Oshxonda turli mayda-chuyda narsalarni chiroyli holatda saqlash yoʻllari

Ochiq tokchalar– boʻshliqni osma shkaflar bilan toʻsib qoʻyish istagi boʻlmaganida yaxshi usul, shuning uchun kichgina oshxonalar bilan birga keng oshxonalarga ham mos kelaveradi. Eshik hamda oynalarning atrofida koʻp hollarda boʻsh qoladigan hududni tepasi-yu yonlarini romlashtirish mumkin – ham chiroyli, ham foydali.

Agar sayohatlardan olib kelingan yorqin likopchalar bilan koʻzachalarni shu tokchalarga qoʻyib qoʻyilsa, ular koʻrkamlikni vujudga keltiradi. Bundan tashqari bu joyga pazandalik sanʼati toʻgʻrisidagi bejirim kitoblar, yormalarni saqlash uchun rangli idishlar, bezakli patnislar bilan kosalaru piyolalarni terib qoʻysa ham boʻladi. Shunday qilsangiz siz tez-tez yangi taomlar pishirib ularni chiroyli idishlarda dasturhonga tortasiz.

Yana bir maslahat– bankalar, butilkalar, konteynerlar va qutilar tokchalarda hamohang boʻlib koʻrinishi uchun uslubi va rangi oʻxshash idishlarni tanlang.

Taxmonda tokchalar yaxshi koʻrinadi, bunga eshiklar qoʻshilsa moʻjazgina shkaf hosil boʻladi. Ishchi yuza sathida joylashgan chuqurlikda blender, kofe qaynatgich va tosterlarni saqlash juda qulay. Uni parda yoki tortma eshik bilan toʻsib qoʻysangiz siz xonaning uslubiy bir hilligini saqlab qolasiz. Agar oshhona bilan taxmonning kattaligi imkon bersa bemalol hamma zaruriy tortmalar va tokchalariga ega boʻlgan omborchani barpo qilsa boʻladi. Joyni tejash uchun uniikki yoqqa suriladigan eshikchalar bilan jihozlasa boʻladi.

Devorda oʻrnatilgan perforator yodamida teshib chiqilgan yoki toʻrsimon panel ilgaklarda tovalarni chovlilarni, qirgʻichlar bilan taxtachalarni, shu bilan birga sochiqlar va yengchalarni ilib qoʻyishga imkon tugʻiladi.


Oshxona fartugi hududidagi reylingi mislsiz qulay: undagi ilgaklarda idish yuvish vositasi turadigan tokcha, kurakchalar va kapgirlar uchun konteynerlar, ziravorlar uchun bankachalar hamda qaychi kabi alohida narsalar ilib qoʻyilishi mumkin.
Oshpazlik choʻmichlarini ilib qoʻyib saqlanishini shuningdek pastki va yuqorigi shkaflarning yonboshlarida yoki shiftga shtanga bilan panjara oʻrnatib orolsimon oshxona ishchi hududining tepasiga joylashtirish mumkin.

Birinchi navbatda tortmalar iloj qadar kengroq ochilishi toʻgʻrisida qaygʻurmoq lozim: shunda u нerda nima bor ekanligi koʻrinib turadi va kerakligida unga solingan narsani olibi ishlatish ham juda qulay.

Oshxona anjomlari uchun boʻlinmali tortma tortmalar harid qilingani afzalroq. Shu bilan birga ular sizning ehtiyojingizga moʻljallangan boʻlishi kerak. Har bir pichoq alohida yotsa ularni charhlanishi kamroq boʻladi.

Katta tortmalarda kengroq joyni hosil qilish imkonini beruvchi narsalar – boʻluvchilar va tagliklar. Masalan, kastryulyaning qopqoqlarini yoʻqotib qoʻymaslik uchun ularnitor boʻlimda yoki maxsus taglikda tikkalatib joylashtirib qoʻyish mumkin. Tortmaning tubidagi perforator yodamida teshib chiqilgan taxtaga oʻrnatilgan qoziqchalar ochilib yopilganda likoplarni butunligini taʼminlash hamda ularni toʻplab saqlash imkonini beradi.

Bir necha shamollatiladigan boʻlimlarni xona haroratida saqlana oladigan meva va sabzavotlarga ajratsa boʻladi. Agar qutini chuqur lotoklar yoki boʻlmalarda reykalar oʻrnatilib boʻlinsa unda nima va qayerda turganini aniq esda saqlab doimo tartibni saqlash mumkin.

Tunuka tova, taxtachalar va pishiriqlar uchun qoliplarni oshxona garniturining pastki tortma tortmasida saqlasa boʻladi. Shunda shkaf bilan polning orasidagi joydan ham unumli foydalangan boʻlasiz. Yoki agar uyingizda honaki erkatoyingiz, yaʼni it, mushuk yoki sayroq qushlaringiz boʻlsaular uchun ozuqani shu yerga joylashtirib saqlashingiz mumkin – tartib va ozodalik aʼlo darajada boʻladi.

Pastki shkaflarda kattaroq maishiy texnikani, katta kastryulkalarni saqlash mumkin. Eshiklarining tashqarisiga bir-ikkita ochiq konteynerlarni oʻrnatib qoʻying – u yerga ovqat pishirish paytida poʻchoqlarni stoleshnitsaning oʻzidan surib tushirishingiz mumkin. Darvoqe, axlat uchun idishlarni ham tortma tarzda ishlaydigan qilsa boʻladi, chunki shunda toʻlgan axlat haltasini chiqarib olish va uning oʻrniga yangisini qoʻyish ancha qulayroq.
Yoki, masalan, rakovinaning tagiga qoʻymasdan ularuchun umuman alohida qutini jihozlasa boʻladi. Uning ostiga esa qulay tokchalarni joylab, eshikka esa ichkari tomondan gubkalar, lattalar, choʻtkalar va maishiy himiya uchun dataklarni oʻrnatsa boʻladi.
Tortmalar mexanizmlari xatto eng chuqur qutilar vazifalarini kengaytirib yuboradi – endi orqa devorga qoʻl choʻzish kerak emas, dastakni tortsangiz boʻldi

Osma shkaflarning tokchalari odatda juda baland, masalan, idish va chashkalar uchun quritish moslamasi bilan tokchalar oʻrtasida ancha boʻsh joy qoladi. Bu yer boʻsh qolmasligi uchun pichoqlar tokchasi sifatida foydalaning, bu saqlash uchun qoʻshimcha qavatni vujudga keltiradi. Tokchaga osma qoʻyilmani joylab unga joylar bilan dorivot oʻtlar yoki folga oʻramini, pergament va oziq ovqat plyonkasini qoʻyib saqlash mumkin.
Non bilan pishiriqlarni savatchaga qoʻying, shunda non ushoqlarini yigʻishtirib olish ancha osonroq kechadi. Sevimli retseptining bilan tez-tez pishiriq pishirib turasizmi? Un, yumshatuvchi, ziravorlar, elak, shaklchalar bilan suprani qutigasolib qoʻysangiz har safar kerak boʻlganida butun oshhona boʻylab ularni istab yurmaysiz. Agar shiftning balanligi yetarlicha baland boʻlsa, yuqoridagi shkaflarni ikki qator qilib joylashtirsa boʻladi – faqat yigʻma narvoncha uchun joyni ham tanlab qoʻyishingizga toʻgʻri keladi.
Agar oshhonaningiz sal torroq boʻlsa har bir burchakdan foydalanish juda ham muhim. Bunda maxsus qutilarsizga yordam beradi – noodatiy shakl va joylanishi hisobiga ular turli mayda-chuyda narsalar uchun anchagina joyni ajratilishiga yordam beradi. Burchakdagi shkafga torma mehanizm yoki “aylanma argʻimchoq” oʻrnatsangiz qoʻlingizning yengil harakati bilan oʻzingizga kerakli idishni bemalol ola olasiz.

Aslida hamma gap ikir-chikirlarda boʻladi. Oʻzingiz oʻylab koʻring, balki, stoleshnitsaning tagidagi qutilarning oʻrniga sizga tortma ishchi yuza koʻproq foydali boʻlar? Yoki uning tagida doimiy bir joyda turadigan ostki shkaf oʻrniga joydan joyga koʻchirilsa boʻladigan gʻildirakli tumba qilinsa yaxshi boʻlar? Shunday boʻlsa uni nafaqat ovqat pishirish paytida, balki ovqatlanish paytida ham stol sifatida ishlatsa boʻladi.

Agar kichgina plastik konteynerlarga magnitchalarni yopishtirib qoʻyilsa, ularni sovutgichga yopishtirib qoʻyish mumkin. Krupalar va ziravorlar uchun moʻljallangan bankalarning qopqoqlarini osma shkaflarning tubiga qotirib qoʻyib, shu bilan foydasiz hududni ishga solish mumkin.

Butilkalardagi ichimliklar, xonaki konservalar bilan bayramlarda ishlatiladigan idishlarni taxmonlarda hamda tokchalarning ustida korobkalarda yoki qutilarda saqlash mumkin. Eng asosiysi – ular bir hil uslubda boʻlishi bilan oshxonaning koʻrkiga koʻrk qoʻshsa boʻlgani.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



