Qiziqarli

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, "Tovuq katagidan qochish" multfilmidagi har bir parrandaning boʻynida albatta qandaydir aksessuar mavjud: sharf, marjon yoki taqinchoq. Buning sababi shunday edi: ushbu multfilmdagi tovuqlar, aniqrogʻi ularning modellari plastilindan yasalgan va bundan tashqari ular boshlarini burishlari kerak edi. Paydo boʻlgan burmalarni yashirish uchun animatorlar boʻyinga bezaklar bilan hiyla-nayrang ishlatishgan.

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Dastlab, "Suv parisi" multfilmini yaratuvchilar Arielni jingalak sochli holda koʻrishni xohlashgan, ammo, 1989 yilning kompyuter grafikasi bunga imkon bermagan. Shunday qilib, Disneyning birinchi jingalaksoch malikasi bu "Brave" animatsion filmidagi Merida edi. Bu multfilm 2012 yilda yaratilgan. Tasavvur qiling: Merida qalpogʻini boshidan yechganida, jingalak sochlari uchadigan sahna 2 oydan koʻproq vaqt davomida yaratilgan!

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Coco siri multfilmida baʼzi bir qiziq maʼlumot mavjud. Masalan, qahramon yashaydigan Meksika shaharchasining asosiy koʻchasida siz  “Oʻyinchoqlar dunyosi” multfilmidagi katta qoʻgʻirchoq- Buzz Layter va chavandoz Vudini koʻrishingiz mumkin. 

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Maʼlum boʻlishicha, "Qirol sher" yaratuvchilari qiziq bir tafsilotni yashirishgan: mualliflarning fikriga koʻra, Mufasa va Scar aka-uka emas, balki bitta makonda yashaydigan ikki kuchli sher. Direktorlarning taʼkidlashicha, yovvoyi tabiatda, yetakchi qariganida, yanada kuchli va yosh sher paydo boʻladi.Multfilm yaratuvchilari esa  shunchakihayvonlar hayotidagi dalillarni qoʻllamoqchi boʻlishdi. Oʻsha paytdan ular Mufasa va Scarning aka-uka emasligini bilar edilar, ammo koʻp yillardan beri buhaqda tomoshabinlarga  gapirishmagan. 

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

Dastlab, multfilm yaratuvchilari Oppogʻoyni mallasoch qilishni rejalashtirishgan, ammo oxir-oqibat ular aka-uka Grimmlarining ertaklariga (barcha qahramonlar qora sochli ekanligiga) asoslanib qora sochli qilishga qaror qilishgan.

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar

"Shrek" soʻzi nemis tilidan "dahshat" deb tarjima qilinadi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu sevimli qahramonning prototipi bor - bu fransuz kurashchisi Moris Tiye. Uning kam uchraydigan kasalligi bor edi, buning natijasida suyaklar oʻsgan va qalinlashgan, ayniqsa old qismida. Tiye sportda katta muvaffaqiyatlarga erishdi va yillar davomida oʻziga xos tashqi koʻrinishini hazil bilan bogʻlashga oʻrgandi.

Multfilmlar haqida qiziqarli maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar