Pazandalikka ihlosmandlar uchun kichik ayyorliklar

1. Agar guruch oʻzining oq tusini yoʻqotishini istamasangiz, qaynatayotgan chogʻingizda unga biroz sirka qoʻshib yuboring.
2. Marinadlangan goʻshtga yangicha taʼm bagʻishlash uchun unga taʼbga koʻra tuz, murch va uzum sharbati qoʻshib yuboring.

3. Agar pishirayotgan pirogingiz ustki qismi biroz kuysa, unga nam qogʻoz qoʻying.
4. Jigarni tayyorlash jarayonida tuzlamang, aks holda u qotib qoladi. Uni faqatgina pishishiga ozgina qolgan paytda tuzlang.

5. Bulyon tayyorlash uchun unga muz parchasini solib qaynatsangiz, u tiniq koʻrinishga ega boʻladi.
6. Qaynayotgan loviya qorayib ketmasligi uchun idishning qopqogʻini ochiq qoldiring.

7. Qaynatilgan tuxumni kesayotgan paytingiz maydalanib ketmasligi uchun oʻtkir pichoq tigʻini iliq suvga botirib olish kifoya.
8. Tayyorlayotgan taomingizga oʻziga xos maza bagʻishlash uchun, biroz limon sharbatiga ozgina tuz solib, taomga qoʻshib yuboring.

9. Tayyorlagan qiymangizning mazasi yanada lazzatli boʻlishi uchun uning ichiga piyoz, ozgina qovurilgan piyoz va kam miqdorda kartoshka solib yuboring.
10. Baqlajondagi achchiq taʼmni yoʻqotish uchun uni mayda boʻlaklarga boʻling va ustidan tuz sepib, biroz muddatga sovuq suvga solib qoʻying.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



