Xozirgacha javobi topilmagan 6 ta tarixiy topilmalarning jumboqlari


Bizning sayyoramiz hayoti tarixi biz tasavvur etayotganimizdek emasligini tasdiqlovchi koʻpgina arxeologik topilmalar mavjud. Sizga xozirgi kungacha jumboqlari yechilmagan 6 ta arxeologik topilmalarni havola etamiz.
-
Kosta-Rikaning gigant tosh sharlari
Sirli tosh sharlari oʻzining ideal dumaloq shakli va koʻrinishi hamda kelib chiqishinig sirliligi bilan ajablantiradi.

Ilk marta ular XX asrning 30-yillarida banan plantasiyalari uchun changalzorlarni tozalash vaqtida ishchilar tomonidan topilgan edi. Mahalliy rivoyatlarga koʻra sirli tosh sharlarining ichida oltin berkitilgan boʻlishi kerak deb aytilar edi. Koʻp petrosferalar yorib tashalgan, bir qismi portlatib yuborilgan edi. Ammoular ichi boʻsh boʻlib chiqqan.

Bu petrosferalar kim tomonidan va qay maqsadda yaratilgani nomaʼlum. Ular samo jismlarining ramzlari yoki turli qabilalarning yerlari chegaralarini anglatgan boʻlishini taxmin qilish mumkin.
-
Bogʻdod batareykasi
Mesopotamiyalikilar elektrquvvari kashfiyotidan ancha avval undan foydalanishgan ekan. XX asrning30-yillarida Bogʻdod yaqinidagi arxeologik qazilmalar vaqtida sirli artefakt topilgan boʻlib, “Bogʻdod batareykasi” nomini olgan edi. U qiyidagicha koʻrinishga ega edi: 13 santimetrlik idish tepa qismidan korroziya izlari bor temir chiviq oʻtkazilgan. Idish ichida misdan silindr joylashgan boʻlib, silindr ichida esa temir oʻzak boʻlgan.

Topilmaning tuzilishini oʻrganib chiqqan olimlar bu qadimgi batareya 1 volt kuchlanishli elektr tokini yarata olgan degan taxmin qildilar.
Taxminlarning biriga koʻra bunday batareya oltinning galvanizasiyalash jarayonida ishlatilgan boʻlishi mumkinligini aytadi. Shu bilan birga bu kabi batareyalar yaratilish texnologiyasi nima uchun yoʻqotilgani va boshqa mintaqalarda bu kabilar topilmaganligi xali ham aniqlanmagan.

Voynichning qoʻlyozmasi
Voynichning manuskripti – dunyodagi eng sirli kitobdir. Uning muallifi yoʻq, u nomaʼlumtilda yozilgan, sahifalari ham gʻaroyib simvol va rasmlarga toʻla.

Bu manuskriptning nostandartligi shundan iboratki u xech qaysi xarfli sistemaga oʻxshamaydigan unikal alifbo ishlatilib yozilganligida. Bu tushunarsiz belgilar XX asr kriptogroglarini boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻygan shu bilan birga bugungi kunga kelib ham rasshifrovka qilinmagan.

Inklarning oltin haykalchalari
Janubiy Amerikada topilgan oltin haykalchalar bunga ishonish qiyin bolsada tashqi koʻrinishi bilan uchar apparatlarni eslatadi. Bu haykalchalarni yaratilishida nimalar timsol boʻlib xizmat qilgani nomaʼlum.

1996 yili nemis aviamodelistlari Algund Enob va Peter Belting tomonlaridan amalda bu sirli hayvonlar namunasida tayyorlangan uchar apparatlar modeli toʻgʻrisidagi gipotezani haqliligini isbot qilishgan. Ular 16 marotaba kattalashtirilgan, kolumbiyalik oltin samolyotcha deb nomlanuvchi aniq nusxalar yaratishdi. Havoga uchirish uchun modellar radioboshqaruv tizimlari va motorlar bilan jihozlangan edi.
Ikki model nafaqat havoga koʻtarila olgan, balki yuqori pilotaj figuralarini ham bajara olgan. Shu bilan birga oʻchirilgan dvigatellar bilan ham juda yaxshi ucha olgan.

Genetik disk
Bu ajabtovur artefakt –genetik diskda xozirgi zamon odami faqat mikroskop ostida koʻrishi mumkin boʻlgannarsa, hodisalar va prosesslar ifoda etilgan. Diskda embrionning vujudga kelishva rivojlanish jarayoni aks ettirilganing extimoli yuqori. Shu bilan birga nomaʼlumshaklli odam boshining rasmi sirli tasvirlardan biridir.
Disk litid nomli mustaxkam toshdan yasalgan. Oʻzining butkul mustaxkamligiga qaramay tosh koʻp qatlamli strukturaga ega. Bu qadimgi artefakt mavjudligiga qaramay unga oʻxshash narsa yaratish hoh amaliy, hoh nazariy jihatdan imkoni yoʻqligi qayd etiladi.

Antikiter mexanizmi
Antikiter mexanizmieng qadimiy va eng mashxur hisoblash mexanizmlaridan boʻlib, oʻzining murakkab konstruksiyasi bilan kompyuterning birinchi analogi boʻlgan.
Olimlar koʻp yillik tadqiqotlari asosida mexanizm Quyosh, Oy holatlarini, sayyoralarning samodagi harakatlanishi, quyosh va oy tutinishlarini bashoratini hamda ahamiyatli hodisalar, masalan olimpiya oʻyinlari kabilarni koʻrsatishini aniqlay oldilar.

Asosiy bahslar antik sivilizasiyalaritomonidan shu kabi murakkab jihozlarni Antikiter mexanizmini topishdan avval yaratishga erishib boʻlmagan degan fakt ustida olib boriladi. Olimlar bu bronzadan qilingan tishli gʻildirakchalar toʻplami shunga oʻxshash texnikalar turini ming yilga ilgarilab ketganini tasdiqlaydilar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



