Qovoqcha (kabachok)ning koʻpchilikka noʻmalum foydali jihatlari

Qovoqcha tarkibidagi pektin organizmdagi suv-tuz almashinuvini yaxshilaydi, radionuklinni tashqariga chiqarib yuboradi, qonni tozalab undagi holesterin darajasini meʼyorga keltiradi. Bundan tashqari, pektin moddalar almashinuvini ragʻbatlantirish husususiyatiga ega.

Qovoqcha organizm tomonidan aʼlo darajada singdirib olingani bois, parxezbop mahsulot sifatida nom qozongan, masalan, qaynatilgan kabachki boʻtqasi va pudding oshqozon-ichak trakti bilan bogʻliq muammolari mavjud bemorlarga tavsiya etiladi.

Kabachkining kimyoviy tarkibi qandli diabetdan aziyat chekuvchi insonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu kam kaloriyali mahsulot ortiqcha vazndan halos boʻlish istagidagilarga qoʻl kelishi mumkin. Parxezbop kabachkidan tayyorlangan bolalar taomi va turli boʻtqalar foydalilik darajasi boʻyicha koʻp mahsulotlarni ortda qoldiradi.

Kabachki tarkibidagi antioksidant moddalar biriktiruvchi toʻqimalar choʻziluvchanligini taʼminlaydi, onkologik kasalliklar paydo boʻlish havfini kamaytiradi, terida yosh bilan bogʻliq dogʻlar paydo boʻlishini sekinlashtiradi.

Kabachok tashqi koʻrinishingiz, sochlaringiz va teringiz salomatligi yoʻlida eng yaqin yordamchingizdir. U teri qarishining oldini oladi, qon tomirlari mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi, terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. U soch ildizlarini mustaxkamlab, uning oqarishini oldini oladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



