Avto

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

Ekiladigan sabzining ildiz mevasida turli vitaminlar (B1, B2, PP, C, K va karotinlar), fermentlar,uglevodlar, fitoenlar, fiofluen, likopinlar, kumarinlar bor. Mineral tuzlardan kaliy, kalsiy, natriy, magnioy, temir, fosfor, yod kabilarni uchratish mumkin.

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

Abu Ali ibn Sino yovvoyi meva sabzi mevasini va oʻstiriladigan sabzi bargi bilan mevasini siydik haydovchi dori sifatida hamda turli yaralarni davolash uchun ishlatgan. Ildizmevasini ichak ogʻrigʻi, surunkali yoʻtal va plevri kasalliklariga davo qilgan. Xalq tabobatida sabzi siydik haydovchi, buyrak va qovuqdagi tosh, qumlarni ketkizuvchi omil sifatida tavsiya etiladi. Bunda jaydari sabzining urugʻlari yaxshi samara berishi taʼkidlanadi. Ildizmevasidan ajratib olingan shira yoki sutda qaynatilgan va maydalangan sabzi yoʻtal, ovoz  boʻgʻilganida hamda avitaminoz va kamqonlik kasalliklarida beriladi. 

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

Sabzi odam hujayralaridagi oksidalanish-qaytarilishi jarayonlarini uygʻunlashtiradi, et olishiga yordam beradi, uglevod almashinuvini yaxshilaydi, yengil surgi vazifasini bajaradi, ovqat hazm boʻlishini osonlashtiradi, emizikli ayollar sutini koʻpaytiradi.

Tarkibida kaliy koʻp boʻlgani uchun sabzi yurak-tomir hastaliklarini davolashda ham foydalaniladi.

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

Sabzi tarkibidagi maʼdanli moddalar yosh bolalar tanasini mustaxkamlab, oʻsishi uchun yordam beradi. Koʻz nuri hiralashganida va kamqonlikda sabzidan koʻproq yeyish kerak. Shuningdek, teri kuyganda sabzidan foydalaniladi. Saraton hastaligida esa sabzi sharbati ichish tavsiya etiladi. Sovuq urganida, bitishi qiyin boʻlgan yiringli yara va jarohatlarda ham qoʻllaniladi. Buning uchun lat yegan joylarga sarxil sabzi qirgʻichdan oʻtkazilgan holda qoʻyiladi yoki sharbati bilan yuviladi. Sabzi sharbati bilan yalligʻlangan tomoq yoki ogʻizni chayish mumkin (stomatit, angina). Sabzi foydali va toʻyimli ozuqadir. Tanada yigʻilib qolgan ortiqcha yogʻlarni eritish uni hiltlardan tozalash hususiyatiga ega. Sabzi asosida tayyorlanadigan malxamlar davolovchi kosmetikada keng qoʻllaniladi.

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

Kamqonlik va koʻz nurini tiklashda ertalab hamda kechqurun ovqatdan yarim soat oldin yarim piyoladan (100 ml) sabzi sharbati iching. Davolash muddati bir hafta.

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari

Sabzi sharbatini gastrit bilan ogʻrigan bemor ertalab va kechki ovqatdan oldin bir oshqoshiq isteʼmol qilishi kerak.

Sabzining shifobaxsh xususiyatlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar