Britaniya qirolligining 13 qoidasi

Baʼzida hayotimizda qonundan ustun turadigan hech kim yoʻqligiga ishongimiz keladi. Mana sizga isboti – qirollik oilalaridan dunyoda eng mashxuri oʻzining kelib chiqishi, tituli va jamiyatdagi mavqeyiga qaramay, etiketning 13 qoidasiga amal qiladi.

London tauerida eng kamida oltita qargʻa yashashi kerak

Afsonaga qaraganda, agar qargʻalar Tauerni tark etsa, monarxiya va qirollik parchalanadi. Shu sababli Karl II davridan boshlab qargʻalar populyatsiyasi qatʼiy nazorat qilinadi. Ayni vaqtda qargʻalar qirollik oilasining aʼzosiga aylangan –ularga qarashadi, ovqatlantirishadi va ular deyarli qasrning ichida yashaydi.

Qirollik oila aʼzolariga tegish mumkin emas

Umuman olganda, bu hammaga maʼlum qonun, lekin unga koʻpincha amal qilinmaydi. Biroq oddiy odamlar qirollik oilasiga yaqinlashtirilmaydi, baʼzida esa ular xalq bilan quchoqlashaverishadi.

Qirollik oila aʼzolari ovoz bermaydilar

Qirollik oila aʼzolari siyosiy ishlarda hech kimga ovoz bermasligi sababi, ular kimgadir yon bossa, bu jamoat fikriga kuchli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli oila saylovlarda ovoz bermaydi va siyosiy savollarda boshqarayotgan partiyani qoʻllab quvvatlaydi.

Qirollik oila aʼzolari siyosiy lavomizlarga tayinlanmaydi

Yuqorida aytib oʻtilganidek – jamoat fikriga taʼsir koʻrsatmasligi va lavozimni suisteʼmol qilmaslik uchun.

Ular “Monopoliya” oʻynamaydi

Bu endi aqlga sigʻmaydi, shunga qaramasdan bu fakt. 2008 yilda qirolichaYelizavettaning ikkinchi oʻgʻli gersog Yorkskiy, bu haqida aytib oʻtgandi, yoshligida bolalarga “monopoliya” oʻyinini oʻynash taʼqiqlangan, bu oʻyinni juda yovuz va zararli hisoblashgan.

Qisqichbaqasimonlarni yeyish taʼqiqlanadi

Bu koʻproq ogohlantirishga oʻxshaydi, lekin shunga qaramay qirol oila aʼzolari allergik taʼsirga uchramaslik va zaharlanib qolmaslik uchun mollyuska va qisqichbaqasimonlarni isteʼmol qilmaydi.

Doimo titul ketma-ketligiga qattiq rioya qilinadi
Bazm jarayonlarida qatʼiy qoidalar mavjud. Masalan, toʻy bazmida qirollik oila a'zolari tituliga qarab kirishni boshlaydi – albatta qirolichadan soʻng.
Katolik boʻla olmaydi
Bu qonun 2011 yilda bekor qilingan boʻlib, qirol oila aʼzolariga katolik odam bilan turmush qurishga imkon yaratgan boʻlsada, qirollik oila aʼzolari anglikan konfessiyasiga sodiq qolishi kerak.
Kyimlari munozarali boʻlmasligi kerak
Qirollik oila aʼzolari, xattoki kiyimlarida ham xatolikka yoʻl qoʻymasliklari kerak, ularning rusumi elegant va nozik didli, lekin sodda boʻlishi lozim.
Barcha sovgʻalarni qabul qilish
Qirollik oilasining barcha aʼzolari kimdan boʻlsa ham, qanday boʻlsa ham sovgʻani chin dildan va minnatdorchilik bilan qabul qilishlari kerak. Barcha sovgʻalar qirollikka tegishli boʻlgani sababli, sovgʻaning keying hayotini qirolicha xal qiladi.
Birga sayohat qilish taʼqiqlanadi
Uzoq manzillarga birgalikda sayohat qilmaslik – bevosita merosxoʻrlarining asosiy qoidasidir, ayniqsa sayohat qilish xavfli boʻlgan paytlarda. Hozirgi vaqtda sayohat qilish ancha qulay va xavfsizroq boʻlgani sababli, bu qoidaga koʻpincha amal qilinmaydi.
Rojdestvoni oila aʼzolari bilan nishonlash
Anʼanaga binonan qirollikni barcha oila aʼzolari har yili Rojdestvo bayramini nishonlash uchun yigʻilishadi. Shunga qaramay, gersoginya Kembrijskaya, uzoq yilli anʼanani buzib, bayramni faqat oʻzining oila aʼzolari bilan kutib oldi. Bu esa qirolichaga yoqmadi.
Qirolichadan keyin ovqatlanish mumkin emas
Qirolicha bilan ovqatlanish sharafiga musharraf boʻlgan barcha, shu jumladan oila aʼzolari, oddiy bir qoidaga amal qilishlari kerak – qirolichaning harakatlarini kuzatishlari lozim. Agar qirolicha ovqatlanishni tugatgan boʻlsa, boshqalar ham oʻz anjomlarini joyiga qoʻyib, ovqatlanishni toʻxtatishlari shart.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



