Hindiston haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Mamlakat aholisining qariyb 40 foizi vegetarianlardir. Hinduizm goʻshtdan foydalanishni taqiqlamasa ham, oziq-ovqatda meʼyorga rioya qilish tavsiya etiladi.

Sigir hindlar uchun muqaddas hayvon sanaladi, ular ushbu hayvonga katta hurmat bilan qarashadi. Shu bois hatto katta shaharlarning koʻchalarida sigirlar bemalol yurishadi va Hindistonning baʼzi shtatlarida hatto sigirni oʻldirgan insonni qamoqqa olishlari ham mumkin.

Hindistonning eng yirik shaharlari - Mumbay (1995 yilgacha - Bombey) va Dehli. Mumbayda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga 20 ming kishidan oshadi. Shu bilan birga, shaharda erkaklar ayollarga qaraganda ancha koʻp. Bunga sabab u yerga ishlash maqsadida turli diyorlardan tashrif buyuruvchilar soni ham ancha koʻp.

Jahon kinomotografiyasida Hindiston muhim ahamiyat kasb etadi, har yili mamlakatda 1000 ga yaqin filmlar ishlab chiqariladi. Sotilgan kino chiptalari soni dunyoning boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda 3 milliarddan koʻproqni tashkil qiladi. Har bir hind filmida oʻrtacha hisobda 5-6 ta qoʻshiq yangraydi.

Hindistondagi eng mashhur sport turi kriket sanaladi. Ushbu mamlakatning milliy terma jamoasi 1983 yilda jahon chempioni boʻldi. Bu yerda kriket inglizlar tufayli paydo boʻldi, chunki Hindiston koʻp yillar davomida Britaniya mustamlakasi edi. 1900 yildan beri hindistonlik sportchilar Olimpiya oʻyinlarida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar. Kriket boʻyicha ular juda mohir oʻyinchi boʻlib, 8 marotaba oltin medalni qoʻlga kiritishgan.

Hind kinosi barcha Bollivud deb ataydi, aslida u Hindistondagi kino kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Hind kinosi yurakni hayajonlantiradigan hikoyalarga boy, hatto Santa Barbara uning oldida biroz oqsaydi, qoʻshiqlar va raqslarga boy, hamisha yaxshilik yomonlik ustidan gʻalaba qozonadi. Hindistonda har yili ichki bozor uchun 1000 dan ortiq filmlar tayyorlanadi, ularning toʻplamlari milliardlab dollarni tashkil etadi.

Hindiston aholisining atigi uchdan ikki qismi oʻqishi va yozishi mumkin. Bundan tashqari, ayollar orasida savodxonlik darajasi atigi 45 foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, mamlakatda 500 dan ortiq oliy oʻquv yurtlari mavjud va ularning aksariyati taʼlim sifati boʻyicha Evropa universitetlaridan kam emas. Ammo hamma ham oʻqish uchun pul (yiliga taxminan 15000 dollar) toʻlay olmaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



