Karantin vaqtida vazn orttirmaslikning asosiy 7 qoidasi

Bu barchaga oddiydek tuyuladi, lekin aynan ushbu qoidaga koʻpchilik eʼtibor bermaydi.Karantindan oldingi ovqatlanish tartibingizni davom ettirishga harakat qiling. Odatdagi rejimning oʻzgarishi ishtaxaga noʻtoʻgʻri taʼsir etishi mumkin. Lekin bu ertalabdan kechgacha buterbrodni gazli ichimlik bilan isteʼmol qilib yurganlarga tegishli emas. Ular allaqachon sogʻlom ovqatlanish rejimini tuzib chiqishlari kerak.

Koʻp odamlar kaloriyalarni hisoblash usulini keraksiz deb hisoblaydi, ammo bu usul ortiqcha vazn yigʻilmasligi uchun juda zarur. “Kuniga maksimal 1200 kkal” rejimini tuzing. Oddiy ovqatlaning biroq oʻzingizni och qoldirmang. Bugungi kunda internet orqali jinsingiz, yoshingiz, vazn va boʻyingizni hisobga olib kaloriya hisoblashning oson usullarini topishingiz mumkin. Kaloriyalarni hisoblash qatʼiy dietasiz kilogramm yoʻqotishning samarali usullaridan biridir.

Monitor qarshisida ovqatdan bosh torting, shunda siz vaznni kuch sarflamasdan yoʻqotishingiz mumkin. Hozirda koʻpchilik karantin chogʻida televizorda turli tuman filmlar, koʻrsatuvlar tomosha qilmoqda. Shu jarayonda taom isteʼmol qilish holatlari ham yoʻq emas. Ajablanarlisi shundaki, monitor qarshisida taom isteʼmol qilgan odam toʻyganini his etmaydi. Agar siz televizor koʻrib ovqatlanishga odatlangan boʻlsangiz, u holda kichik kosaga suzilgan taomingizni yengda, toʻyganingizni sezmasangiz ovqatdan soʻng sabzavotli salatlar isteʼmol qiling.

Ish bilan yelib yugurgan paytlarimizda vazn yoʻqotib yurar edik. Karantinda esa deyarli koʻpchilik divanda yotadi, kam harakat boʻlib qoladi. Shu bois ham jismoniy harakatlarni toʻxtatmang. Mashqlar orqali siz ortiqcha vazn toʻplashning odini olasiz, salomatligingiz yaxshilanadi va kayfiyatingiz ham chogʻ boʻladi. Qomatni yaxshi saqlash uchun terlab, ogʻir jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishning hojati yoʻq. Karantin paytida chunchaki kundalik yengil mashqlar bilan shugʻullanishning oʻzi kifoya.

Sogʻliqni saqlash vazirligi iloji boricha tez-tez uyni shamollatish va tozalashni tavsiya qiladi. Faqat COVID-19 pandemiyasi paytida emas, balki har doim. Bu sogʻlikka foydali va koʻzlarga quvonch baxshlaydi. Tozalash boshqa afzalliklarga ham ega. U nafaqat uyni, balki miyani tozalashga ham yordam beradi. Uyni tozalash karantin uchun juda yaxshi faoliyatdir, chunki u qoʻshimcha kaloriyalarni mukammal darajada yoʻqotadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



