Siz u yerda yashaganingiz uchungina, sizga pul toʻlaydigan mamlakatlar

Agarda siz, uzoq vaqt davomida boshqa davlatga ketishni orzu qilib yurgan boʻlsangiz, u holda bu postimiz siz uchun!

Detroid shahri, Michigan shtati, AQSH
"Garbning Pariji", " AQSH ning avtomobil poytaxti"... Deyarli boʻshab qolgan shahar bu sharafli unvonlarini XX asrning ikkinchi yarimida yoʻqotgan. Va xozirgi vaqtda bor kuchi bilan oʻtib ketgan shon-shuhratini qaytarishga harakat qilmoqda. Mahalliy hukumat Challenge Detroit nomli yangi dasturini taqdim etdilar va u turli hil industriya sohalari mutaxassislariga 2500 dollarni shaharga kelib ishlab yashasalar taklif qilmoqdalar.

Alyaska, AQSH
Agarda siz qishni, qorli peyzajlarni va shoshilmaydigan hayot tempini yaxshi koʻrsangiz va sizni haroratning past farajalari qoʻrqitmasa, unda Alyaskadagi hayot siz uchun ideal boʻlishi mumkin. Maxsus hukumat fondi aholi soni toʻxtamay kamayib borayotgan hududlarda ishlashga rozi mutaxassislarga pul toʻlaydi. Yagona shart - Alyaskada kamida bir yil davomida yashash kerak.

Saskachevan provinsiyasi, Kanada
Kanada provinsiyasi yaqin orada oliy taʼlim muassasalarini bitirgan, hali hayotda nima qilishni aniqlab olmagan, mutaxassislarga juda ajoyib imkoniyat taklif qilmoqda. Yosh entuziastlarga etti yil davomida provinsiyada yashab, ishlaganlari uchun 20 ming kanada dollarini toʻlaydilar.

Niagara sharsharasi, AQSH
Yana bitta fantastik imkoniyat. U haqiqat boʻlishi uchun juda ham ehtimoldan uzoqqa oʻxshaydi. Sayyoramizning eng goʻzal joylaridan birida yashab, yana buning uchun pul ham olish. Hukumat universitet bitiruvchilarga mahalliy korxonalarfa ikki yil davomida ishlashlari uchun stimul qiluvchi faktor sifatida taklif qilmoqdalar.

Ponga, Asturiya, Ispaniya
Bu goʻzal qishloqcha Ispaniyaning shimoliy sharqidagi qoʻriqxona hududlarda joylashgan boʻlib, mamlakatdagi eng qadimiylardan biri hisoblanadi. Yosh aholini jalb qilish uchun va iqtisodiyotni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukumat u yerga yashash uchun koʻchib oʻtgan har bir yosh juftlikka 3 ming evro taklif qilmoqdalar. Bunga qoʻshimcha, qishloqda tugʻilgan har bir bola uchun ham 3 ming evro toʻlaydilar. Bu ekologiyasi toza va juda goʻzal joyda yashash uchun juda ham zoʻr imkoniyatdir.

Utrext, Niderlandiya
Niderlandiya butun dunyoga oʻzining gumanitar va ijtimoiy fanlarni chuqur oʻrganilishi bilan taniqlidir. Va mana bitta ijtimoiy eksperimentlardan biri: agar bir shaharda yashovchilar hamma 1 ming dollar oladigan boʻlsalar nima yuz beradi?

Kertis, Nebraska, AQSH
Shubhasiz, har birimiz mahalliy hukumat shahar uchun jiddiy xech narsa qilmayapti, deb arz qilganmiz. Amerikalik Kertis shaharchasi yechim taklif qildi - ham kim, agar shahar infrastrukturasi yoki madaniyatini yaxshilash uchun haqiqatda yaxshi gʻoya taklif qilsa, bepul yer uchastkasini olishi mumkin.

Nyu-Xeyven, Konnektikut
Nyu-Xeyvan - bu davlat dasturu boʻlib, shaharga boʻlgan qiziqishni koʻpaytirish uchun yaratilgan. Agar siz bu yerda birinchi marta uy sotib oladigan boʻlsangiz, sizga foizsiz boʻlgan, 10 ming dollar miqdorida ssuda beradilar. Agarda, siz u uyda besh yildan ortiq muddat yashayotgan boʻlsangiz, u holda kredit butunlay yechilib yuboriladi. Shu bilan birga, siz uyingizni yangi, energiya tejovchi funksiyalari bilan jihozlasangiz, 30 ming dollar olishingiz mumkin.

