Tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollar

Oʻz vaqtida misrni idora qilgan va goʻzalligi bilan tillarga tushgan Kleopatra VII Filopator ismini eshitmagan odam boʻlmasa kerak. Afsonaviy malika Misrni 51-30 yillar davomida boshqargan. U oʻz davrining eng oʻqimishli ayollaridan boʻlib, sakkiz tilda soʻzlash olgan, harbiy soha, tibbiyot haqida ham katta bilimlarga ega boʻlgan. Kleopatra Ptolemeylar sulolasining vakilasi boʻlib, oʻz husni ila avval Gay Yuliy Sezarni, keyinchalik Mark Antoniyni hushidan ayirgan. 31 yilda Oktavian Avgust Misrni zabt qilganidan keyin, Antoniy va Kleopatra oʻzlarining joniga qasd qilishgan. Kleopatra timsoli Gʻarb va Sharq adiblari, shoir, dramaturg, rassom va haykaltaroshlarning asarlarida aks etgan, unga bagʻishlab koʻplab filmlar yaratilgan.

Indira Gandi oʻzining mashxur familyasiga qaramay, Mahatma Gandi bilan qarindosh boʻlmagan. Ammo aynan mana shu ayol maxatma Gandi va otasi tomonidan boshlangan ulkan ishni yakunlay olgan.
Gandi honim jamiyatdagi kastalar tizimini yoʻq qilish uchun kurashgan, ular orasidagi qonuniy toʻsiqlarni olib tashlagan va ayollar ustidan zoʻravonlikka yoʻl qoʻymasligi uchun bor kuchi bilan harakat qilgan. Uning boshqaruvi vaqtida Hindiston ulkan ichki va xalqaro mojarolar bilan toʻqnashdi-birinchi Hind-Pokiston urushi, Sharqiy Pokistondagi mojarolar sodir boʻldi, oqibatda, Bangladeshning mustaqilligi eʼlon qilindi. Harbiy inqirozlar oqibatida Gandi hukumati jamiyatning yuqori tabaqa vakillari bilan kelisha olmay qoldi. Shu sababli Indira xonimga 6 yil davomida siyosiy jarayonlarda ishtirok etish taqiqlab qoʻyildi. Ammo bunday zarba uni sindirish uchun yetarli boʻlmadi. Belgilangan muddat oʻtganidan keyin Indira Gandi qonuniy usullar bilan qaytadan hokimiyat tepasiga keldi.
Boshqaruvning ikkinchi davri diniy guruhlar- sikhlar va induizm tarafdorlari ila kurashlardan iborat boʻldi. Mamlakat shunday beqaror vaziyatda ham iqtisodiy rivojlanishda davom etdi. Indira Gandi hukumat tepasida boʻlgan vaqtlarda uning joniga koʻp bora qasd qilmoqchi boʻlishdi. 1984 yilning 31 oktyabr kuni amalga oshirilgan navbatdagi hujum oqibatida afsonaviy honim olamdan oʻtdi.

“Temir xonim” iborasini juda koʻpchilik eshitgan boʻlishi aniq, Buyuk Britaniya qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherga aynan shunday taʼrif berganlar.
U Buyuk Britniyani 1979 yildan 1990 yilga qadar-11 yildavomida boshqarib kelgan. “Temir xonim” baqqol oilasida tugʻilgan va oʻz kuchi bilan mamlakatning bosh vaziri lavozimiga qadar koʻtarilgan. Britaniya parlamentining Konservativlar partiyasini boshqargan, oʻzining oʻta konservativ-liberal pozitsiyasi bilan mashxur boʻlib ketgan. Uning boshqaruvi vaqtida Britaniya iqtisodiy inqiroz oqibatlariga duchor boʻlgan, ichki siyosatda ham koʻplab muammolar yuzaga kelgan. Margaret Tetcher oʻz davrining eng qatiyatli siyosatchilaridan biri sifatida tilga olinadi.

Rossiya tarixidagi eng noodatiy hukmronlik davri podsho Aliksey mihaylovichning qizi, Pyotr I va Ivan V ning opasi malika Sofya Alekseyevna boshqaruvi vaqtiga toʻgʻri keladi.
U katta akasi Fyodrning oʻlimidan keyin mamlakatni mustaqil ravishda boshqarishga kirishdi. Sababi ukalari Pyotr I va Ivan V hali taxtga chiqish uchun juda kichiklik qilar edilar. Malika Sofya oʻz zamondoshlarini yuqori darajadagi intelekti, oʻta oʻqimishli va siyosat bilimdoni ekanligi bilan hayratga solgan. Shaxzodalar ulgʻayguniga qadar malika podsholikka tashrif buyurgan elchilarni qabul qilgan, yangi qonunlar ishlab chiqqan va davlat boshqaruvini tashkil qilgan. Bundan tashqari ilm-fan va falsafaga alohida diqqat qaratgan, Rossiyadagi birinchi oliy oʻquv dargohi-Slavan-Grek-lotin akademiyasiga asos solgan.

U otasi va akasidan bir qator yechilmagan muammoli vaziyatlarni ham meros qilib olgandi. Xitoy bilan keskin vaziyat, Qrim tatarlari va turklar muammosi shular jumlasidan edi.
Malika oʻz vaqtida juda shavqatsiz qonunlar toʻplamini ishlab chiqqan. Xitoy bilan savdo kelishuvlariga erishgan, Polsha bilan tinchlik bitimini imzolagan. Qrim xoniga qarshi esa bir nechta harbiy ekspeditsiyalar uyushtirishni ham uddalagan.
Sofyaning oʻgay ukasi hisoblanmish shahzoda Pyotr I voyaga yetganidan keyin opasini davlat boshqaruvidan butunlay chetlashtirdi. U malikani inqilob yoʻli bilan taxtdan agʻdargan va majburan ibodatxonaga joylashtirib qoʻygan. Malika Sofya ukasining buyrugʻiga koʻra qolgan umrini shu yerda oʻtkazgan.

Yekaterina II tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollardan hisoblanadi. Nemislar diyorida tugʻilgan baronessa yoshlik vaqtlarida rus shaxzodasi bilan unashtiriladi va oʻzi uchun begona boʻlgan joylarga keladi. Umamlakatning tilini ham, urf-odatlarini ham yaxshi bilmasdi. Shunga qaramay, Yekaterina II tarixdagi eng aqlli, quvnoq, goʻzal, siyosiy bilimga ega, harbiy sohadan ham yaxshi habardor boʻlgan ayol sifatida taʼriflangan.
Uning boshqaruv vaqtini “Rus dvoryanligining oltin asri” deya ataydilar. Aynan mana shu vaqtda Rossiya Imperiyasi oʻz qudrat choʻqqisiga erishgan.
U sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimiga katta eʼtibor bergan, tez tibbiy yordam punktlarini ochgan, mamlakat odamlarini epidemiyaga qarshi kurashishga undagan.
Bu vaqtda imperiya tashqi siyosat borasida ham katta natijalarga erishgan. Qoʻshni mamlakatlar bilan yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Bundan tashqari, sanoat markazlari tarmogʻi paydo boʻlgan va butun imperiya boʻylab tarqalgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



