Qiziqarli

Baqlajonning foydali xususiyatlari haqida qiziqarli 5 maʼlumot

Baqlajonning foydali xususiyatlari haqida qiziqarli 5 maʼlumot

Salomatligingiz haqida qaygʻurasizmi? Unday boʻlsa, koʻproq baqlajon isteʼmol qiling. U tanadagi holesterin oʻzlashtirilishi jarayoniga toʻsqinlik qilib, toksinlarni organizmdan chiqarib yuboradi. Yurak, buyrak va jigar faoliyatini ragʻbatlantiradi. Xotirani ham yaxshilaydi. Bundan tashqari uning tarkibida kaloriyalar ham koʻp emas.

Baqlajonning foydali xususiyatlari haqida qiziqarli 5 maʼlumot

Ushbu mahsulot tarkibida nikotin moddasi bor. Shu sababli ham shifokorlar uni chekishdan voz kechmoqchi boʻlgan insonlarga tavsiya qiladilar. Bu tamakidan qutilish istagidagi odamlarda mavjud boʻlgan “qaramlik”ni ketkazadi.

Baqlajonning foydali xususiyatlari haqida qiziqarli 5 maʼlumot

Ushbu mahsulot teridagi yalligʻlanishning oldini oladi, husnbuzarlar bilan kurashadi. Buning uchun mahsulotni boʻtqa holiga keltirish va massani yuz terisiga surtib olish kifoya. Oradan 15 daqiqa oʻtgach esa niqobni yuvib tashlash mumkin boʻladi. 

Baqlajonning foydali xususiyatlari haqida qiziqarli 5 maʼlumot

Baqlajonning poʻstlogʻi ham juda foydali boʻlib uni archmay isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Sababi, poʻstloq tarkibida kamyob antotianin moddasi mavjud. Bu inson miya toʻqimalarini zararlanishdan asrovchi oʻta kuchli antioksidantdir.

Baqlajonning foydali xususiyatlari haqida qiziqarli 5 maʼlumot

Baqlajonning oq ranglisidan qovurmalar, yashil ranglisidan dimlama va ikra pishirsa mazali chiqadi. Uzun va yupqa turi esa ruletlar va konservalar tayyorlash uchun yaxshi. Silindirsimon va noksimon turlari ragu, muzlatish va quritish ishlari uchun mos keladi.

Baqlajonning foydali xususiyatlari haqida qiziqarli 5 maʼlumot
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar