Italiya hohlovchilarga 103ta oʻrta asr qasrlarini bepul tarqatadi.


Potentsial egasi, qasr joylashgan joyni, sayyohlar uchun koʻrkam qilishi kerak: shu hududda mehmonhona, restoran yoki spa ochishi kerak.

Qasrlarni tarqatish dasturiga, Sayyohlikni strategik rivojlanish rejasi deb nom berishdi. Italiya hukumati umid qiladiki, bu musofirlar uchun populyar boʻlgan Italiya tumanlaridan uzoqklikda ham sayyohlikni rivojlanishiga yordam beradi.

“Gʻoya shundaki, hozirda ishlatilmayotgan hususiy va maʼmuriy binolar, ziyoratchilarni, piyoda sayyohlarni, sayohatchilarni, velosipedistlarni tortish markazlariga aylansin”. Loyiha “sekin sayyohlik”ni yurgizadi va rivojlanishini qoʻllaydi.

Olish mumkin boʻlgan binolar, butun mamlakat boʻylab Italiyani uzoq tumanlarida joylashgan. Bu eski maktablar, sobiq monastirlar, qirgʻoqlar yoki qishloqlarga koʻrinish bilan himoya minoralari.

Rimdan uzoq boʻlmagan variant ham bor – bu Latsiyodagi Castello di Blera qasri, XI asrda mahalliy dvoryan oilada qurilgan. Bino qoyada joylashgan, unda koʻplab oʻrta asr dastlabki hususiyatlari saqlangan.

Shahsiy qasrga ega boʻlish uchun, reja qoʻyish kerak, uni qanday qilib tarihiy merosga aylantirishingiz haqida. Mulkga egalikni toʻqqiz yilga beradi, undan soʻng kontraktni yana shu muddatga uzaytirish mumkin. Bundan ham yoqimliroq taklif bor – binoni birdaniga 50 yilga ijaraga olish.

Arizani 26 iyungacha berish kerak. Agar ulgurmasangiz, havotir olmang: yaqin ikki yil ichida Italiya loyihaga yana 200 ta binoni kiritmoqchi shekilli.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



