Oyoqlar nimalarga qodir?.. Oyoqlar haqida qiziqarli faktlar

Inson oʻrtacha hisobda kuniga 10000 ta qadam tashlaydi. Umri davomida esa 185000 km yoʻlni bosib oʻtadi, bu yer sharini 4 marta aylanib chiqish bilan barobar.

Ayollar kun davomida erkaklarga nisbatan 5 km koʻproq yoʻl yuradilar.

Insoniyat tarixidagi ilk poyabzal bundan 5 000 000 yil avval muzlik davrida hayvon terisidan tayyorlangan.

90 foiz ayollar oʻzlariga kichik poyabzal kiyib yuradilar.

Qadimgi rimliklar ilk bor oyoq kiyimni chap va oʻng tomonga ajratganlar.
Ayollar erkaklarga nisbatan oyoq bilan bogʻliq muammolarga 4 marta koʻproq duch keladilar.

Oyoq kunning ikkinchi yarmida yetarlicha shishgani sabab, poyabzal harid qilish uchun aynan shu vaqtda yoʻlga chiqish lozim. Yoʻqsa yangi tuflingiz oyoqni siqishi mumkin.

Inson turgan holatida oyoq oʻlchami asl holatidan kattalashadi.

Poyabzal oʻlchami ilk bor Qirol Edvard II tomonidan 1324 yili Angliyada oʻylab topilgan.U bitta don diametri, 0,838 sm, bir oʻlcham boʻlishi haqida eʼlon qilgan. Ushbu tizim bugunga qadar saqlanib qolgan.

Poshnadagi balandlikning har bir santimetri oyoq barmoqlariga boʻlgan bosimni 25 foizga kuchaytiradi. shu bois ham ayollarning oyoq bilan bogʻliq muammolari erkaklarnikiga qaraganda koʻproq boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



