Lavlagi sharbatining salomatlik uchun foydali jihatlari

1. Lavlagi sharbati- inson salomatligida, gripp va shamollashda immunitetni koʻtarishda ayniqsa katta yordam beradi. Tajribalardan maʼlumki, lavlagi sharbati ichib yuradigan odamlar, gripp va shamollash bilan kamdan-kam hollarda ogʻriydi, kasal boʻlgan taqdirda ham darrov tuzalib ketadi.

2. Lavlagi sharbatini haftasiga uch marta isteʼmol qilish organizmdagi zararli moddalar darajasini darxol kamayishiga, ayniqsa xolesterinning tushishiga yordam beradi.

3. Lavlagi sharbati organizmdagi hujayralarni yoshartirishga imkon beradi. Mazkur sharbatni kerakli miqdorda ichib yurgan kishilar ancha tetik va sogʻlom koʻrinishga ega boʻladilar.

4. Lavlagi sharbati eritrositlar ishlab chiqarishda va buning natijasida gemoglobinnikoʻtarilishida yordam beradi.
5. Lavlagi sharbati kamqonlikdan aziyat chekayotgan insonlarga judayam foydali hisoblanadi.

Shu jumladan bilish muhimki, lavlagi sharbatini haddan tashqari koʻp va notoʻgʻri isteʼmol qilish, organizmni zararlashi mumkin. Bu holda odam oʻzini noqulay his qiladi, bosh aylanib, koʻngil behuzur boʻladi.

Shuning uchun lavlagi sharbati ichishdan oldin, oʻz sogʻligiga shikast yetkazmaslik maqsadida shifokor bilan maslahatlashish kerak. Lavlagi sharbatini qanday hollarda toʻgʻri isteʼmol qilish kerak ekanligini har qanday terapeft biladi va bu borada sizga oʻrinli maslahat bera oladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



