Oshxona

Idish-tovoqlarni tozalash mumkin boʻlgan vositalar va ularni uy sharoitida tabiiy vositalar yordamida tayyorlash usullari

Idish-tovoqlarni tozalash mumkin boʻlgan vositalar va ularni uy sharoitida tabiiy vositalar yordamida tayyorlash usullari

Xantal kukuni barcha turdagi yogʻlarni yaxshi ketkazadi. Shuning uchun yogʻ bosgan likop va kostrulkalarni tozalashda bekalarga beminnat yordamchi boʻlishi aniq. Buning uchun xantal kukuniga gubka botirilib, idishlarga ishqalansa bas, muammo hal.

Idish-tovoqlarni tozalash mumkin boʻlgan vositalar va ularni uy sharoitida tabiiy vositalar yordamida tayyorlash usullari

Idishlarni dezinfeksiyalovchi eng kuchli vosita sirka boʻlib, u oshxona buyumlaridagi mogʻor va viruslarni yaxshi bartaraf etadi. Buning uchun sirka idish yuvish gubkasiga purkalib, u bilan buyumlar yuviladi. Sirka, ayniqsa, shisha idishlarni yuvishda qoʻl keladi.

Idish-tovoqlarni tozalash mumkin boʻlgan vositalar va ularni uy sharoitida tabiiy vositalar yordamida tayyorlash usullari

Barcha uy bekalariga yaxshi tanish boʻlgan kir yuvish sovuni oshxona idishlarini risoladagidek tozalab, hatto hid ham qoldirmaydi. Chunki sovunga hech qanday kimyoviy qoʻshimcha va ranglar qoʻshilmaydi. Shu bois ham uni havfsiz vosita deyish mumkin.

Idish-tovoqlarni tozalash mumkin boʻlgan vositalar va ularni uy sharoitida tabiiy vositalar yordamida tayyorlash usullari

Toʻgʻri, kulni shaxar sharoitida topish qiyin, lekin qishloq yoki dala xovliga borganingizda tandirdagi, oʻchoqdagi kuldan idish yuvishda bemalol  foydalanishingiz mumkin. Kul yogʻ va qalin qatlamli chirklarni yaxshi ketkazadi. Qoʻlni himoyalash uchun hech qanday qolqopdan foydalanish ham shart emas.

Kul, ayniqsa, sirlangan choynak va kastrulkalar yuzasiga sepilib, ustidan hoʻl mato yordamida ishqalanilsa, ularni yarqiratib yuboradi.

Idish-tovoqlarni tozalash mumkin boʻlgan vositalar va ularni uy sharoitida tabiiy vositalar yordamida tayyorlash usullari

Buning uchun sizga yarimta kir sovun, 1 stakan qaynoq suv, 1,5 osh qoshiq soda, 1,5 oshqoshiq xantal kukuni va 2 oshqoshiq nashatir spirti kerak boʻladi.

Xojalik sovuni qirgʻichdan chiqarilib, unga stakandagi suvning yarmi quyiladi va suv bugʻida ushlanadi.

Sovun erigach, suvning qolgani quyiladi. Smetanaga oʻxshash massa hosil boʻlishi kerak. Massa biroz sovugach, unga soda va xantal kukuni qoʻshib aralashtiriladi.

Soʻngra nashatir spirti solib, mikserda koʻpirtiriladi. Hosil boʻlgan pufakchalar olib tashlanishi lozim. Tayyor massa ogʻzi keng va qopqoqli idishga solinadi. Idish qopqogʻ quyilgunicha yopib qoʻyilishi lozim, aks xolda nashatir spirti “uchib ketishi” mumkin. Ushbu tabiiy gel oshxonangizga gard ham yuqtirmaydi.

Idish-tovoqlarni tozalash mumkin boʻlgan vositalar va ularni uy sharoitida tabiiy vositalar yordamida tayyorlash usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar