Oshxona

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi
Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Bu mamlakat aholisi vilkadan faqatgina past tabaqali insonlar taom yeydi, deb hisoblaydi.

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Odatlar ham har xil boʻlar ekan, qarang. Masalan, Yaponiya va Hindistonda mehmonning ovqatni idishda qoldirmay, oxirigacha yeb qoʻyishi mezmon uchun maqtovni bildirsa, Xitoyda buning tamoman aksi boʻlar ekan. Mezbon mehmonning bunday harakatidan xafa boʻlar ekan, chunki odat boʻyicha ovqatning mezbon tomonidan oxirigacha yeb qoʻyishi mezbon taomni kam suzgani va mehmonning toʻymay qolganini bildirar ekan.

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Qirqichdan chiqarilgan pishloq taomga oʻzgacha bir taʼm beradi. Buni hamma qatori italiyaliklar ham yaxshi bilishadi, ammo ular hech qachon va hech qanday sharoitda pishloqni baliq, qisqichbaqa va boshqa shu kabi dengiz mahsuilotlari bilan aralashtirmaydilar.

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Italiyaliklarni qahvani sevuvchi xalq, deb oʻylasangiz xato qilasiz. Haqiqiy italiyaliklar ovqatlanib boʻlgandan keyin sutli qahva ichmaydilar, chunki ularning fikrlaricha, sut hazm qilish jarayoniga salbiy taʼsir qilishi mumkin ekan.

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Yaponiyada taomning mazali ekanligini bildirish uchun chin dildan chapillatib yeyiladi. Bundan tashqari yaponlarning fikricha, chapillatish taomning mazasini yanayam kuchaytiradi.

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

U yerda baliqning toʻnkarilishi yomon belgi hisoblanadi. Bu shu baliqni tutgan baliqchining qayigʻini agʻanayotganini bildiradi. Shuning uchun baliq yemoqchi boʻlsangiz tinchgina oʻtirib yeng!

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Portugaliya va Misrda taomga qoʻshimcha tuzdan foydalanmaganligingiz maʼqul. Chunki bu narsa oshpaz ovqatni maromiga yetkazib tayyorlamaganligini bildiradi.

Turli xil mamlakatlardagi ovqatlanish odobi

Angliyada choyni qoshiq bilan aralashtirayotganda, qoshiqning ovozi chiqmasligi kerak, haqiqiy britaniyaliklar ayni mana shunday yoʻl tutadilar. Soʻngra ular aralashtirib boʻlgach, qoshini likopchaga qoʻyadilar. Siz ham shunday qilishingiz lozim, aks holda “choynak” laqabini olishingiz mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar