Dunyoning noyob mehmonxonalari

Barcha mamlakatlarda turli xil mehmonxonalar bor. Quyida dunuoning 7 ta noyob mehmonxonalari bilan tanishishingiz mumkin.

Giraffe Manor oteli, Nayrobi, Keniya

Keniya poytaxti Nayrobi yaqinida ajoyib dangʻillanma uy bor, huddi ertaklardagi qasrga oʻxshaydi. Bu uy oʻtgan asrning 30-yillarida Devid Dunkan tomonidan qurilgan. 1974 yida uni er-xotin Lesli-Melvilllar sotib olib, u yerda yoʻqolish arafasida turgan Rotshikd jirafalarini qutqarish markazini tashkil qildilar. Keyinchalik bu yerda otel ham ochildi.

Otelda mehmonlar uchun oʻnta xona ajratilgan boʻlib, ular qadimgi rusumda jihozlangan. Ammo otelning asosiy xususiyati –jirafalardir. Ular har tong odamlar bilan muloqot qilish uchun keladilar. Hayvonlar oʻzlarini mutlaqo erkin his qiladilar, ularni silash, ovqatlantirish va ular bilan suratga tushish mumkin.

Utter Inn suv osti va suv usti oteli, Melaren koʻli, Shvetsiya

Shvetsiyada Vesteros shahri yaqinidagi Melaren koʻli oʻzining ekzotik suvosti va usti oteli bilan mashhur. Bu muassasa faqatgina ikki kishi uchungina moʻljallangan. Sharoitlari kamtarona boʻlsa ham sivilizatsiyadan uzoqroqda sokinlikdan bahra olish istagidagilar uchun ayni muddaodir.

Otelning tepa qismida oshxona, tualet va kichkina ayvoncha joylashgan. Pastki suv osti qismida ikkita bir kishilik karavot va stolcha joylashgan. Katta tʼortburchak shakldagi oynalar orqali koʻlning ostki qismini tomosha qilish mumkin.

“Kosmos” mehmonxonasi, Moskva

“Kosmos” mehmonxonasi 1980 yilda Moskvada boʻlib oʻtgan XXII Olimpiada oʻyinlari munosabati bilan qurilgan edi. Bu mehmonxona shahar markazida “Bugʻu oroli” nomli bogʻ yaqinida barpo qilingan. Bu yerda toʻxtagan mehmonlar Moskvaning turli diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishlari uchun uzoqqa borishning keragi yoʻq. Mehmonxona yaqinida Xalq xoʻjaligi koʻrgazmasi, Ostankino bogʻI va Ostankino teleminorasi joylashgan. Xohlovchilar kosmonavtika Muzeyini, muhandis-konstruktor S.P.Korolyovning uy-muzeyiga tashrif buyurishlari mumkin. Yaqin oʻrtada shuningdek, Botanika bogʻi va sport majmualari joylashgan.

Propeller Island City Lodge Berlin, Germaniya

Nemis rassomi tomonidan yaratilgan ushbu joyni otel deyish sal notoʻgʻriroq. Tashrif buyuruvchilarga koʻngillaridagi orzularini hamda qoʻrqinchli tushlarini gavdalantiruvchi xonalarga joylashish taklif qilinadi. 45 xonalardan hech biri bir-biriga oʻxshamaydi. Bu yerda olovrang xonada, qamoqxona kamerasi koʻrinishidagi xonalarda dam olish mumkin. Shuningdek, tobutdaham, koʻzgu orti mamlakatida ham uxlash mumkin. Mehmonlarga gilyotina, qafasli, ritsarli qasri, oʻyin uchun kubiklardan iborat krovatlar taqdim qilinadi.

MONTANA MAGICA, Chili
MONTANA MAGICA LODGE yohud Sehrli togʻ mehmonxonasi Chilining Patagoniyasidagi qoʻriqxonalardan birida joylashgan boʻlib, rosmana elflarning ertakli uyiga oʻxshaydi. Tosh va taxtadan qurilgan mehmonxonaning tashqi tomoni oʻtlar bilan qoplangan. Yashil devor boʻylab doimo suv oqib turadi va yaqin atrofdagi harakatdagi vulkqon haqida eslatib turadi. Mehmonxonaga osma koʻprik orqali etib olish mumkin. Uning ichi ham tabiat bilan muvofiq jihozlangan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



