Titanik filmidan ajoyib fotosuratlar

"Titanik" deyarli kompyuter grafikasidan foydalanmasdan suratga olingan. "Choʻkish" sahnasi haqiqiy kema modellari yordamida suratga olingan. Shunchaki hammasi tabiiy mashtabda olinmagan halos. Baʼzi sahnalarda ular juda kichik qayiqdan foydalanishgan, oʻlchamini esa fotosuratdagi odamlar bilan taqqoslasangiz boʻladi.

Filmdagi eng qiyin saxna kemaning singan qismi vertikal holatda koʻtarilgan voqea edi. Buni esa faqat pavilonda suratga olish mumkin edi.

Baʼzi joylarda manekenlar ham ishlatilgan. Oldindan tayyorlangan kaskadyorlarga ham bu ijro oson boʻlmagan. Keyinchalik film yaratuvchilarining taʼkidlashicha, kamida uch kishi ushbu sahnani suratga olish paytida yiqilib tushgan.

Filmni suratga olish aktyorlarni biroz charchatdi, shuning uchun ular dam olishga qarshi emasdilar. Hattoki liftning manzarasida ham.

Kameron suratga olish jarayonini sinchkovlik bilan nazorat qilgani uchun u tez-tez kadrga kiradi. Bu yerda unga raqsga tushayotgan aktyorlardan ham qiziqarlidek tuyuldi.

Filmda bu manzara juda dramatik koʻrinadi - Jek balandlikdan yiqilib tushayotgan Roseni paluba tomon tortadi. Biroq, suratga olish jarayonida hamma narsa unchalik ham dahshatli koʻrinmadi. Yiqilish masofasi baland emas edi va agar biror narsa notoʻgʻri ketsa, aktrisa Kate Uinsletni ushlashga tayyor boʻlgan yordamchini (zerikib ketgan) koʻrishingiz mumkin.

Kameron ushbu sahnani shaxsan oʻzi yaratdi. Qoʻllarning burchagiyu, qahramonlarning boshini burilganini deyarli millimetrgacha oʻzi saxnalashtirdi.

Tizza emaskuya beldan keluvchi dengiz, shundaymi? Biroq chuqur koʻrinishni bera olgan. Filmning soʻnggi sahnalari, Rose va Jek suvga tushib qolishganida, ular bir metrga yaqin chuqurlikdagi suratga tushishdi.

Kameron taxsinga sazovor rejissor, boisi u suvda qahramonlari bilan tengma teng mehnat qildi. Toʻgʻri, ulardan farqli oʻlaroq, u odatda suv oʻtkazmaydigan shim va etiklarda (issiqroq kiyingan) edi.

Jamoadagi hamma hoʻl edi, hatto pardoz ustalari ham. Baʼzan qahramonlarning grimini suvda tuzatishga majbur boʻldilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