Baltimor, Merilend
Bu Amerikadagi havfli shaharlar ichiga ettinchisidir, lekin u juda ham oʻzgarishni xohlaydi va shuning uchun koʻchib keluvchilar uchun, shu yerda uy sotib olishlari uchun ularga 5 ming dollar bermoqda. Agarda sizni bu pul miqdori taʼsirlantirmasa, siz uni ikkiga koʻpaytirib olishimgiz mumkin. Buning uchun siz tashlandiq uy sotib olsangiz boʻldi. Ha, boʻsh va xech kim yashamaydigan, taʼmir talab qilayotgan, lekin deyarli tekin narxga, sotib olish kerak.

Kanzas shtatining katta qismi
Kanzas sizga pul toʻlashga tayyor, agar u yerga koʻchib oʻtsangiz albatta. Linkoln shahri (aholisi 3500 ta odam), masalan, uy qurish uchun sizga bepul yer beradi. Agar Linkoln siz uchun juda ham kattalik qilsa, siz Markett, atigi 600 ta aholisi bor, shahridan yer olishingiz mumkin. Bundan tashqari, sizni daromad sologʻi toʻlashdan 5 yilga ozod qilishadi yoki oliy taʼlim muassasasida oʻqish uchun, 15 ming dollargacha boʻlgan, kreditni yechib yuborishadi.

Paypstoun, Manitoba
Kanadaning Paypstoun shahrida yerni bepul tarqatishmaydi, lekin, ular juda yaxshi chegirmalar beradilar, agar siz yer uchastkasida bir yil davomida qurilish olib borayotgan boʻlsangiz. Bundan tashqari, agar siz biznes bosjlamoqchi boʻlsangiz, shahar 32 ming kanada dollari miqdorida grantlar taklif qilmoqda ( 24 ming AQSH dollari).

Matsayker oroli, Tasmaniya
Agar AQSH va Kanada sizni ilhomlantirmasa, u holda Tasmaniya haqida nima deysiz? Tasmaniya sohillari yaqindagi Matsayker orolida ishchi oʻrinlari va uy-joy bermoqdalar. Afzallikni mayoqqa xizmat kursatib, meteorologik maʼlumotlarni taqdim qiladigan, yer va inshoatlarga qaraydigan oilalarga beriladi. Agarda ular nisbatan izolyasiyada yashashga rozi boʻlsalar. Yerning chetida, mayoqda yashash - bu orzu emasmi?

Misima, Yaponiya
Siz yolgʻizmisiz? Unda sizni yaponoyaning Misima qishloqchasi kutmoqda (Misima shahri bilan adashtirmang). Qishloq uchta orollarda joylashgan boʻlib, aholisi 400 kishini tashkil qilib, asosan bu pensionerlardir. Misima yaponiyaliklarnga 100 ming yena (840 dollar atrofida) pul mablagʻlarini, koʻchib oʻtirish sarf-xarajatlarini qoplash uchun, taklif qilmoqda. Hamda, bu qishloqda birinchi uch yil yashash vaqtida har oylik yordam puli ham beradi. Bu yerda siz uchta yotoqxonali uyni oyiga 23 ming yena (207 dollar) ga ijaraga olishingiz mumkin. Va oxirgisi - ular sizga sigir beradilar. Bitta bepul sigir!

Pitkern oroli, Tinch okeanining janubiy qismi
Agar siz dunyodagi eng uzoqda joylashgan orollarning birida yashashga oshiqayotgan boʻlsangiz, Pitkern oroli siz uchun. Bu yerda atigi 50 ta odam bor boʻlib, shu sababdan har bir immigrant bu orolli jannatda bepul yer oladi. Afsus, lekin 2015 yildan beri u yerga faqat bir odam koʻchib oʻtgan. Balkim bu orolda bitta yagona doʻkon borligi, u ham haftasiga uch kun ochiq boʻlib, barcha kerakli narsalarni Yangi Zellandiyadan oldindan buyurtma qilish kerakligi sabablidir? Lekin, sizga plyajlar va yolgʻizlikda boʻlish yoqsa, siz u yerga koʻchib oʻtgan ikkinchi odam boʻlishingiz mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



