Dunyoning turli burchaklaridagi tashlandiq minoralar

Dunyoda tashlandiq va yarimvayrona holdagi binolar talaygina. Ulardan avval foydalanganlar, keyinchalik esa yaroqsiz ahvolga kelgan. Ularning baʼzilarida yashash u yoqda tursin, hattoki kirish ham xavfli boʻlib qolgan. Baʼzilari esa umuman chala qurilgan holicha qolib ketgan. Bu binolarga qarar ekansiz, ularning har birining oʻz tarixi borligini koʻrasiz va inson hamma narsaga ham qodir boʻlavermasligining guvohi boʻlasiz.
1.Sterick Building

Memfis, AQSH “Sterick” ning qurilishi 1930 yillarda bitgan edi. “Memfis qirolichasi” nomli bu bino oʻsha davrda AQSH janubiy qismidagi eng baland bino hisoblanar edi. Sterick Building asosan ofis binosi sifatida foydalinar edi, u yerda asosan sartoroshxona,dorixona, goʻzallik saloni, birja maklerlarining idoralari va bank joylashgan edi. 1960 yillardan boshlab binoning dongʻi tusha boshladi. “Sterick” ni yaxshilashga harakat qilindi, butunlay boʻyoqdan chiqarildi, biroq 1980 yilga kelib osmanoʻpar bino butunlay boʻshab qoldi va hali-xanuz tashlandiqligicha qolmoqda.
2.CentroFinanciero Confinanzas

Karakas, Venesuela 1990 yilda Karakasda investor Devid Brillemborg boshchiligida “Confinanzas” moliya markazining yangi binosi qurila boshlandi. Bino “David binosi” nomini oldi. Afsuski, 1993 yilda Brillemborg vafot etdi,1994 yilda esa “banklar krizisi” davri keldi va loyiha ustidan nazoratni Venesuela hukumati o'z zimmasiga oldi. Shundan beri qurilish toʻxtab qoldi. Binoda yashash uchun sharoitlar umuman yoʻq: u yerda oqar suv, elekrt tarmogʻi hattoki baʼzi xonalarda oynalar ham yoʻq. Shunga qaramasdan 2007 yilda Venesuelada katta miqdorda uysizlar soni koʻpayganda, minglab odamlar ushbu 45 qavatli binoga koʻchib oʻtdilar. 2014 yilda hukumat osmonoʻpar binoni “tozalash” boʻyicha maxsus operatsiyalarni oʻtkazdi va noqonuniy yashovchilarni binodan haydab chiqardi. Biroq shunga qaramay bino haliyam foydalanmasdan yotibdi.
3.Insignia Tower

Mexiko, Meksika Insignia minorasi uchburchak shaklidagi 25 qavatli osmonoʻpar bino boʻlib, 1962 yilda qurib bitkazilgan va balandligi boʻyicha Meksikadagi ikkinchi bino boʻlgan. 1964 yilda bino rasman ochildi va dastlab mahalliy turar joy majmuasining maʼmuriyati tomonidan foydalanilgan. Soʻngra bino 1985 yidagi zilzila sababli boʻshab qolmaguncha Milliy bank shtabkvartirasi boʻlgan. Shundan beri piramidasimon osmonoʻpar binoda bir necha marotaba taʼmirlash ishlari olib borilganiga qaramasdan bino hamon boʻshligicha qolmoqda.
4.Plaza Tower

Yangi Orlean, AQSH Orleanga bir qarashda koʻzga tashlanadigan binolardan biri hisoblanadi. 45 qavatli osmonoʻpar bino 1968 yilda bitirib boʻlinib, hozirda ham Yangi Orleanning baland binolari orasida uchinchi oʻrinni egallamoqda. Avvaliga bu bino ofislar idorasi sifatida foydalanildi, soʻngra arendatorlar mogʻor va asbest borligidan shikoyat qildilar. Shu muammolar sababli bino 2002 yilda butunlay boʻshab qoldi. 2011 yilda bino kimoshdisavdosida nomaʼlum bahoga sotildi va bugungi kunda binoning taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda.
5.Book Tower

Detroyt, AQSH 1916 yilda Michigan shtatining Detroyt shahrida Book Building nomli 13 qavatli ofislar uchun moʻljallangan bino ochilgan. Oʻn yil oʻtib uning yonginasiga 38 qavatli osmonoʻpar bino qurildi va Book Tower nomini oldi. Bino Buyuk depressiya davridan oʻtib yana oʻn yil foydalanildi. Biroq 1970 yilda Detroytda qiyin davr boshlanganda, shahardagi koʻpgina va ofis va korxonalar shaharni tark etdi. Natijada koʻpgina binolar yopildi. 2009 yilda oxirgi yashovchilar koʻchib ketgandan keyin, “Buk minorasi” ham yopildi. Yopilganidan keyin koʻp oʻtmay Detroyt hukumati Book Towerni turar joy binosiga aylantirmoqchi boʻlishdi, biroq bu sodir boʻlmadi.
6.”Avraam Linkoln” minorasi

Рио-де-Жанейро, Бразилия “Avraam Linkoln” minorasi Rio-de-Janeyrodagi 1960 yillarda qurilgan ikki osmonoʻpar binolardan biri edi. Loyiha boʻyicha 76 turarjoy minorasi qurilishi kerak edi, biroq natijada 2 tasigina qurildi. Torre Abraham Lincoln ning qurilishi 1969 yilda boshlandi, biroq 1972 yilda tuzilishidagi nosozlik tufayli toʻxtatilgan edi, shundan beri tugallanmay yotibdi.
7.Fontainebleau Resort

Las-Vegas, AQSH Las-Vegasdagi “Kurort Fontenblo” binosi 2007 yilda qirilayotgan edi. Loyiha boʻyicha bu 220 metrlik osmonoʻpar minora boʻlishi, unda otel va kurort joylashishi kerak edi. Tugatilgandan keyin FontainebleauResort Las-Vegasdagi eng baland bino boʻlib, shaharga yaxshigina daromad keltirishi mumkin edi. Biroq, moliyaviy krizisdan keyin loyihaga pul tikayotgan banklar keyinchalik pul tikishdan bosh tortdilar. Bu narsa 2009 yilda Fontainebleau kompaniyasining kasodga uchrashiga sabab boʻldi. Shundan beri 68 qavatli binoning loyihasi muzlatilgan holda turibdi.
8.Burj Al Murr

Beyrut, Livan Beyrutdagi “Burj Al Murr” minorasi 34 qavatdan iborat boʻlib, boy tarixga ega. Minora dastlab ofislar binosi va savdo majmuasiga moʻljallanga edi. Biroq bino qurilishi 1975 yildagi Livandagi fuqarolar urushi tufayli toʻxtatildi. Binoning joylashishi va balandligi uchun qurollangan askarlar tomonidan egallab olinib, Bayrutdagi janglarda foydalanildi. Minoraning tepa qavatlarida snayperlar ishlagan boʻlsa, podvoli asirdagilarni saqlash uchun ishlatilgan. Urush davrida minora bilan bogʻliq koʻp voqealar boʻldi. Beyrutning koʻp qismi urush tufayli vayron boʻlsa ham, “Burj al Murr” magʻrurona turar edi. Biroq jangovar harakatlar toʻxtatilgandan keyin bino foydalanib boʻlmas darajada zararlangani aniqlandi. Bugungi kunda minora shunchaki boʻlib oʻtgan janglarni eslatib turibdi, xolos.
9.Sathorn Unique

Bangkok, Tailand Bangkokdagi 49 qavatli Sathorn Unique osmonoʻpar minorasi ham iqtisodiy tanglikning qurboniga aylandi. Binoning qurilishi 1990 yilda boshlangan. Biroq Osiyo moliyaviy tanglik mamlakat iqtisodini putur yetkazdi va mablagʻ yetishmovchiligi sababli bino qurilishi toʻxtatib qoʻyildi va hozirga qadar ham boshlanmadi. Bugungi kunda Sathorn Unique binosi “Koʻlankali minora” nomi bilan mashhur.
10.Ryugyong mehmonxonasi

Phenyan, Shimoliy Koreya Phenyandagi ushbu balannd minoraning qurilishi 1987 yilda boshlandi. 1989 yilda bitirilishi moʻljallangan edi va balandligi 330 metrni tashkil qilishi kerak edi. “Ryugyong” mehmonxonasi Nyu-york hamda Chikagodan tashqaridagi 100 qavatdan oshiq boʻgan birinchi bino edi. Bu dunyodagi eng katta mehmonxona, biroq hali bitmagan. Bino qurilishining toʻxtatilishi birinchi marta 1992 yilda Sovet Ittifoqining parchalanishi va moliyalashtirishning tugatilishi sababli boʻlgan. Shimoliy Koreyaning iqtisodi krizisga yuz tutdi, va loyiha muzlatildi. Maksimal balandlikda qurilgan bino 16 yil tashqi ishlovsiz turdi. Soʻngra 2008 yilda minora qurilishi qaytadan boshlandi. Binoni oyna bilan oʻrab chiqishti, biroq ichida hech narsa oʻzgarmadi, soʻngra qurilish yana toʻxtatildi. 2013 yilda nihoyat bino ochilishi elon qilindi. Biroq interyer bitmaganligi sababli minoraning ochilishi bekor qilindi. Ryugyong mehmonxonasi qurilishdan boshlab 30 yil oʻtib ham bitmadi va hanuz foydalanishga topshirilmadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



