Hech qachon aynimaydigan 10 ta mahsulot

Hech kimga sir emaski, mahsulotlar isteʼmolchi uchun yoqimsiz boʻlgan aynish xususiyatiga ega. Yegulikning bunday kamchiligiga eʼtibor qaratmay ilojimiz yoʻq, chunki u inson hayotida muhim rol oʻynaydi. Baʼzi hayvonlardan farqli oʻlaroq inson organizmi aynigan mahsulotlarga tayyor emas. Albatta, mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytiruvchi bir necha usullar bor, lekin ular mahsulotning aynish xususiyatini butunlay yoʻqota olmaydi. Shunga qaramay, baʼzi mahsulotlar juda uzoq, salkam abadiy “yashash” xususiyatiga ega.
Masalan oq guruch, uni bemalol 30 yil saqlashingiz mumkin. Lekin u albatta sayqallangan boʻlishi lozim. Shundagina, unda hech qanday oʻzgarishlar sodir boʻlmaydi.

Asalni esa, ishonch bilan “uzoq yashovchilar” safiga qoʻsha olamiz. Uhech qachon aynimaydigan birgina mahsulotdir.

Quruq sut ham hayratlanarli darajada juda chidamkor. U oʻz xususiyatlarini saqlagan holida juda uzoq turishi mumkin.

Tuz. Maʼqul sharoitda yuz yil ham saqlanishi mumkin boʻlgan haqiqiy mineral.

Shakar ham juda uzoq turishi mumkin, lekin u tuzdan farqli oʻlaroq mos sharoit talab qiladi.

Quritilgan loviya – roʻyxatimizdagi yana bir “uzoq yashovchi” mahsulot. Uzoq yillar saqlangan fasolni isteʼmol qilgan odamlar, uni yangi fasoldan ajrata olishmaydi. Fasol uchun 30 yil va undan ortiqrogʻi ham xuddi bir kunday.

Mos muhitda saqlangan soyali sous va zarang siropi ham uzoq turishi bilan sizni hayratlantirishi mumkin. Bu mahsulotlar tarkibida tez ayniydigan moddalar boʻlmagani sababli, oshxonangizning bir burchagida boʻlsa ham, ular uzoq saqlanishi mumkin.

Hind qabilalaridan ajoyib mahsulot – pemikkan. Soddagina qilib aytganda quritilgan goʻsht. Uni xohlagan koʻrinishida isteʼmol qilishingiz mumkin. Shunga qaramay, hozirgi zamonaviy texnologiyalar bilan pemikkan tayyorlash jarayoni biroz oʻzgartirilgan.

Roʻyxatimizni, kutilishi mumkin boʻlgan mahsulot – alkogol yakunlaydi. Aniqroq qilib aytganda, alkogolning oʻtkir turlari, viski va aroqqa taaluqli. Ushbu mahsulotlar ham juda uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



