qoʻshib yubormang).

7. Ertalab, nonushtadan yarim soat oldin 1-2 stakan (tozalangan) suvdan ichib (yaxshisi 2 stakan ichganingiz maʼqul, chunki qolgan 3-4 soat suv ichish mumkin emas).

8. Keyin qaynatilgan guruchni (yogʻsizsiz, sutsiz, shakar va boshqa ziravorlarsiz) isteʼmol qiling.

9. Nonushtani soat 7:30 gacha qilishingiz kerak.

10. Guruch isteʼmolidan keyin 3-4 soat hech narsa yeyish mumkin emas.

11. Keyin 1-2 stakan toza suv ichib, bemalol tushlik qilishingiz mumkin.

12. Tozalashni hamma guruch tugagunicha davom ettirishingiz mumkin.

Guruch yordamida organizmni tozalash usullari

Maʼlumki, tozalanmagan guruchning oʻziga xos shifobaxshligi, organizmga kerakli boʻlgan koʻp miqdordagi biologik faol fitonutrient va vitaminlarni beradi.

Guruch yordamida organizmni tozalash usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar