Asl vazifasi boshqacha boʻlgan va bu haqida siz bilmagan narsalar

Koʻpchilik ikki rangli ushbu ochirgʻichning toʻq sariq qismi qalam uchun, koʻk qismi esa ruchkalar uchun deb oʻylashadi.
Aslida oʻchirgʻichning koʻk tomoni qalinroq qogʻoz va kartondagi qalam chizgilarini , sariq tomoni yupqa qogʻozlardagi toʻq boʻlmagan chizgilarni oʻchirish uchun moʻljallangan.

Ichimlik idishi ustidagi temir tuynuk naycha oʻtishi uchun moʻljallangan.

Koʻpincha kompyuter kartrijdagi siyoh tugaganda sizni ogohlantiradi. Aslida, siz hali ham kartridjdan foydalanishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun kartrijni chiqarib, qogʻoz qisqichini ishlatib, pastki qismidagi tiklash (reset) tugmachasini bossangiz yetarli.

Ushbu ilgak koʻylak shaklini burushtirmasdan ilib qoʻyish uchun moʻljallangan.

Ushbu qoshiq teshigidan spagetti boʻlagini oʻlchash uchun foydalaning.

Djinsi shimdagi kichik choʻntak tanga uchun moʻljallanmagan. U ilk bora ishchilar choʻntak soatlarini solib yurishi maqsadida yaratilgan.

Pivo shishalari tor, choʻzilgan boʻyin bilan tayyorlanishining sababi, qoʻllardan keladigan issiqlik miqdorini kamaytirishdir. Shuning uchun, shishani aniq tor boʻyini bilan ushlab turish kerak.

Agar siz zudlik bilan oʻz qavatingizga koʻtarilishingiz kerak boʻlsa, eshik yopilguniga qadar eshikni yopish tugmasini bosib turing. Eshik yopilgandan soʻng ushbu tugma bosilgan holda oʻzingizning qavatingizni ham bosing. Shu yoʻl bilan siz toʻxtamasdan kerakli qavatingizga yetib olishingiz mumkin. Biroq ushbu usuldan faqatgina oʻta zarur holatlarda foydalanishni maslahat beramiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



