Qiziqarli

Vengriya mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar

Vengriya mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar

Vengriya davlati vakillari Nobel mukofotini deyarli barcha yoʻnalishlar boʻyicha qoʻlga kiritgan. Aholining taʼlim darajasi va kuchli bilimi yuqori darajada ekanligi kishida unutilmas taassurot qoldiradi.

Vengriya Yevropaning eng tarixiy davlatlari roʻyxatidan mustaxkam joy olgan. Uning tarixi 896 yildan boshlanadi.

Vengriya mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar

Mahalliy aholi pazandachilik bobida juda mahoratli, ular deyarli barcha taomlariga paprika qoʻshadilar.

Vengriyaning vino ishlab chiqarish sohasi juda rivojlangan. Mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan koʻpikli ichimlik hatoki qirollarning ham eʼtiboriga tushgan.

Vengriyaliklar zamonaviy ruchkaning yaratilish jarayoni oʻzlariga tegishli ekanligidan faxrlansa arziydi.

Barcha sevuvchi, ajoyib mashgʻulot boʻlgan kubik-rubikni ham vatani Vengriya hisoblanadi. 

Vengriya mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar

Vebger tilining koʻp soʻzlari rus tilining soʻzlariga oʻzshab ketadi. Faqatgina aytilishi va maʼnosi butunlay boshqacha. Masalan: “Basseyn” soʻzi venger tilida haroratlash maʼnosini bildiradi.

Koʻp hollarda “Kichik dengiz” deb ataluvchi Balalon koʻli yevropa qitʼasining markaziy qismidagi eng katta koʻl sanaladi. Ushbu suv havzasining asl goʻzalligidan baxramand boʻlish uchun mamlakatga minglab sayyohlar tashrif buyurishadi.

Vengriya mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar

Vengriyaning mashxur “Xarend” kompaniyasi qoʻl mehnati bilan yaratiluvchi betakror shisha idishlarni ishlab chiqaradi. Uning mahsulotlari dunyo boʻyicha haridorgirligi bilan ajralib turadi.

Vengriya oshxonasi oʻzining tansiq gulyashi bilan ham juda mashxur.  Ushbu mamlakatda gulyash deganda dimlangan goʻshtni emas, mazali shoʻrvani tushuniladi.

Budapeshtga borgan sayyohlar koʻchalar boʻylab poytaxt tramvayida sayohat qilish imkonini qoʻlga kiritadilar.

Vengriya mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar

Vengriyadagi eng uzun koʻprik  “oʻn arkali” boʻlib, uning uzunligi 167 metrni tashkil etadi.

Yevropa qitʼasidagi eng  katta sinagoga Budapeshtda joylashgan boʻlib, ushbu ibodatxona bir vaqtning oʻzida ichiga 3000 kishini sigʻdira oladi.

Budapesht metro poezdlari koʻp yillar avval yaʼni 1896 yili paydo boʻlgan.

Vengriya mamlakati haqida qiziqarli maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar