Taom tayyorlash jarayonini yengillashtiradigan foydali maslahatlar

Biz sizning eʼtiboringizga ovqat tayyorlash jarayonini ancha yengillashtiradigan foydali maslahatlarni havola etamiz. Ularni kundalik hayotingizda qoʻllashingiz mumkin.

1. Quyuq yogʻni eritish.

Istalgan idishni olib, unga qaynoq suv soling, soʻngra suvni toʻkib tashlab, unga qadoqdagi yogʻni soling. Ustini sochiq bilan yopib, bir necha daqiqa kuting. Bunday mohirlik quyuq yogʻning tezroq erishiga sabab boʻladi va taom tayyorlash vaqtingiz ancha tejaladi.
2. Limon siqish.

Limon siqish kerak boʻlsa, uni qoʻlda emas, goʻshtqisqich yordamida bajargan afzal. Bu qisqich limonni qoʻldagidan koʻraqattiqroq siqadi va oxirigi tomchisigacha siqib oladi.
3. Yogʻsizlantirilgan sut- pahta.

Pahta – bu yogʻsizlantirilgan sut. U koʻpincha non,boʻtqalar va souslar tayyorlashda ishlatiladi. Roʻzgʻoringizda ushbu masalliqqolmagan boʻlsa, uning oʻrnini toʻldirish oson: sutga bir osh qoshiq uksussolinsa bas.
4. Barra qulupnay.

Qulupnay mevasi uzoq vaqt yangiday turishiniistasangiz, uni olti stakan suv va ikki stakan uksus aralashmasida boʻktiribqoʻying. Soʻngra uni olib, yaxshilab quruting va germetik paketga solib,muzlatgichga joylab qoʻying.
5. Kartoshkani saqlash.

Kartoshkani uzoqroq saqlamoqchi boʻlsangiz, uning yonigaolmalarni joylang. Shunda kartoshkada tugunaklar oʻsib chiqishining oldiolinadi.
6. Kartoshkalani yuvish.

Kartoshkalarni yuvishda idish-tovoq yuvishmashinasidan foydalanish mumkin. Sabzavotlarni mashina panjarasiga qoʻying vachayqash rejimini ishga tushiring.
7. Choʻmichni turgazib qoʻyish.

Choʻmich yoki kapkir qozonda sirgʻanib tushib ketmasindesangiz, tutqichining uchiga pulning rezinkasini oʻrab qoʻying. Shunda ularsirgʻanib, qozon ichiga tushib ketmaydi.











Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



