Dollar kupyurasining siri: unda nimalar tasvirlangan va qanday jumboqlar yashiringan?


Oddiz koʻz bilan uni ilgʻash qiyin, ammo lupa orqali qaralganda, bir raqami orqasida tepa qismning oʻng tarafida qandaydir mitti jonivorni koʻrish mumkin. Baʼzilarning fikricha, bu burgutning rasmi, boshqalaning aytishicha bu yerda oʻrgimchak tasvirlangan, yana bir toifa odamlar esa inson kalla suyagi, deb taxmin qilmoqdalar. Aniq va rasmiy maʼlumot esa hozircha yoʻq.

Bu harfni koʻrish uchun hech qanday kattalashtiruvchi moslamaning keragi yoʻq, u yaqqol koʻrinib turibdi. Bu yerda hech qanday jumboq va mistika ham yoʻq. Bu harf kupyura Federal rezervning qaysi bankida chop etilganini bildirib turadi. “G” harfi Chikagoni bildirsa, “F” harfi – Atlantani, “B” harfi – Nyu-Yorkni bildiradi.

U dollar kupyurasining orqa tomonida tasvirlangan. Qalqon bilan tasvirlangan burgut 13 ta kamon oʻqi hamda 13 ta zaytun mevali shoxni ushlab turibdi. Sinchiklab qaralganda 13 raqami bilan bogʻliq yana bir qancha ramzlar bor. Xoʻsh. Nima uchun aynan 13 raqamiga bu yerda koʻp marotaba murojaat qilingan. Bu yerda ham aniq bir izoh yoʻq. Koʻpchilik 13 sonini mistik hususiyatga egaligini aytib, bu Amerikaning butun dunyoga hukmronlik qilishga intilishini bildiradi desa, yana boshqalar bu Amerika davlati tashkil boʻlayotganda vaqtda 13 ta koloniyadan iborat boʻlganligi bilan bogʻliqligini aytishmoqda. Nima boʻlganda ham koʻp marotaba urgʻu berilganligiga qaraganda, 13 soni bu yerda bejiz tasvirlanmagan.

Bu bir dollarlik kupyuraning keng tarqalgan jumboqlaridan biridir. Taxmin qilishlaricha, bu AQSH Yaratuvchi tomonidan kuzatilib turganini bildirishi mumkin, boshqa versiya boʻyicha esa – bu masonlik maxfiy tashkilotining ramzi boʻlmish “barcha narsani koʻrib turuvchi koʻz”dir.

“Koz” tasviridan quyiroqda, piramidaning pastki qismida “MDCCLXXVI” yozuvini koʻrish mumkin. Bu “shifr” da hech qanday jumboq ham, maxfiylik ham yashiringan emas. MDCCLXXVI – bu Rim raqamlari boʻlib, 1776 sonini bildiradi. Aynan 1776 yilda Amerika mustaqillikka erishib, oʻzini mustaqil davlat, den eʼlon qilgan.
Bularning barchasi taxmin xolos. Jumboq jumboqligicha qolmoqda, dollar esa hali beri sirlarini ochadigan koʻrinmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



