Arvohlar borligi haqiqatmi?

Asrlar davomida odamlar ruhlar bilan aloqa oʻrnatishga harakat qilishadi, turli xil seanslar oʻtkazishadi, duolar oʻqishadi va h.z. Xattoki, dunyodagi bazi universitetlar arvohlarni oʻrganish uchun maxsus boʻlimlarga egadirlar. Masalan, Kembridj va Oksford, 1882 yilda juda mashxur boʻlgan Fizik izlanishlar jamiyati. Oynayi Jahonda “Arvoh ovchilari” seriali chiqqanidan keyin esa ruhlarni ovlash butun dunyoga yoyilib ketti.


Ruhlarni ilmiy tomondan baholash katta qiyinchilik tugʻdiradi, chunki ruh fenomeni baholanishi kerak boʻlgan koʻplab artributlardan iborat: eshik oʻzidan oʻzi yopilib qolishidan boshlab, kalitlar yoʻqolishi, katta joyda sovuq hudud borligi, oʻlgan qarindoshlarni koʻrishgacha. Dennis va Mishel Vaskul 2016 yil chiqqan “Arvoh bilan toʻqnashuvlar: har kunlik ov” kitobi uchun ruhlarni uchratgan odamlarni intervyu qilganlarida koʻp ishtirokchilar ruhlarni uchratgani va mavjud boʻlishiga unchalik ishonchi komil emasdi. Chunki ular ruh tasviriga yaqin boʻlgan hech narsa koʻrishmagan. Buning oʻrniga ular tushunarsiz, gʻayritabiiy, gʻayrioddiy va tushuntirib berib boʻlmaydigan sirli hodisalarga duch kelgan. Bundan kelib chiqadiki, ruh bilan tajribam bordeganlar aslida haqiqiy arvohning oʻzini koʻrishmagan.

Arvohlar borligi haqiqatmi, degan savolga ikki xil xulosa bilan javob berish mumkin:
1. Suratlar, videolar va audio yozuvlardan kelib chiqsak, ularda qandaydir xatolik yoki nosozlik boʻlgan va buni fizika tomondan tushuntirib bersa boʻladi;
2. Ikkinchi javobimiz esa, ha rostdan ham arvohlar mavjud, lekin ularni aniqlashga hozircha mos texnologiya oʻylab topilmagan.
Nima boʻlganda ham, baribir koʻpchilik arvohlar haqidagi hikoyalarni yoqtiraveradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



