Afsonaga aylangan goʻzallar taqdiri: XX asrning mashhur 4 aktrisasi haqida

Maftunkor aktrisa Greys Kelli faoliyatini atigi 4 yil davom ettirgan. U 1952-yildan1956-yilga qadar kino olamida faoliyat olib borgan. Aktrisaning nomzodi ushbu davr ichida ikkita nominatsiya boʻyicha “Oskar” mukofotiga qoʻyilgan. Yulduz “Qishloqi qiz” filmi uchun mukofotni qoʻlga kiritdi. Greys Kelli avsonaviy Alfred Xichkokning 3ta filmida suratga tushdi. Aktrisa oʻz muhabbati uchun faoliyatiga nuqta qoʻydi.

Monakoning buyuk knyazi Rene III rafiqasining filmlarda suratga tushishiga qarshilik qilgan. Ular 3 nafar farzandning ota-onasiga aylanishgan. Greys Kelli 52 yoshda avtomobil halokati oqibatida dunyodan koʻz yumdi.

Oʻz vaqtida Odri Xepbern Gollivudning eng goʻzal, zamonaviy va talabgir aktrisalaridan biri boʻlgan. Uni Amerika kino olamidagi eng yaxshi aktrisa deb ham atashadi. Yulduzning oshiqlari son-sanoq bilmasdi. Odri juda oʻqimishli inson oʻlib, 6 ta tilni bilgan, adabiyotga juda qiziqqan. U oʻzining faoliyati davomida 32 ta filmda suratga tushgan. Ularning eng mashxurlari esa “Rim taʼtillari”, “Mening sohibjamol honimim”, “Urush vatinchlik”, “Sharada” kabilar boʻlgan. Odri Xepbern ichak saratoni kasalligidan vafot etgan.

Gollivudning eng sohibjamol aktrisalari haqida soʻzlay turib, Merlin Monroni yoddan chiqarish mumkin emas, albatta. Merlin Monro oʻz davrining moda timsoliga aylangan, jozibasi bilan barchani maftun eta olgan va shoirlar sheʼrlariga mavzu boʻla olgan maftunkor aktrisa edi. Merlin Monroning shuxrati bugungi kunga qadar yetib kelgani ham bejizga emas. Merlin Monro ijodiy faoliyati davomida 28 filmda suratga tushgan. Aktrisa juda erta 36 yoshida olamdan koʻz yumdi. Uni Los-Anjelesdagi uyidan jonsiz holda topishgan. Oʻlimiga sabab esa koʻp midorda ichilgan uyqu dori boʻlgan ekan.

“Shamollarda qolgan hislarim” serialidagi Skarlett Oxara roli bilan barchaga tanilgan Viven Li Gollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biri boʻlgan. Orson Uells kunlarning birida aktrisa haqida uning asr davomida dunyoga keladigan va butun dunyo nigohini oʻziga rom eta oladigan ayollardan ekanligini aytgan edi. U barcha rejissorlarning orzusi boʻlishiga qaramay ijodi davomida atigi 21 ta filmda roʻl ijro qildi. Ular orasida “Shamollarda qolgan hislarim”, “Anna Karenina”, “Orzu tramvayi” kabi asarlarni alohida taʼkidlab oʻtish lozim. Viven Li 53 yoshida sil kasalligi sabab olamdan koʻz yumdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



