Ovqat haqida biz ishongan mashhur 10 afsona

Ovqat inson hayotining ajralmas boʻlagidir. Ovqatsiz inson mavjud boʻlmaydi. Shunga qaramasdan, oshpazlikning barcha sirlarini oʻrganishning ham iloji yoʻq. Biror bir taomni pishirish haqida maʼlumot qidirayotganimizda yoki oshxona uchun biror kerakli jihoz izlaganimizda, albatta, turli xil maʼlumotlarga duch kelamiz. Biroq bu maʼlumotlar har doim ham toʻgʻri boʻlavermaydi.

Asalni termik qayta ishlash mumkin emas

Toʻgʻri ovqatlanish modasining ishqibozlari aytishiga qaraganda, asalni isitish va taom tayyorlashda ishlatish mumkin emas. Ushbu tarqalgan afsonaga qaraganda, termik qayta ishlashga uchragan asal, oʻzining foydali xususiyatlarini yoʻqotadi va xattoki, sogʻliq uchun zarar boʻladi.

Bu afsonaga ishonishning keragi yoʻq. Masalan, xalq tabobatida, deyarli barcha maslahatlar isitilgan asal bilan bogʻliq, chunki shunda asalning davolash xususiyati kuchayadi. Qizdirilgan asalning zararligi haqida xavotir oladigan isteʼmolchilarga shuni aytishimiz mumkinki, istalgan pishiriq, murabbo va shirin gazirovkalarda bunday zarar koʻproq.

Muddati oʻtgan mahsulotlarni yeyish zarar

Saqlash muddati oʻtgan mahsulotlarni necha marta tashlab yuborganingizni eslang. Odatda biz ishlab chiqauvchilar maslahatiga amal qilamiz, lekin oziq-ovqat sanoati biznes ekanligi va u biz tez-tez va koʻp mahsulot sotib olishimizga qaratilganini unutib qoʻyamiz.

Mahsulotning saqlash muddatini aniq aytib berishning iloji yoʻq, shu sababdan ishlab chiqaruvchilar odatda kamroq muddatni belgilaydi. Bundan tashqari shunday mahsulotlar borki, agar barcha talablarga amal qilinsa, ularning saqlash mudddati deyarli chegaralanmagan.

Shuning uchun sizga faqat qadoqdagi saqlash muddatiga emas, balki aqlingizga quloq solishingizni maslahat bergan boʻlardik. Agar “saqlash muddati” 2 kun oʻtgan yogurtning qopqogʻi ishmagan, hidi yaxshi va konsistensiyasi oʻzgarmagan boʻlsa, uni axlat idishga tashlash shart emas. Bu haqida qattiqroq xavotir oladigan uy bekalari bunaqa yogurtni pishiriq pishirish uchun ishlatishlari mumkin.

Baqlajonning achchigʻini yoʻqotish uchun tuzlash

Deyarli har bir uy bekasi tayyorlashdan oldin, achchigʻi chiqmasligi uchun baqlajonni tuzlaydi. Bu afsona qayerdan paydo boʻlganini aytish qiyin. Balki, bizning onalarimiz va buvilarimiz ovqatga ishlatgan baqlajon sortlari rostdan ham achchiq ta'm bergandir, lekin hozi bunday emas.

Koʻplab zamonaviy retseptlarda baqlajon tayyorlanishining bu qadami aytib oʻtilmagan, biroq eski kulinariya kitoblarida bu haqida axborot kam emas. Umuman olganda, agar diet ovqat tayyorlamoqchi boʻlsangiz, albatta, uni tuzlasangiz boʻladi. Bu baqlajonga kamroq yoʻgʻ shimib olishga yordam beradi, lekin uning achchiqligiga umuman taʼsir qilmaydi.

Yogʻli goʻshtni rad etganingiz maʼqul

Ortiqcha kilogrammlarni yoʻqotish uchun, koʻp hollarda yogʻlik goʻshtlarni semirmaslik uchun rad etishadi. Ammo, savolni oʻrganmasdan turib, xulosa chiqarishga shoshilmang. Masalan, xamon ishlab chiqarish uchun choʻchqalarni nima bilan boqishlarini bilasizmi? Ularning asosiy ratsionini rus yongʻoqlari tashkil etadi, chunki u uglevodi yuqori mahsulot.
Qomatingiz bilan bogʻliq muammolarda ajoyib mol goʻshtini ayblashni boʻldi qiling. Aslini olganda ortiqcha vazn yigʻilishiga kam harakatli hayot va ratsioningizdagi tezkor uglevodlar sababchi. Hayvon yogʻlari esa, ayniqsa, oʻlchangan miqdorda organizmingiz uchun muhim.
Qonli goʻsht yeyish xavfli
Qonli goʻsht yeyish qanchalik xavfsizligi haqidagi baxslar xali hamon tugagani yoʻq. Mazali steykni sevuvchilar rare va medium rare goʻshtlariga buyurtma beradilar, boshqalar esa wel done toʻla pishirilgan goʻshtni xush koʻradilar. Biz sizni biroz xafa qilmoqchimiz. Kam pishirilgan steyk goʻshtini kesayotganingizda, siz qon emas, sharbat koʻrasiz, goʻshtni tayyorlash uslubiga qarab sharbat rangi farqlanishi mumkin.
Goʻshtdagi hamma qon hayvonni soʻyish paytida oqib ketadi, biroq bu notoʻgʻri bajarilgan boʻlsa, siz sotib olish jarayonining oʻzida yoqimsiz qon yigʻilmalarini koʻrasiz va bunday goʻshtni sotib olmasangiz kerak. Kam pishirilgan goʻshtdan chiqadigan sharbat esa qizil rangga ega, bu uning miyoglobin oqsillariga boyligidan dalolat beradi.
Kalsiy faqat sut mahsulotlarida bor
Koʻp oʻsimliklarda sigir, echki va bosh hayvonlarning sutlariga qaraganda kalsiy koʻproq. Koʻkat,dengiz mahsulotlari, mevalar ham kalsiyga boy. Yana shuni unutmangkki, organizm kalsiyni qabul qilishi uchun D vitamini ham kerak. Shu sababdan, sutsiz mahsulotlar yeyish ham foydali, chunki ularda faqat kalsiy emas, balki vitamin D ham bor.
Xom sabzavotlar, qaynatilganidan foydaliroq
Oʻn yillardan ortiq vaqt davomida mevalarni qaynatilganidan koʻra xom paytida yeyish foydaliroq degan fikr yuradi, chunki qaynatilganda ularning oziqaliligi sezilarli darajada pasayadi. Bunda haqiqat ham bor, lekin bu qoida hamma sabzavotlarga tegishli emas. Ingliz olimlarining aniqlashicha, ushbu sabzavotlarni qaynatilgan holda yeyish maʼqulroq: sabzi, pomidor, kartoshka, karom, brokkoli, lavlagi va shpinat. Qaynatilgan sabzavotlarning vitaminlari qisman yoʻqolsa ham, foydali minerallari xomlariga nisbatan organizmda 6-7 marta yaxshiroq oʻzlashtiriladi.
Shuni ham aytib oʻtish kerakki, kartoshka faqat pechda terisi bilan pishirilgandagina foydali. Karom va brokkoli esa oʻzining foydaliligini faqat bugʻda pishirilgandagina koʻpaytiradi.
Achchiq shokolad ozishga foyda
Achchiq shokoladda kaloriya nisbatan kamroq. Biroq, achchiq shokoladning vazn tashlashda yordam berishi ilmiy tomondan isbotlanmagan.
Tuz – oq zaxar
Inson tanasi 70% suvdan iborat, tuz esa organizmda suv balansini saqlashga yordam beradi. Suv bilan birga hayot uchun muhim boʻlgan kalsiy va magniy kabi mikroelementlar yuvilib ketadi. Bu moddalarning kamchiligida organizmda elektrolit balansi buziladi, tez charchash kuzatiladi, kuch yoʻqotish, teri va soch qurishi yuz beradi. Shuning uchun tuzni ratsiondan butunlay chiqarib tashlab boʻlmaydi.
Yogurtning bebaho foydasi
Barchamiz bilamizki, har doim mojizaviy bakteriyalari bor yogurt yeb yursangiz, ovqat hazm qilish yaxshilanadi. Ispaniyalik olimlar ushbu maqtalgan mahsulotni tekshirib koʻrishdi.
Sabzi koʻzga foyda
Sabzini isteʼmol qilish koʻzga foyda degan afsona, Ikkinchi jahon urushi paytida oʻtqazilgan propaganda kompaniyalardan boshlangan.
Smithsonian Magazine yozishicha, urush paytida Britaniyaning qirollik harbiy havo kuchlari uchuvchilarga nemis dushman samolyotlarini tunda urib tushirish uchun radiolokatsiya texnologiyasining yangi turini oʻylab topgan. Lekin, ushbu yangi texnologiyani sir saqlash maqsadida, hokimiyat uchuvchilarning omadi sabzi iteʼmol qilishning natijasi deb tasdiqlashgan.
U davrlarda reklama sabzining foydali xususiyatlarini maqtagan va tunda koʻrishni yaxshilaydi degan.
Rostdan ham, sabzi koʻz nurini ushlab turadigan vitamin A ning eng yaxshi manbayi. Lekin, sabzi koʻz nurini yaxshilaydi yoki tunda koʻrishga yordam beradi degan gap notoʻgʻri.
Ozmoqchi boʻlganlarga pishloq yeyish mumkin emas
Dietologlarning koʻpchiligi pishloqda koʻp yogʻ bor deb ta'kidlaydi, shu sababli ozishni istaydiganlarga yeyish mumkin emas deyishadi. Ha, rostdan ham pishloq qadoqlarida: yogʻlik darajasi 40%, 60 % degan yozuvlarni koʻp koʻrganmiz. Isteʼmolchilarning asosiy qismi bu raqamlarni notoʻgʻri tushunishadi: odamlar pishloqning yarmi yoki butunlay yogʻdan iborat deb hisoblashadi. Aslida bunday emas. Qadoqda koʻrsatilgan foizlar pishloqning emas, massasidagi quruq mahsulotga nisbatan olingan. Oddiy qilib aytganda 60 % koʻrsatilgan pishloqda, aslida 24 % yogʻ mavjud.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



