Oshxona

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Yurak, tomirlar, oshqozon-ichaklar, oʻt pufagi va jigar xastaliklarida foydali. Muntazam isteʼmol qilinganida jigʻildon qaynashini keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois haftada bir ikki marta foydalanish kifoya.

Zaytun yogʻi tabiiy ich suruvchi vosita. Ertalab och qoringa ichilgan bir osh qoshiq zaytun yogʻi ichaklar oʻtkazuvchiligini yaxshilab, qabziyatning oldini oladi. Shu bilan birga hotirani yaxshilab, aqliy faollikni ham ragʻbatlantiradi.

Zaytun yogʻini kechqurun yotishdan avval yuz terisiga surtib yengil uqalansa, mayda ajinlar yoziladi. Anglaganingizdek mazkur yogʻ ajinlarga qarshi eng samarali vosita. Yuzdagi kosmetik vositani tozalashda ham paxtaga ozroq zaytun yogʻidan tomizib, foydalanish mumkin.

Xomilador ayollar qorin terisiga tirtiq tushmasligi uchun ilitilgan zaytun yogʻini qorin terisiga yengil surtib qoʻyishlari lozim. 

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

B guruhi vitaminlari, kalsiy, fosfor, yogʻ kislotalari, lesitin va sezamol hisobiga organizmning yoshga doir oʻzgarishlarini ijobiy hal etadi. Yaʼni keksalik alomatlari bilan kurashadi. Ertalab bir choy qoshiq kunjut yogʻini qabul qilish umumiy quvvatning tiklanishi, meʼda va ichaklar, shuningdek, avitaminozda foyda beradi.

Sabzavotli salatlarga qoʻshilgan kunjut yogʻi asabni tinchlantiradi. Uyqusizlik, jismoniy zoʻriqish, kamqonlik, koʻz nurining hiralashuvi va hotira susayishida ham asqotadi.

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Kunjut yogʻidan yuz terisini tozalashda foydalanish mumkin. Buning uchun paxtaga ozroq zaytun yogʻi tomizib, teri yuzasi artiladi. Aytgancha mazkur usul quruq yuzlilarga mos keladi.

Soch uchun kunjut yogʻidan tayyorlangan niqoblarni ishlatish mumkin. Tirnoqlaringiz sinuvchan boʻib qoldimi, har kuni uyquga yotishdan oldin kunjut yogʻidan surtib qoʻying. Bir necha xaftada “oʻziga” keladi. 

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Meʼda va ichaklar faoliyatini yashilab, jigar ishini meʼyorlashtiradi. Tartib bilan qabul qilinganida ichaklardagi tiqinlarni haydab chiqaradi, gijjalar bilan kurashishda yordam beradi. Parazitlar (gijja)ga qarshi davo tariqasida foydalanilganida sut-qatiq mahsulotlari cheklanadi. Qovoq yogʻini qoʻllashda yorligʻida koʻrsatilgan miqdoriga amal qilish lozim.

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

E vitaminining koʻpligi bilan yetakchilik qiladi. Uzum danagidan tayyorlangan yogʻning atigi bir choy qoshigʻi E vitaminining inson organizmi uchun kerak boʻlgan bir kunlik miqdorini taʼminlaydi.

Yuz va qoʻl terisining quruqlashishida uzum danagining yogʻi yaxshi natija beradi. Yogʻning oz miqdordagisini yuz va qoʻl terisiga surtib, yengil uqalash kifoya. Teri kataklari kerakli ozuqaga ega boʻladi.

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Foydali yogʻ kislotalari bilan birgalikda biofaol moddalarga moʻlligi bilan ham ajralib turadi. Inson organizmi yongʻoq moyini yaxshi qabul qiladi. Shunday boʻlsa-da, bir kunda 1 choy qoshiqdan ortigʻini isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. Tartib bilan qabul qilinganida immunitet va hayotiy faollikni oshiradi, moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi.

Ozishni istaganlar uchun yongʻoq eng yaxshi vositadir.Tana vaznini kamaytirishni maqsad qilganlar sabzavotli salatlarga yongʻoq yogʻini aralashtirishlari yoki ertalab nonushtadan yarim soat oldin 1 choy qoshiq mazkur yogʻdan qabul qilishlari mumkin. 

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Yuqori kaloriyali mahsulot sanalsa-da, qon tarkibini tozalashda hizmati beqiyos. Avakado yogʻini sabzavotli yeguliklarga qoʻshib isteʼmol qilish organizmga foyda beradi. Tanovul uchun tanlangan mahsulotlar kam kaloriyali boʻlishiga ahamiyat qarating. Shunda oʻzaro uygʻunlik hosil boʻladi.

Koʻz atrofi terisi parvarishi uchun tarkibida avakado yogʻi boʻlgan kremlarni tanlang. Mazkur vosita terini mayinlashtirib, mayda ajinlarni tekislaydi. 

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Atirgul barglaridan olinadigan mazkur yogʻ shamollash, nafas yoʻli shilliq pardalari, bronxitda foydali sanaladi. Bosh ogʻrigʻidan aziyat chekkanlar atirgul moyida namlangan lattani oʻgriq beryotgan soxaga qoʻyib yotishlari lozim. Mazkur usul uyqusizlikda ham naf beradi.

Atirgul yogʻini ozroq iliq suvga aralashtirib, ogʻiz chayqalsa, tish ogʻrigʻi yengillashadi. Teridagi jarohatlarga surtilsa yaraning tez bitishini taʼminlaydi. 

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?

Tibbiyotda teri kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan chakanda yogʻi ogʻriq qoldiruvchi va antiseptik hususiyati bilan ham qadrlanadi. Quloq, tomoq kasalliklari hamda soch toʻkilishida ham foydasi bisyor.

Oshqozon yarasini davolashda kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan oldin chakanda yogʻini ichish tavsiya etiladi.

Har bir organizm oʻziga hosdir. Shu bois tavsiyalarni qoʻllashdan avval davolovchi shifokoringiz bilan maslaxatlashing.

Shifobaxsh yogʻlar- ular haqida nimalarni bilamiz?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar